Eneolit davri tarixiy va madaniy jarayonlari.
Eneolit (lot. — mis, misli va yun, — tosh), mis davri, mistosh davri — neolityaan jez asriga oʻtish davri (miloddan avvalgi 4—3 ming yilliklar). E. davrida insoniyat misdan ilk bor foydalana boshlagan. Ammo mis yumshoq va moʻrt edi, bu esa uni ishlatishni qiyinlashtirardi. Shuning uchun mis 100 ming yillab ishlatilib kelingan tosh qurollarni isteʼmoldan siqib chiqara olmadi. Shunga koʻra, bu davr mistosh davri ham deyiladi. E. davri arxeologik yodgorliklari Zarafshon quyi oqimida Kaptarning qumi, Katta Tuzkon makonlari, Sarazm, Namozgohtepa, Qoradepe (Turkmaniston) kabilarda qazib oʻrganilgan. Bu davrda odamlar dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Mehnat qurollari toshdan, suyakdan tayyorlangan. Kulolchilik ancha ravnaq topgan: idishlarga geometrik naqshlar solingan, odam va hayvon tasvirini solish ham odat boʻlgan. E. davri yodgorliklaridan qazish paytida pishirilgan loydan yasalgan koʻplab ayol haykalchalari (maʼbudalar) topilgan. Bu E. davrida hali ona urugʻi (matriarxat) boʻlganligidan dalolat beradi.
Ad.:Gulyamov Ya.G., Islamov U.I., Askarov A.A., Pervobntnaya kultura v nizovyax Zarafshana. T., 1966; Masson V.M., Altshdepe, M., 1981.
Oʻrta Osiyoda dehqonchilik madaniyatining paydo boʻlishi eramizdan avalgi 3-2 ming yilliklarga toʻgʻri keladi. Eramizdan avvalgi 3-ming yillikning ikkinchi yarmi, 2-ming yillikning birinchi yarmida Amudaryoning yuqori qismida aholi punktlari paydo boʻlgan edi. Bu yerlik aholi Badaxshon yoqutini (lazurit) ishlab chiqish va sotish ishlarida ishtirok etardi. Shuningdek ular bilan Hindistondagi Xarappa madaniyati oʻrtasida oʻsha davrdayoq aloqalar mavjud boʻlgan. Eramizdan avvalgi 2-ming yillikda hind-eron (oriylar) qabilalarining Oʻrta Osiyo hududi va unga tutushgan sahrolar orqali janubda Hindiston, janubiy-sharqda Midiya va Fors davlati, sharqda Sharqiy Turkiston sari migrasiyasi yuz bergan.
Dehqonlarning qadimiy maskanlaridan boʻlgan Zarafshon vohasidagi Zamonbobo koʻli yaqinidan topilgan (Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani).Xorazm vohasida ham bronza davriga oid manzilgohlar oʻrganilgan. Arxeologlar Surxondaryo vohasidan qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri boʻlgan Sopollitepani topishdi (Muzrabod tumani) . Qazishmalar davomida bu yerdan xom gʻishtdan qurilgan uy-joylar , sopol buyumlar , bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari , shuningdek , yirik xumlarda saqlangan bugʻdoy va arpa doni topilgan . Panjikentdan uncha uzoq boʻlmagan Sarazm qishlogʻi atrofida eneolit va bronza davriga oid dehqonchilik maskani topilgan boʻlib, uning hududi 90 gektardan ziyodroq maydonni qamrab oladi. Qadimiy dehqonchilik maskanlari Surxondaryoda - Sopollitepa va Jaroʻqtonda ham topilgan. Xorazm hududida topilgan va bronza davriga oid boʻlgan arxeologik yodgorliklar Tozabogʻyobsoy dehqonchilik madaniyati nomini olgan. Koʻkcha, Qavat-3 dehqonchilik maskanlari 2-ming yillikning oʻrtalarida vujudga kelgan. Bu yerda qadimiy kanallar mavjud boʻlgani aniqlangan. Eramizdan avvalgi 1-ming yillikning boshlarida Xorazmda sunʼiy sugʻorish texnikasi rivoj topishi asnosida Amirobod madaniyati shakllangan. Shu tariqa Fargʻona vodiysi aholisi ham asta-sekinlik bilan oʻtroq turmush tarziga oʻtib, dehqonchilik bilan shugʻullana boshlaydi. Xususan, eramizdan avvalgi 2-ming yillikning yakuni va 1-ming yillikning boshida Fargʻona vodiysida Chust dehqonchilik madaniyati paydo boʻlgan. 1-ming yillikning boshlarida Samarqand, Marv, Yerqoʻrgʻon, Axsikent, Xiva kabi shaharlar vujudga keladi. Shuningdek, ushbu davrda zardushtiylikning Avesto kitobi va qahramonlik eposlari paydo boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |