BUYRAK USTI BEZI MAG’IZ MODDASI FUNKSIYASI ORTISHI BILAN KECHUVCHI KASALLIKLAR
Bu kasalliklar ichida eng katta ahamiyatga ega bo’lgani mana shu to’qimadan hosil bo’lgan yaxshi sifatli o’sma-feoxromositoma yoki uning yomon sifatli xilifeoxromob-lastomadir. Feoxromositomaning o’sishi katta miqdorda katexolaminlar paydo bo’lishi va ularni vaqti-vaqti bilan qonga tushish bilan birgalikda ketadi. Kasallik xuruj, kriz ko’rinishida kechib arterial bosimning ortiq darajada — (200 mm simob ustinidan ortiq) keskin ko’tarilishi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |