Endogen o`sish nazariyasi va kapital jamlanishi ta`siri. Bilimlar diffuziyasi


Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalar va bilimlar diffuziyasining tasnifi



Download 104,93 Kb.
bet2/2
Sana27.11.2019
Hajmi104,93 Kb.
#27454
1   2
Bog'liq
Endogen o`sish

3.Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalar va bilimlar diffuziyasining tasnifi

Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalar juda qiyin nazorat qilinadigan bo’lishi mumkin. Ular uchun, masalan, ishlab chiqish muddatining eng uzoqligi xarakterli: yangi bilimlar paydo bo’lgan vaqtdan ularni amaliyotda qo’llash mumkin bo’lgan texnologiyaga aylantirishgacha ancha katta muddat talab qilinadi. Bu texnologiya muayyan jarayon, mahsulot yoki xizmat timsolida amalga oshirilishi uchun ham kam vaqt sarflanmaydi. Bu turdagi innovatsiyalar odatda birdaniga turli sohalarda bir nechta kashfiyotni uyg’unlashtirishga tayanadigan hollarda muvaffaqiyatga uchraydi. Yuqorida sanab o’tilgan omillar vaqt bo’yicha kesishishi mumkin, demak, bir vaqtning o’zida kompaniyada o’z kuchlarini sarflash uchun birdaniga bir nechta yo’nalish tanlash imkoniyati paydo bo’lishi mumkin. Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalar bu – tadbirkorlikning «superyulduzlari»dir. Ular eng katta e’tibor qaratiladigan ob’ektlarga aylanadi va eng ko’p daromad keltiradi. Aynan ular jamiyat nigohida asl yangiliklar hisoblanadi. Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalarni amaliyotga joriy qilinishi va ommalashtiilishi bilimlar diffuziyasini ifodalaydi. Bunday yangiliklar kiritishning hammasi ham keng miqyosli va ahamiyatli emasligiga qaramay, ularning eng muhim (epoxal) yangiliklar kiritish umumiy hajmidagi ulushi juda katta. Ular boshqalardan asosiy xislatlari: vaqt bo’yicha qamrovi, muvaffaqiyatsizliklar ulushi, oldindan aytish mumkinligi, ularni amalga oshiradigan sub’ektlarga qo’yiladigan talablar darajasi va hakozalar bo’yicha farq qiladi. Shu bilan bir paytda aynan shu yangiliklar eng qiyin boshqariladigan hisoblanadi, yangi bilim paydo bo’lishi va uni amaliy foydalanish, bozorda taklif etiladigan mahsulot (xizmat) ko’rinishiga keltirish o’rtasidagi uzilishlar tufayli uzoq vaqt davom etishi bilan farqlanadi. Ular eng ko’p ilm talab qiladi ham. Boshqa yangiliklardan ko’ra muvaffaqiyatli amalga oshirish aynan shu turdagi yangiliklar uchun ko’proq darajada ko’zlangan maqsadni aniqroq tushunishni, aniqroq strategik yo’nalishni, mos keladigan siyosat tanlashni, risk darajasini pasaytirish bo’yicha chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqish va amalga oshirishni talab qiladi.



Innovatsion jarayon innovatsiyalar diffuziyasi bilan yakun topadi. Innovatsiyalar diffuziyasi bir marta o’zlashtirilgan innovatsiyani yangi mintaqalar, yangi bozorlar va yangicha moliyaviy-iqtisodiy sharoitlarda tarqatishni ifodalaydi. Diffuziya moliyaviy innovatsiya tavsifnomasi yoki uni harakatlantirish shartlarining o’zgarishi (bank foiz stavkasi, depozit muddati va h.k.ning o’zgarishi), yangi sotuv bozoralrini egallab olish va hakozolar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Innovatsion faoliyat, ayniqsa fundamental va amaliy tadqiqotlarni bajarishda noaniqlik va xatarning yuqori darajasi bilan ta’riflanadi. Yangilik kiritish loyihasini tanlash va qarorlar qabul qilishda ham xatar elementi juda katta. U axborotlarning to’liqligi ko’zda tutilgan loyihaning sifati, qarorlar qabul qilish usullari va yondashuvlarga bog’liq. Yangi tovarni seriyali ishlab chiqarish zarurati eng kam bo’ladi. Ammo bozorga chiqish va yangilik kiritish diffuziyasida yangiliklarning noaniqlik va xatar elementlari yana o’sadi, yangiliklarni sotishning barqaror hajmi va yuqori raqobatbardoshligida esa kamaya boshlaydi. Keyingilar innovatsiyalar yashash davrlarining har xil bosqichlarida ularni boshqarish xususiyatlaridir. Ko’pgina ijodiy g’oyalar bilimlar o’sishining mantiqiy izchil jarayoni va tafakkurning an’anaviy sharhi bo’lmaydi. Tijorat novatorlik tashkilotlari hamma vaqt ham beixtiyor ijodiy hodisalarga bog’liqdir. Korxonaning oddiy, an’anaviy faoliyatida “boshqarish usullari va yondashuvlari tasodifga juda kam joy qoldiriladi, ammo tadbirkorlik loyihalarining muvaffaqiyati ko’proq darajada bu loyihalar asoslangan g’oyalar va kontseptsiyalarning sifatiga bog’liq”, - deb yozadi yangiliklar bo’yicha mashhur mutaxassis Brayn Tviss. Yangilik diffuziyasi. Yangilik kolilersializatsiyasi jarayoni ularning iqtisodiyot sistemasida tarqalishi bilan kuzatiladi. Avval bu kabi tarqalish bir necha tashkilot doirasida bo‘lib o‘tadi, lekin keyinroq keng quloch oladi. Bu jarayon diffuziya deyiladi. Yangilik diffuziyasi – iqtisodiyotda ularning tarqalish jarayoni. Yanada aniqroq aytganda bu jarayon eski texnologiyalarni siqib chiqarilishi orqali, shuningdek, mijozlar tomonidan anologi bo‘lmagan yangi texnologiyalarni qabul qilish orqali ifodalanadi. Diffuziya jarayonlari, texnologiya rivojlanish jarayonlari kabi egri chiziq orqali ifodalanishi mumkin. Bu holatda ular almashtiruvchi egri chiziqlar deb atalishi mumkin. Almashtiruvchi egri chiziq parametrlari yangilik xususiyati, shuningdek, bir qator iqtsodiy parametrlarga bog‘liq. Bu kabi egri chiziq parametrlarni aniqlashning turli xil usullari mavjud. Tadqiqotlar jarayonida S shakl egri chiziq xususiy holati o‘rganiladi – bu Perla egri chizig‘i deyiladi. Bu egri chiziq quyidagi ko‘rinishga ega:

Bu yerda:

Yt – t vaqt nuqtasida o‘zgaruvchanlik hajmi.

t – vaqt faktori.

a, k, b – son parametrlari (konstantalar).

L – u o‘zgaruvchanlikning yuqori chegarasi.

e-son, natural logarifm.

Mashhur amerikalik innovatsiyalar targ‘ibotchisi E. Mensfild yangilik diffuziyasi jarayoni modulini AQSH iqtisodyotining bir necha tarmoqlarida ishlab chiqish uchun mazkur egri chiziqni qo‘llagan. O‘rganilayotgan diffuziya ko‘rsatkichi sifatida t-vaqtida bo‘lgandagi yangilikni qabul qilgan firmalar o‘rganib chiqilgan. Yuqori chegara sifatida yangilik qabul qila olgan tarmoq firmalar soni nazarda tutilgan. Misol uchun “Shishalarni tezkor to‘ldirgich” yangiligi uchun pivo sanoatida Perla egri chizig‘i Mensfildga ko‘ra quyidagi ko‘rinishga ega:



