Embriologiya
Embriologiya (embrion va ..logiya) — embrion (murtak, pusht) ning hosil boʻlishi va rivojlanishi
qonuniyatlari toʻgʻrisidagi fan. Odam va hayvonlar E.si hamda oʻsimliklar embriologiyasi
farqlanadi.
Odam va hayvonlar E.si old embrional taraqqiyot (oogenez, spermatogenez), uruglanish,
embriogenez, yaʼni tuxum va embrion parda ichidagi rivojlanish, shuningdek, lichinkalik (koʻpgina
umurtqasizlar va amfibiyalarda), postembrional (baliqlar, sudralib yuruvchilar va qushlarda) yoki
postnatal (sut emizuvchilarda) davrlarni oʻrganadi.
Odam E.si embrionning erkak jinsiy hujayrasi (spermatozoid) bilan ayol jinsiy hujayrasi
(tuxumhujayra)ning qoʻshilib urugʻlanishi (murtak boshlangʻichi) paytidan boshlab to organlarning
vujudga kelishi (organogenez)gacha boʻlgan rivojlanish davrlarini oʻrganadi. Akusherlik
amaliyotida tuxumhujayra urugʻlangach, 8 haftagacha embrion, 9haftadan keyin rivojlanishi
homila deb ataladi, shuning uchun embrionning 9 haftadan keyingi rivojlanishidan to
tugʻilgunicha boʻlgan davr homiladorlik davri qisoblanadi.
Erkak va ayol jinsiy hujayralari bachadon nayi (tuxum yoʻli)da bir-biriga qoʻshiladi; uruglangan
tuxumqujayra nay orqali bachadonga qarab intiladi va taxminan bir qaftada bachadonga yetib
boradi. Bachadonning shilliq pardasi murtakni qabul qilib olishga tayyor turadi. Murtak bachadon
devoriga payvandlanib oladi (implantatsiya) va shundan boshlab oʻsib, taraqqiy etadi.
E.da murtakning bir necha taraqqiyog bosqichi farq qilinadi: otalangan tuxumqujayraning
boʻlinishi, murtak varaqlarining paydo boʻlishi, organlarning shakllanishi va rivojlanishi.
Vazifasi va tadqiqot usullariga koʻra, umumiy, qiyosiy, eksperimental, populyatsion va ekologik
E. ajratiladi. Qiyosiy E. dalillari hayvonlarning tabiiy sistemasini ishlao chiqish uchun asos boʻladi.
Eksperi.msntal E. aʼzo va toʻqimalarni olib tashlash, koʻchnrib oʻtqazish va suiʼiy muhitda oʻstirish
orqali ularning kelib chiqishi mexanizmlari va ontogenezda rivojlanishini oʻrganadi. E. sitologiya,
genetika, biokims, molekulyar biologiya va boshqalar fanlar bilan birgalikda rivojlanishi natijasida
individual rlvojlanish qonuniyatlari haqidagi fan — rivojlanish biologiyasi yoki ontogenetika
vujudga keldi.
Hindiston, Xitoy, Misr va Yunonistondagi (miloddan avvalgi 5-asr) embriologik tadqiqotlarda
diniyfalsafiy taʼlimot aks etgan. Bu qarashlar Gippokrat va Aristotel asarlarida ham oʻz ifodasini
topgan. Gippokrat va uning izdoshlari odam embrioni rivojlanishini oʻrganishga ahamiyat berib, uni
tovuq tuxumidan joʻjaning shakllanishiga qiyoslashni tavsiya qilganlar. Aristotelning
embriogenezda aʼzolarning ketmaket shakllanishi toʻgrisidagi taʼlimoti epigenetik tasavvurlarga
asoslangan. Bu qarashlar 16-asrgacha deyarli oʻzgarishsiz qoldi. U. Garvey asarining nashr
qilinishi (1651) E. rivojida muhim burilish yasadi. Italiyalik olim M.Malpigi mikroskop yordamida
joʻja rivojlanishining xuddi shu bosqichida ilgari maʼlum boʻlmagan qism (aʼzo)larini koʻrishga
muvaffaq boʻldi (1672), u E.da 18-asr oxirigacha saqlanib kelgan preformistik tasavvurlar
(embrion rivojlanishi unda oldindan mavjud boʻlgan xilmaxil strukturalarning oʻsishi)ni yoqlab
chiqqan. Bunga K.F.Volf oʻz asarlaridagi (1759) maʼlumotlar bilan qattiq zarba berdi. Hozirgi
zamon E.siningasoschisi K.M.Ber sut emizuvchi hayvonlar va odam tuxumdonidagi tuxumni
kashf qildi va tavsiflab berdi (1827). Evolyutsion qiyosiy embriologiya Ch.Darvin nazariyalariga
asoslangan. A.O. Kovalevskiy va I.I.Mechnikovning ilmiy izlanishlari turli tiplarga mansub
hayvonlarning bir-biriga qarindoshligini isbotlaydi. A.O.Kovalevskiyning embrional varaqlar
toʻgʻisidagi nazariyasiga (1871) koʻra, barcha koʻp hujayrali hayvonlarning asosiy aʼzolar
sistemasi dastlab hujayra qatlamlari koʻrinishida rivojlanadi. Bu koʻp hujayrali hayvonlar barcha
tiplarining kelib chiqishi bir ekanini koʻrsatadi. Tavsiflovchi tadqiqotlar bilan bir qatorda
eksperimental E. ham rivojlanmoqda. Ilk embrional rivojlanish, urugʻlanish, boʻlinish, embrional
veraqlarning vujudga kelishi, organogenez, gistogenez va patologik rivojlanishning turli
koʻrinishlarini oʻrganish, ayniqsa, kimyoviy agentlar yordamida rivojlanishni kuchaytirish, embrional
shakllanishning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlash, hujayra differensiatsiyasining genetik va
sitologik asosini ochish hozirgi zamon E.si oldidagi muhim masaladir.
E. maʼlumotlaridan (tibbiyotda turli anomal va tugʻma majruhliklarni oldindan bilib olish), qishloq
xoʻjaligi amaliyotida (mas, organizmga embrional rivojlanish davrida taʼsir etib, chorva mollari
zotini yaxshilash, baliqlarni, foydali hasharotlarni koʻpaytirish, zararkunandalarni yoʻqotish va
boshqalar da) foydalaniladi. Epidemiologik kasalliklar qoʻzgʻatuvchisi va tarqatuvchilariga qarshi
kurashni toʻgʻri tashkil etish uchun E. maʼlumotlari zarur. Ad.: Ibragimov Sh., Shodiyev N.,Daminov
A., Sitologiya, gistologiya va embriologiya. T., 1998; Toʻychiye v S Toshmanov N., Fayzullayev S,
Sitologiya, embriologiya va gistologiya, T., 2004.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 3 oylar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Embrio
logiya&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Embriologiya&oldid=2277429
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |