to'; 8- mashg'ulot
§r
|»< Maqsad. Bolalarni 8 sonining hosil bo'lishi bilan tanishtirish Va ularga 8 gacha sanashni o'rgatish: o'lchamlari har xil predmetlar Sonini teng va teng emasligini ko'ra bilishga o'rgatish; predmetlarni geometrik namunalar shakli bo'yicha solishtirishni (kvadrat, to'g'ri lo'rtburchak, doira va oval shaklidagi figuralar) hamda predmetlarni shakli bo'yicha umumlashtirishni mashq qildirish; 7 soni ichida
namuna bo'yicha ma'lum sondagi harakatlarni bajarishni mashq qildirish; ,,qarama-qarshi" tushunchasi haqidagi tasavvurni aniqlash.
Mashg'ulotning borishi. 1- qism. Stol ustiga 6 ta katta va 7 ta kichik olmaning rangli tasviri oraliqda ma'lum masofa qoldirib,
bir qator qilib terib qo'yiladi. Tarbiyachi ,,Olmalarning kattaligi haqida nima deyish mumkin? Qaysi olma katta (kichik)? Qanday qilib tekshirish mumkin?" — deb so'raydi. Bolalardan biri katta olmalarni, boshqasi kichiklarini sanaydi. Katta va kichik olmalar nechtadan, qaysi son katta (kichik): 6 mi yoki 7 ekanligi aniqlangach, pedagog bolalardan qaysi olmalar ko'p va qaysi olmalar kam ekanligi yaqqol ko'rinishi uchun nima qilish kerak?" — deb so'raydi. So'ngra u bir bolani chiqarib, har bir katta olmaning tagiga kichik olmani aniq tagma-tag qilib qo'yib chiqishjjj;va qaysi son katta, qaysi son kichkina ekanligini aytib berishiHJteklif etadi. Pedagog bolalarning javobini aniqlashtiradi:
,,To'g'^lendi 7 soni 6 sonidan katta ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi. 7 ta olma bor joyda 1 ta olma, kichik olma, ortiqcha (pedagog ortiqcha olmani ko'rsatadi), 6 ta olma bor joyda bitta olma yetish- maydi. Demak, 6—7 dan katta".
Tenglashtirishning ikkala usuli ko'rsatiladi, so'ngra har ikkala guruhdagi olmalar soni 7 taga yetkaziladi. Tarbiyachi olmalarning o'lchami har xil, lekin ularning soni teng 7 tadan bo'lganligini ta'kidlaydi. Predmetlarning soni ularning o'lchamiga bog'liq emas.
Keyin pedagog bolalarga 6 va 7 soni hosil qilingan usuldan foydalanib, 8 sonining hosil bo'lishini ko'rsatadi.
2- qism. (,,Qancha bo'lsa, shuncha harakat qil" o'yin mashqi). Tarbiyachi bolalarni 2 qatorga bir-birlariga qarama-qarshi qilib turg'izadi va ularga topshiriqni tushuntiradi: ,,Sizlar, men ko'rsatgan kartochkada nechta predmetning rasmi tasvirlangan bo'lsa, shuncha marta harakat qilasizlar. Ovoz chiqarmay sanash lozim. Harakatni avvalo mana bu qatorda (ko'rsatadi) turgan bolalar ularni tekshiradilar, keyin esa, aksincha siz harakatni bajarasiz, bular sizlarni tekshiradilar". (Pedagog kim kimni tekshirishini aniqlash- tiradi).
Har bir qatorga 2 tadan topshiriq beriladi, 6 va 5 ta, 7 va 4 ta predmetning rasmi ko'rsatiladi. Bolalarga uncha murakkab bo'lmagan harakatlarni bajarish taklif qilinadi. Masalan, qo'llarni yon tomondan yuqoriga ko'tarish, oldinga egilish, cho'qqayib o'tirish va hokazo.
».%fi-4W/?i. (,,Kim tezroq topadi?|^ 4yl»^ifcashqi). lalar stol
Do'stlaringiz bilan baham: |