Parametr o‘lchovi b(0,36), iqtisodiy faktorlar bog‘liqligiga tayanadi, sotib olish muddati yangilik sotib olish muddati bilan munosabat, shuningdek, o‘rta birlamchi sarmoyaning tarmoq firmalar fondlari o‘rtacha hajmiga bo‘lgan munosabatidir.Innovatsiyalar diffuziyasi bir marta o`zlashtirilgan innovatsiyani yangi mintaqalar,yangi bozorlar va yangicha moliyaviy-iqtisodiy sharoitlarda tarqatishni ifodalaydi.



Xulosa

1950-yil o‘rtalaridan boshlab, 1980-yil o‘rtalarigacha g‘arb iqtisodiy fanida, iqtisodiy sistemaga chetdan olib kelingan, ya’ni ekzogen texnologik taraqqiyot konsepsiyasi hukmron edi. U Y. Tinberk, R. Salou, R. Xaroda, Dj. Xiksa va bir qator taniqli iqtisodchilar asarlarida asoslab berilgan. Y(t)=[K(t), L(t), t] ko‘rinishli ishlab chiqish funksiyasiga ega bo‘lgan uch faktorli neoklassik modeli ramkasida olib borilgan turli tadqiqotlar, AQSH iqtisodiy rivojlnish dinamikasining statistik massiv ko‘rsatkichlarida, turli davlatda, ilmiy texnologik taraqqiyotni iqtisodiy o‘sishga bo‘lgan ulushining mos kelmaydigan, lekin yuqori bahosini bergan. Buning hammasi zamonaviy iqtisodiyotda texnologik taraqqiyotning muhim roli haqida dalolat beradi. Ammo nazariyotchilarning ko‘p yillik mehnatiga qaramay, ilmiy-texnik taraqqiyotning o‘zi neoklassik modellar doirasida eng asosiy mehnat va kapitaldan tashqari ishlab chiqarish faktorlarining ta’sirini izohlovchi ishlab chiqarish funksiyasining yig‘ma argumenti sifatida namoyon etilgan. Teng o‘sish sharoitida mehnat samaradorligining bu kabi modellarda neytral ilmiy texnologik taraqqiyoti evaziga ta’minlangan va maqsadning doimiy sarmoyadorligi sharoitidagi mehnat sarmoyadorligini oshirish bilan parallel yurgan. Neoklassik model holatidan shu kelib chiqqanki, zamonaviy texnologiyalarga teng huquqqa ega bo‘lgan barcha mamlakatlar teng o‘sish traektoriyasiga chiqish uchun o‘rta me’yorda mehnat unumdorligining bir-biri bilan bog‘laydigan rivojlanish sur’atlariga ega bo‘lishi kerak. Lekin R. Solou takidlaganidek, real iqtsodiyot sharoitida bu kabi konvergensiya haqida so‘z yuritish faqat sanoati rivojlangan mamlakatlar misolida ko‘rinishidir, ammo Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyo mamlakatlari misolida ko‘rish o‘rinli bo‘lmaydi. Mazkur holat, inson kapitalining ko‘payishi g‘oyasiga asoslangan endogen ilmiy-texnik taraqqiyot modelini yaratish bo‘yicha urinishlarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi.

P. Romer moduli asosida 3 ta asosiy qism yotadi:

– iqtisodiy o‘sishnng muhim faktorlaridan biri – jamiyat qo‘l ostida bo‘lgan xomashyo materiallarining turli chatishuvini ishlatishga imkon yaratadigan, nisbatan mukammal instruksiyalar kabi namoyish etila oladigan texnologik o‘zgarishlardir;

– shunga o‘xshash texnologik o‘zgarishlar va olib chiqayotgan bozor rag‘batlariga ta’sir etadigan insonlar faoliyatiga ko‘ra ko‘p hollarda sodir bo‘ladi;

– xomashyo materiallarining turli ko‘rinishlarini qo‘llashga oid yo‘lyo‘riqlarni, prinsipial ravishda boshqa iqtisodiy tovarlarda farq qiladi: yangi texnologiyalarni yaratish doimiy ishlab chiqarishning to‘xtashiga ekvivalent bo‘ladi. Bu texnologiyalarning keyingi qo‘llanilishi ishlab chiqaruvchi tomonidan hech qanday sarf-xarajatni talab qilmaydi.

Romer g‘oyalar va texnologiyalar yig‘indisiga asoslangan iqtisodiy o‘sishni jismoniy kapitalga asoslangan o‘sishdan ko‘ra barqaror ekanligini isbotladi.

Yangiliklar kiritishdan maqsad sarflangan resurslar samarasini oshirish hisoblanadi. Bu holat taklif emas, talab sohasida yotadi, ya’ni u iste’molchilar resurslardan oladigan foydalilik va qimmatni o’zgartiradi. Buning ustiga, yangiliklar kiritish davomida resurslar yaratiladi. Inson tabiatda foydali bironta narsa topib, unga iqtisodiy qimmat bermaguncha resurslar mavjud bo’lmaydi

Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalar bu – tadbirkorlikning «superyulduzlari»dir. Ular eng katta e’tibor qaratiladigan ob’ektlarga aylanadi va eng ko’p daromad keltiradi. Aynan ular jamiyat nigohida asl yangiliklar hisoblanadi. Asosida yangi bilimlar yotadigan innovatsiyalarni amaliyotga joriy qilinishi va ommalashtiilishi bilimlar diffuziyasini ifodalaydi. Bunday yangiliklar kiritishning hammasi ham keng miqyosli va ahamiyatli emasligiga qaramay, ularning eng muhim (epoxal) yangiliklar kiritish umumiy hajmidagi ulushi juda katta. Ular boshqalardan asosiy xislatlari: vaqt bo’yicha qamrovi, muvaffaqiyatsizliklar ulushi, oldindan aytish mumkinligi, ularni amalga oshiradigan sub’ektlarga qo’yiladigan talablar darajasi va hakozalar bo’yicha farq qiladi. Shu bilan bir paytda aynan shu yangiliklar eng qiyin boshqariladigan hisoblanadi, yangi bilim paydo bo’lishi va uni amaliy foydalanish, bozorda taklif etiladigan mahsulot (xizmat) ko’rinishiga keltirish o’rtasidagi uzilishlar tufayli uzoq vaqt davom etishi bilan farqlanadi. Ular eng ko’p ilm talab qiladi ham. Boshqa yangiliklardan ko’ra muvaffaqiyatli amalga oshirish aynan shu turdagi yangiliklar uchun ko’proq darajada ko’zlangan maqsadni aniqroq tushunishni, aniqroq strategik yo’nalishni, mos keladigan siyosat tanlashni, risk darajasini pasaytirish bo’yicha chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqish va amalga oshirishni talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Innovatsion menejment: Iqtisodiyot oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘l./ R. I. Gimush, F. M. Matmurodov; O‘zR oliy va o‘rta-maxsus ta‘lim vazirligi, Toshkent arxitektura va qurilish in-ti. – T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. – 144 b.

  2. Abdusattarova X.M. «Innovatsiya strategiyasi» - o’quv qo’llanma - T.: TDIU, 2011. 233– bet.

  3. https://daryo.uz/2019/01/17/nega-amerika-hammadan-boy/

  4. http://fayllar.org/ozbekiston-respublikasi-oliy-va-orta-maxsus-talim-vazirligi-to-v3.html?page=28

  5. http://el.tfi.uz/images/Korxona_iqtisodiyoti_UMK.pdf

  6. http://www.tfi.uz/index.php/kurs/1472-kurs/file

Download 104,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish