Hislarni kechirish shakllari quyidagilardan iborat:
HISSIY TON– hissiyot idrok yoki sezgi jarayonida shaxsning idrok qilingan narsaga hodisaga munasabatini ifodalaovchi maxsus emotsional bo`yoq yoqimli va yoqimsiz kechinma bevosita sezgi yoki idrok bilan bog`langan hissiyot
Emotsiyalarning tashqi ifodasi turli ko'rinishlarda ro'y beradiki, unda asosiy o'rinni ko'rgazmali jihatlar asosiy o'rin egallaydi va ular quyidagilar: - Birinchidan, emociyalar nafas olish a'zolarining ishlarida o'zgarish yasaydi.
- Ikkinchidan, emociya imo – ishoralarda, mimikada, ya'ni kishining yuzida bo'ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma'nodor harakatlarida ko'rinadi.
- Uchinchidan, gumoral harakatlardagi, ya'ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o'zgarishlarni va shuning bilan birga modda almashishida bo'ladigan yanada chuqur o'zgarishlarni o'z tarkibiga oladi.
Emotsiya nazaryalari (Jeyms-Lang,Kennon Bard, S.Shaxtyor,D.Zinger).Qarqmq qrshi emotsiyalar nazaryasi(R.Salamon bo’yicha). - Lindsey-Xebbning faollashtirish nazariyasi Djems-Lange va Kennon-Bardlarning psixoorganik nazariyalaridan so’ng paydo bo’ldi. Bu nazariyaga ko’ra, emotsional holatlar bosh miya quyi qismi nayining retikulyar formatsiyaga ta’siri bilan belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning faolligi darajasiga javob beradi. Hissiyotli ifodalanishlar esa asab tizimining biror bir seskantiruvchiga javoban faollik darajasining o’zgarishidir.
- Kognitivistik nazariyalar qatoriga P.V. Simonovning hissiyotlar axborot beruvchi kontseptsiyasi ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini baholashi bilan belgilanadi. Bu ehtimollikni baholashni inson tug’ma va avval orttirilgan individual tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun taxminiy zarur vositalar, vaqt, zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan ma’lumot bilan taqqoslagan holda amalga oshiradi. P.V. Simonovning yondoshuvi quyidagi formulada aks etgan: H = E (M – A), bunda H – hissiyot, uning kuchi va sifati; E – dolzarb ehtiyoj kattaligi va o’ziga xos xususiyati; M – dolzarb ehtiyojni qondirish uchun zarur ma’lumot; A – ayni paytda insonda mavjud bo’lgan tegishli axborot.
Iroda – shahsning ongli harakatlarida, o'z-o'zini bilishida ifodalanadigan, ayniqsa maqsadga erishish yo'lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni engib chiqishda namoyon bo'ladigan ihtiyoriy faolligidir.
Irodaviy ya'ni ihtiyoriy harakatlarning nerv – fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po'stlog`ining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo'lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim to'la ongli harakatlar bo'lgani uchun bosh miya po'stlog`ida yuzaga keladigan optimal qo'zg`alish manbalari bilan ham bog`liq bo'ladi. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: “Mening tasavvurimcha, ong ayni shu choqda huddi shu sharoitning o'zida ma'lum darajada optimal (har holda o'rtacha bo'lsa kerak) qo'zg`alishga ega bo'lgan bosh miya katta yarim sharlarining ayrim joylaridagi nerv faoliyatidan iborat”
Maqsad va unga erishishga intilish
Maqsadaga erishish imkoniyatlarini topish
Mativlarni paydo bo`lishi va imkoniyatlarini mustahkamlash
Mativlar kurashi va tanlash
Biror fikrni qabul qilish
Qabul qilingan qarorni amalga oshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |