7-mavzu savollariga javoblar:
J. J. Russo "Emil yoki Tarbiya to’g’risida" deb atalgan pedagogik risolasida jismoniy tarbiyaning bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi ahamiyatini ta’kidlagan.
18-asrda asosan Russo gʻoyalari taʼsirida Germaniyada paydo boʻlgan "insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari" — filantropinlar jismoniy tarbiyaning shakl va uslublarining takomillashuviga olib keladi.
1999-yilda "Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori jismoniy tarbiyaning huquqiy asoslarini yaratdi. Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiyani yanada ommalashtirish va ularning salomatligini mustahkamlash maqsadida 1999-yilda maxsus test sinovlari ishlab chiqildi. Mazkur testlarni muvaffaqiyatli topshirganlar uchun 3-darajali "Alpomish" va "Barchinoy" nishonlari taʼsis etildi. 1.588.298 nafar oʻquvchi mazkur testlarni muvaffaqiyatli topshirdi (2002). Shuningdek, maktab oʻquvchilari uchun "Umid nihollari", litsey-kollej oʻquvchilari uchun "Barkamol avlod", oliy oʻquv yurti talabalari uchun "Universiada" ommaviy musobaqalarini har 2 yilda oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. Xalq oʻyinlari va ommaviy sport turlari boʻyicha har 2 yilda "Alpomish oʻyinlari" festivali hamda "Toʻmaris oʻyinlari" oʻtkazib kelinadi.
Jismoniy tarbiyaning ilmiy-amaliy asoslari va shu soha mutaxassislari Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, oliy oʻquv yurtlarining fakultetlari hamda boʻlimlarida tayyorlanadi. Respublikada 6 ta olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurti, 8 ta oliy sport mahorati maktabi va 369 ta bolalar-oʻsmirlar maktabida ham oʻquvchilarga jismoniy yarbiyadan saboq beriladi. "Yoshlik" koʻngilli sport tashkiloti, "Vatanparvar" mudofaaga koʻmaklashuvchi tashkiloti, "Dinamo" sport klubi kabi sport jamiyatlari aholining turli qatlamlarini jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga jalb etishga xizmat qiladi.
Maktab oʻquvchilari uchun "Umid nihollari", litsey-kollej oʻquvchilari uchun "Barkamol avlod", oliy oʻquv yurti talabalari uchun "Universiada" ommaviy musobaqalarini har 2 yilda oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. Xalq oʻyinlari va ommaviy sport turlari boʻyicha har 2 yilda "Alpomish oʻyinlari" festivali hamda "Toʻmaris oʻyinlari" oʻtkazib kelinadi.
Jismoniy tarbiya, badantarbiya — sogʻliqni mustahkamlashga, odam organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismidir.
«Maltus nazariyasi». Ingliz iqtisodiyot nazariyotchisi Maltus (1766 - 1834) ilgari surgan g’oyaga ko’ra, aholi geometrik prgressiyaga, iste’mol maxsulotlari arifmetik progressiyaga muvofiq rivojlanadi. Aholi o’sa borib, Yer yuzida qashshoqlik, oziq - ovqat yetishmovchiligi vujudga keladi. Shu bois urushlar olib borish tabiiy hol sifatida o’zini oqlaydi. Maltus bu o’rinda urushni targ’ib etish bilan aхloqsizlikning eng yuksak ko’rinishini namoyon etmoqda. Shuningdek, insoniyat jamiyatini qarama - qarshi sinflarga bo’lib tashlashni, hokimiyatni zo’ravonlik, qon to’kish, terror orqali qo’lga kiritishni va shu yo’sinda tutib turishni targ’ib etuvchi markscha - lenincha sinfiylik hamda sotsialistik inqilob nazariyalari ham ilmdagi aхloqsizlikning bo’rtib ko’zga tashlanadigan namunasidir.
E stetik tarbiyaning vazifalari:
kishilarda san'at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o'zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
jamiyat a'zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg'usini uyg'otish;
tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg'u bilan munosabatda bo'lishga va ularni ravnaq toptirish yo'lida astoydil faoliyat olib borish ko'nikmalarini hosil qilish;
o'tmish ma'naviy merosimizga hurmat hissini uyg'otish, milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
o'tmish ma'naviy merosimizga hurmat hissini uyg'otish, milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ'ib qilishga undashdir
: Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga
san'at, informatsion texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin.
9. V. G. Belinskiy: «Ijtimoiy jihatdan faol san'at -estetika predmeti» -deydi. N. G. Chernishevskiy estetikani voqelikka, hayotga san'atkorona munosabat deb biladi 10. Sharqda etika (axloqshunoslik) «Ilmi adab», estetika (nafosatshunoslik) «Ilmi badi'a», «Ilmi husniya» deb yuritilgan. .
Do'stlaringiz bilan baham: |