Yigitlar: Yaxshi suhbatdosh, qobiliyatli, sarguzashtlarni, qaltis ishlarni yoqtiradigan, har qanday davrani qizita oladigan kishilar. U zerikishni, erkinligini to’sib qo’yishlarini va o’zi ustida boshqaruvni ko’tarmaydi. Birinchi uchrashuvda o’zi haqida eng yaxshi taassurot qoldirishga urinadi. Orzu qilishni juda yaxshi ko’radi. U uchun muhimi dildan suhbatlashish, aqliy poyga, qiziqishlar mosligidir. Ma’suliyatsizlikka moyilligi bor. Ammo va’da beramanki, bundan inson bilan zerikish nimaligini bilmaysiz.
Qizlar: Aqlli va farosatli, ajoyib suhbatdosh, o’zini yurish –turishi bilan rom eta oladi, erkinlikni afzal biladi, harakatchan, samimiy, hissiyotli, optimist, orzular va istaklarga juda boy. Nima istashini biladi va bunga intiladi. Do’stlikni qadrlaydi, faqat kelajakka qaraydi. Kayfiyati o’zgaruvchan, chuqur mazmunli munosabtalardan charchaydi. U bilan ehtiyotkor bo’lib suhbatlashish zarur. Birinchi navbatda o’zini ehtiyojlarini qondirishga urinadi. Ammo, atrofdagilarga quvonch ulashga chin ko’ngildan harakat qiladi.
4 Umumiy ta’rif:
Bu raqamdagi shaxslar qobiliyatli, aqlli, ehtiyotkor, mehnatkash, qaltis ishlardan yiroqda yurishni afzal biladigan shaxslar. Ular o’z rejalari, go’yalari bilan yuradigan, boshqalarning yordamisiz faqat o’zi hamma narsani hal etishni, har qanday sirni tagiga o’zi yetishni istaydigan kishilar. Sizning shioringiz - ishonch, rostgo’ylik va barqarorlik. Sizni aldash eng katta xatodir ammo siz ham o’zingizni aldashdan yiroq bo’lishga intiling. Ko’pincha siz narsalarga o’z nazaringiz bilan qaraysiz, ba’zan bu hol boshqalar bilan kelishmovchiliklarga olib keladi. Qiyinchilikdan hech ham qochmaysiz, balki uni yengishga harakat qilasiz. Ularga ishonish mumkin. Oilasini ko’z qorachig’idek asrashadi va qadrlashadi. Bu raqamdagilarda kamdan kam romantic shaxslar uchraydi.
Ularga maslahat: o’z maqsadingiz yo’lida dadil qadam tashlab undan hech ham chekinmang. Kuchingizga ishoning. Siz albatta uddalaysiz!
Yigitlar: Ular yaqinlari va oilasiga juda bog’langan. Oilasining qadriyatlarini va an’analarini davom ettirish ular zimmasida. Munosabatlarda aniqlik va ishonchlilikni istashadi. Hayotlarining moddiy tarafini oshirish tashvishi bilan yurishadi. O’zlari aniqlashtirib, reja asosida yuritadigan hayotini o’zgartirishni istashmaydi. O’ylab ish qilishadi. Samimiy, sadoqatli, sabr – toqatli, aqlli. Uyda ishlarni bo’lib olishni va ish yuzasidan bo’ladigan munosabatlarni xush ko’rishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |