Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo‘nalishlar
Sotsiologiya faning tarixiy rivojlanishi davomida unda maxsus va tarmoq yo‘nalishlar paydo bo‘ldi.
Sotsiologiyada bugungi kunda maxsus yo‘nalishlar qatoriga kiruvchi ayrim nazariyalar sotsiologiya asoschilari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsada, maxsus yo‘nalishlar XX asrning birinchi yarmida neopozitivizm asosida shakllandi va keyinchalik bir qancha nazariy yo‘nalishlar tufayli rivojlandi.
Sotsiologiya hodisalarni yaxlit ijtimoiy struktura elementi sifatida qabul qiladi. Jamiyat taraqqiyotiga taalluqli bo‘lgan sotsial institutlar, boshqaruv shakllari, sotsial munosabatlar va sotsial harakatlar, guruh xarakteri va tafakkkuri kabi masalalarni chuqurroq o‘rganish ehtiyoji oqibatida sotsiologiyada maxsus yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Ularning qatoriga bugungi kunda institutsional sotsiologiya, shaxs sotsiologiyasi, sotsial harakat va sotsial munosabatlar sotsiologiyasi, taraqqiyot sotsiologiyasi, o‘zaro harakat sotsiologiyasi, sotsial struktura sotsiologiyasi.
O‘z navbatida yuqoridagi masalalarni o‘rganish davomida sotsiologiya boshqa fanlarning yutuqlariga tayanishi kerak. Misol uchun siyosiy sotsiologiya va siyosatshunoslik.
Maxsus yo‘nalishlardan tashqari sotsiologiyada tarmoq yo‘nalishlari mavjud. Tarmoq yo‘nalishlarning eng rivojlanganlari qatoriga sanoat sotsiologiyasi, deviant xulq-atvor sotsiologiyasi va jamoatchilik fikri sotsiologiyasi kabilar kiradi. Bu yo‘nalishlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga kelgan.
Tarmoq sotsiologiyasi amaliy tadqiqotlar uchun asos hisoblanadi. Ular ijtimoiy hayotning turli tomonlarini tadqiq qilish orqali xususiy va maxsus nazariyalarning rivojiga yordam beradi, fundamental sotsiologiya rivojiga ta'sir ko‘rsatadi. Mazkur yo‘nalishlar asosida ayirboshlash nazariyasi, referent guruh nazariyasi, yetakchilik nazariyasi kabilar yaratildi. Tarmoq yo‘nalishlarining shakllanishi natijasida fundamental sotsiologiya oldiga jamiyatning yaxlit strukturasida turli xil ijtimoiy tizimchalarning roli va ularning o‘zaro harakat turlari, taraqqiyoti asoslari kabi muammolarni qo‘ydi.
Tarmoq sotsiologiyasining maqsadi ijtimoiy strukturadagi moddiylik va ma'naviylik holati, mehnatning sermahsulligini oshirish tamoyillari, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlar kabilarning o‘zaro faoliyat ko‘rsatishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini yaratishdan iborat.
Empirik tadqiqotlar. Dastlabki empirik tadqiqotlar XVII asrdayoq o‘tkazilgan bo‘lsada, XX asrning birinchi yarmida AQShda ommalashdi. Empirik tadqiqotlar deyilganida, bilimlarni tajriba orqali olish tushuniladi. Empirik sotsiologik tadqiqotlarning ob'ekti – ijtimoiy hayotning mikrojaaryonlari, insonlarning harakatlari, tafakkur tarzi, fikri va munosabatlari. Ularning asosiy maqsadi sotsial guruhlar, individlar, tashkilotlar muammolarini, ya'ni jonli sotsial muammolarni bevosita o‘rganishdan iborat.
Empirik tadqiqotlarni sotsiologiyaning muhim qismi sifatida empirizm konsepsiyasi bilan solishtirish mumkin emas, chunki empirizm konsepsiya sifatida nazariy bilimlarni butkul inkor qiladi. Hissiy idrokning bevositaligi empirizm konsepsiyasida fanning asosini tashkiil etadi.
Empirik tadqiqotlarning ob'ekti mikrojarayonlar, predmeti esa individlar, sotsial guruhlar, sotsial tashkilotlar, mehnat faoliyatining sermahsulligi, shaxs xususiyatlari va hk. Ularning vazifasi kuzatish, eksperiment, hujjatlarni o‘rganish va so‘rov metodlari orqali sotsial jarayonlar borasida faktlar va ma'lumotlar yig‘ishdan iborat. Empirik tadqiqotlar natijalarini ham amaliy, ham nazariy maqsadlarda ishlatish mumkin.
Tarixiy rivojlanishga nazar tashlasak, empirik tadqiqotlarni o‘tkazish chog‘ida ko‘plab metodologik xarakterga ega bo‘lgan muammolar: sotsial faktning mohiyati, nazariy bilimning empirik ma'lumotlar bilan o‘zaro munosabatlari, so‘rov, kuzatish va ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonida sub'ektiv omilning roli kabilar paydo bo‘ldi.
Empirik tadqiqot usullari amaliy sotsilogiya doirasida shakllanib, mukammallashdi. Bular: so‘rov, kuzatish, hujjatlarni tahlil qilish va eksperimet usullari. Amaliy sotsiologiya doirasida qaysi metod qay tarzda va qay vaziyatda qo‘llanilishi kerakligi, metodlarning yutuq va kamchiliklari o‘rganib, ishlab chiqilgan. Misol uchun eng keng tarqalgan so‘rov metodi insonlarning ichki dunyosini, sub'ektiv fikrini o‘ragnishga yo‘naltirilgan.
Amaliy sotsiologiyaning oldida bugungi kunda sotsiologik tadqiqotlar davomida olinayotgan empirik axborotlarning haqqoniyligini va ob'ektivligini ta'minlashga hizmat qiluvchi optimal tamoyillarni ishlab chiqish muammosi dolzarbligicha qolmoqda.
Amaliy sotsiologiya tarkibiga empirik metodlar bilan bir qatorda metodologiya, ma'lumotlar tizimi va empirik ma'lumotlarni qayta ishlash tizimi kiradi. Shuning uchun odatda empirik tadqiqotlar turli xil mutaxassislar tmonidan ham olib borilishi mumkin.
Empirik tadqiqotlar asosan statistka ma'lumotlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Rivojlangan mamlakatlarda axborot ta'minoti empirik tadqiqotning muhim manbasi hisoblanadi. Mazkur tadqiqotlarni amalga oshirishda texnikaning rivojlanganlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Chunki empirik ma'lumotlar qayta ishlanishi zarur. So‘rov, kuzatish, eksperiment metodlari vositasida empirik tadqiqotlar o‘tkazilganida ma'lum ma'noda moddiy va texnik vositalar talab qilinadi. Shuning uchun empirk tadqiqotlar anchagina qimmat tadbir sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |