§. Miqdor
Ikkinchi guruh bolalari bilan ishlashni narsalarning sifat belgilarini ajratib ko'rsatish mashqidan boshlash maqsadga muvofiqdir. Narsalarni aytilgan belgilariga qarab tanlash va guruhlarga ajratish vazifalarini berish ayniqsa foydalidir.
variant. Bir necha o'yinchoq ichidan unga (namunaga) o'xshashini tanlab olish. Pedagog (tarbiyachi) stol ustiga ayiqchani, qo'g'irchoqni, quyonchani qo'yadi. So'ngra ,,sehrli qopcha" ichidan bitta o'yinchoqni oladi va stol ustidan xuddi shunga o'xshash o'yinchoqni topishni taklif qiladi.
Rangi, o'lchami yoki shakli har xil bo'lgan 2-3 ta narsa (ayiqchalar, kubiklar, shariklar, koptoklar) orasidan xuddi shu rang (o'lcham, shakl)dagi narsani tanlab oladi. Bola topshiriqni bajargach, tanlab olgan o'yinchog'ining nomini va har ikkala o'yinchoq uchun umumiy bo'lgan belgini aytishi kerak.
Agar kichkintoy xato qilsa, pedagog (tarbiyachi) unga savollar beradi: ,,Bu nima? Sen shu o'lchamdagi (rangdagi) kubikni (ayiqchani) oldingmi? Kubiklarni ustma-ust qo'y!" Pedagog (tarbiyachi) olinishi lozim bo'lgan narsalarni ko'rsatishi mumkin: ,,Mana bu kubikni olish kerak, ko'rdingmi, u xuddi mana shu rangda".
variant. Namunaga o'xshash bir necha narsani topish: (ko'k) rangdagi hamma kubiklarni mana bu qutichaga sol". Hamma kichkina ayiqlarni mana bu qutichaga sol". Tarbiyachi mashg'ulot oxirida: ,,Sen qutichaga qanday ayiqlarni solding?" — degan savolni beradi.
variant. Bolalarga narsalarni guruhlarga ajratish topshiriladi. Narsaning quyidagi belgilari aytiladi: narsaning nimaga kerakligi (bu qurilish material!, undan qurish uchun foydalaniladi; bu mo'yqalam, u bilan rasm chiziladi va hokazo), rangi, o'lchami.
Pedagog (tarbiyachi) kundalik hayotiy vaziyatni tashkil qiladi yoki undan foydalanadi, bunda bitta bola yoki bir necha bola narsalarni tanlab oladi yoki guruhlarga ajratadi. Masalan, qurishda ishlatilishi mumkin bo'lgan hamma materiallarni yashikka solish, qo'g'irchoqlarni esa tokchaga terib qo'yish, rasm soladigan barcha
mo'yqalamlarni yig'ib, qutichaga solish, bitta savatga hamma katta koptoklarni, boshqasiga esa kichkina koptoklarni solib qo'yish. Oldin bolalar narsalarni bitta belgisiga qarab, keyinroq esa ikkita belgisiga qarab tanlab oladilar.
Har gal kichkintoylardan biri narsalar qanday umumiy belgi asosida guruhga birlashtirilganini va o'zi nima qilganligi hamda nima uchun shunday
qilganligini aytib berishi muhimdir. Bunday qilish bolalarni ongli harakat qilishga o'rgatadi.
Bunday mashqlar natijasida bolalar hatto bitta umumiy belgisi bo'lgan turli xil narsalarni ham bir guruhga birlashtirish mumkinligini tushuna boshlaydilar. Endi ular mazkur guruhga mansub narsalarning 2 ta umumiy belgisini ajratib o'rsata oladilar.
Bundan tashqari, bolalarda aytilgan belgilarga qarab narsalarni taqqoslash va tanlash (ajratib olish) uchun bir-birining yoniga, ustiga qo'yish usullaridan foydalanish ko'nikmasi mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |