Emotsional holatlari Irodaviy jarayonlar haqidagi umumiy tasavvurlar



Download 48,41 Kb.
bet3/5
Sana07.03.2022
Hajmi48,41 Kb.
#485378
1   2   3   4   5
Bog'liq
Emotsional holatlari Irodaviy jarayonlar haqidagi umumiy tasavvurlar

3. Hissiyotning tashqi ifodalanishi.


Psixik jarayonlarning hammasi organizmning tashqi o’zgarishlarida va harakatlarida ma’lum darajada ifodalanadi. Lekin odamning hissiyotlari ayniqsa yaqqol ifodalanadi. Emotsional kechinmalar organizmning tashqi o’zgarishlarida shu qadar yaqqol alomatlarda ifodalanadiki, odatda, biz odamning tashqi ko’rinishiga qarab unda qanday hissiyotlar yuz berayotganligini – u xursandmi, yoki xafami, g’azablanganmi yoki biror nimadan qo’rqib turganmi, unda muhabbat paydo bo’lganmi yoki nafrat paydo bo’lganmi, shodlik paydo bo’lganmi yoki uyalish paydo bo’lganmi, xullas, mana shu hislarning ko’pini aytib bera olamiz. Rang ko’r, hol so’r, degan hikmatli so’zning psixologik ma’nosi bunga misol bo’la oladi. hissiyotlarning tashqi alomatlarini ifodali harakatlar deb ataladi.
Emotsional kechinmalar avvalo muskullarning ixtiyorsiz bo’ladigan harakatlarida ifodalanadi. Ijobiy hissiyotlar vaqtida bu harakatlar, odatda, shu hislarni tug’dirgan narsa tomonga yo’nalgan bo’ladi, salbiy hissiyotlar vaqtida esa bu harakatlar shu hislarni tug’dirgan narsadan teskari tomonga yo’nalgan bo’ladi. Masalan, biz bir badiiy suratni ko’rib undan zavqlansak, bizda yoqimli his tug’iladi, shuning uchun beixtiyor shu suratga yaqinlashamiz. Shuningdek, qalin do’stimiz bilan to’satdan uchrashib qolganimizda, biz shu do’stimizga tomon beixtiyor harakat qilamiz, ya’ni unga yaqin borib qolganligimizni o’zimiz ham sezmay qolamiz.
Ayrim salbiy hissiyotlar vaqtida bizning harakatlarimiz shu hisni tug’dirgan narsadan chetlatishga intiladi. Boshqa ba’zi salbiy hissiyotlar vaqtida, masalan, g’azab, nafrat hislari vaqtida bizning harakatlarimiz shu emotsional kechinmalarga sabab bo’lgan narsa tomonga yo’naladi. Buning sababi shuki, bizda shu narsani yo’q qilish yoki uning harakatini bostirish harakati tug’iladi va biz shunga intilamiz. Mustaqil vatanimizning dushmanlari, terorizmga, diniy aqidaparastlikka, vahobizmga nisbatan bizdagi g’azab va nafratning ajoyib ahamiyati bor, chunki bu g’azab va nafrat dushmanni yo’q qilishga qaratilgan emotsional kechinmalardir.
Bizning emotsional kechinmalarimiz mimikada, gavda harakatlarida va imo-ishoralarda ayniqsa yaqqol ifoda­lanadi. Kishining emotsional kechinmalari fiziologik jarayonlarda va yig’i, kulgi, boshqa shu kabilarda ham namoyon bo’ladi.
Hissiyotlarning harakatlarda, mimikada, gavdada, imo-ishoralar va ma’noli ko’z qarashlarda, boshqa shu kabilarda mana shu tariqa tashqi ifodalanishlarining hammasi suratga va kinoga olish yo’li bilan qayd qilinishi mumkin.
Kishining emotsional kechinmalari uning nutqida ifodalanadi. Turli emotsional kechinmalar vaqtida uning tezligi o’zgaradi, ko’pincha, nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, ritmika va intonatsiya o’zgaradi. O’tkazilgan tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, g’amginlik va ma’yuslik hislarini ifodalovchi nutq vaqtida shu nutqni so’zlovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi, nutqning o’zi susayib qoladi, so’zlayotgan kishining tovushi ham bo’linib-bo’linib chiqadi. Xursandlik holatida bir nima so’zlayotgan kishining nutqida bunga butunlay teskari holat namoyon bo’ladi. Turli emotsional kechinmalar vaqtida ovozning titrashi va uning past-balandligi turlicha o’zgaradi.
Hissiyotlarning mana shu tashqi ifodalari, odatda, ixtiyorimizdan tashqari namoyon bo’ladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, ayrim hislar o’ziga xos formada ifodalanadi. Ma­salan, qo’rquv vaqtida kishining ko’z qorachiqlari kengayib ketadi, badani qaltiraydi, yuzi oqarib-bo’zarib ketadi. Xur­sandlik hissi vaqtida kishining ko’zi yarqirab ketadi, yuzida qizarish paydo bo’ladi, harakatlar tezlashadi va hokazo.
Ammo odam o’zining ifodali harakatlarini o’zgartirishi mumkin: u ba’zi harakatlarni tiyib turishi, ba’zilarini esa kuchaytirishi mumkin. Odam sun’iy ravishda yangi ifoda­li harakatlar yaratishi va shu ifodali harakatlar yordami bilan o’zidagi emotsional kechinmalarni to’liq va xilma-xil qilib ochib berishi mumkin.
Odam o’zining mimikasi va gavda harakatini, shuningdek, tovushini atayin chiroyli qilib ko’rsatishi mumkin. U garchi o’zi muayyan hissiyotlarni kechinmayotgan bo’lsa ham, ammo shu hissiyotlarni ifodalaydigan harakatlar yaratishi mumkin. Chunonchi, artistlar sahnada o’z hislarini emas, balki sun’iy mimika, imo-ishoralar, nutqining intonatsiyasi va shu kabilarni yaratish yo’li bilan muayyan ifodali harakatlarni tasvirlab ko’rsatishlari lozim bo’ladi. Har bir kishi ham o’z hissiyotlarining tashqi ifodalarini ma’lum darajada o’zgartirishi mumkin.
Mana shu o’zgartiriladigan va yangidan vujudga keltiriladigan ifodali harakatlar, ya’ni emotsional kechinmalarning tashqi alomatlari kishida mustahkam o’rnashib qolishi, ko’nikma va odatga aylanishi, so’ngra esa hislarning tabiiy ifodasi tariqasida beixtiyor namoyon bo’lishi mumkin.

Download 48,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish