Embriologiya



Download 44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi44 Kb.
#212730
Bog'liq
Embriologiya hayvon



Embriologiya

Embriologiya (embrion va ..logiya) —

embrion (murtak, pusht) ning hosil

boʻlishi va rivojlanishi qonuniyatlari

toʻgʻrisidagi fan. Odam va hayvonlar E.si

hamda oʻsimliklar embriologiyasi

farqlanadi.

Odam va hayvonlar E.si old embrional

taraqqiyot (oogenez, spermatogenez),

uruglanish, embriogenez, yaʼni tuxum va

embrion parda ichidagi rivojlanish,

shuningdek, lichinkalik (koʻpgina



umurtqasizlar va amfibiyalarda),

postembrional (baliqlar, sudralib

yuruvchilar va qushlarda) yoki postnatal

(sut emizuvchilarda) davrlarni oʻrganadi.

Odam E.si embrionning erkak jinsiy

hujayrasi (spermatozoid) bilan ayol jinsiy

hujayrasi (tuxumhujayra)ning qoʻshilib

urugʻlanishi (murtak boshlangʻichi)

paytidan boshlab to organlarning vujudga

kelishi (organogenez)gacha boʻlgan

rivojlanish davrlarini oʻrganadi. Akusherlik

amaliyotida tuxumhujayra urugʻlangach, 8

haftagacha embrion, 9haftadan keyin

rivojlanishi homila deb ataladi, shuning

uchun embrionning 9 haftadan keyingi



rivojlanishidan to tugʻilgunicha boʻlgan

davr homiladorlik davri qisoblanadi.

Erkak va ayol jinsiy hujayralari bachadon

nayi (tuxum yoʻli)da bir-biriga qoʻshiladi;

uruglangan tuxumqujayra nay orqali

bachadonga qarab intiladi va taxminan

bir qaftada bachadonga yetib boradi.

Bachadonning shilliq pardasi murtakni

qabul qilib olishga tayyor turadi. Murtak

bachadon devoriga payvandlanib oladi

(implantatsiya) va shundan boshlab oʻsib,

taraqqiy etadi.

E.da murtakning bir necha taraqqiyog

bosqichi farq qilinadi: otalangan

tuxumqujayraning boʻlinishi, murtak



varaqlarining paydo boʻlishi, organlarning

shakllanishi va rivojlanishi.

Vazifasi va tadqiqot usullariga koʻra,

umumiy, qiyosiy, eksperimental,

populyatsion va ekologik E. ajratiladi.

Qiyosiy E. dalillari hayvonlarning tabiiy

sistemasini ishlao chiqish uchun asos

boʻladi. Eksperi.msntal E. aʼzo va

toʻqimalarni olib tashlash, koʻchnrib

oʻtqazish va suiʼiy muhitda oʻstirish orqali

ularning kelib chiqishi mexanizmlari va

ontogenezda rivojlanishini oʻrganadi. E.

sitologiya, genetika, biokims, molekulyar

biologiya va boshqalar fanlar bilan

birgalikda rivojlanishi natijasida individual

rlvojlanish qonuniyatlari haqidagi fan —




rivojlanish biologiyasi yoki ontogenetika

vujudga keldi.

Hindiston, Xitoy, Misr va Yunonistondagi

(miloddan avvalgi 5-asr) embriologik

tadqiqotlarda diniyfalsafiy taʼlimot aks

etgan. Bu qarashlar Gippokrat va

Aristotel asarlarida ham oʻz ifodasini

topgan. Gippokrat va uning izdoshlari

odam embrioni rivojlanishini oʻrganishga

ahamiyat berib, uni tovuq tuxumidan

joʻjaning shakllanishiga qiyoslashni

tavsiya qilganlar. Aristotelning

embriogenezda aʼzolarning ketmaket

shakllanishi toʻgrisidagi taʼlimoti

epigenetik tasavvurlarga asoslangan. Bu

qarashlar 16-asrgacha deyarli




oʻzgarishsiz qoldi. U. Garvey asarining

nashr qilinishi (1651) E. rivojida muhim

burilish yasadi. Italiyalik olim M.Malpigi

mikroskop yordamida joʻja

rivojlanishining xuddi shu bosqichida

ilgari maʼlum boʻlmagan qism (aʼzo)larini

koʻrishga muvaffaq boʻldi (1672), u E.da

18-asr oxirigacha saqlanib kelgan

preformistik tasavvurlar (embrion

rivojlanishi unda oldindan mavjud boʻlgan

xilmaxil strukturalarning oʻsishi)ni yoqlab

chiqqan. Bunga K.F.Volf oʻz asarlaridagi

(1759) maʼlumotlar bilan qattiq zarba

berdi. Hozirgi zamon E.siningasoschisi

K.M.Ber sut emizuvchi hayvonlar va

odam tuxumdonidagi tuxumni kashf qildi

va tavsiflab berdi (1827). Evolyutsion



qiyosiy embriologiya Ch.Darvin

nazariyalariga asoslangan. A.O.

Kovalevskiy va I.I.Mechnikovning ilmiy

izlanishlari turli tiplarga mansub

hayvonlarning bir-biriga qarindoshligini

isbotlaydi. A.O.Kovalevskiyning embrional

varaqlar toʻgʻisidagi nazariyasiga (1871)

koʻra, barcha koʻp hujayrali hayvonlarning

asosiy aʼzolar sistemasi dastlab hujayra

qatlamlari koʻrinishida rivojlanadi. Bu koʻp

hujayrali hayvonlar barcha tiplarining kelib

chiqishi bir ekanini koʻrsatadi.

Tavsiflovchi tadqiqotlar bilan bir qatorda

eksperimental E. ham rivojlanmoqda. Ilk

embrional rivojlanish, urugʻlanish,

boʻlinish, embrional veraqlarning vujudga

kelishi, organogenez, gistogenez va



patologik rivojlanishning turli

koʻrinishlarini oʻrganish, ayniqsa, kimyoviy

agentlar yordamida rivojlanishni

kuchaytirish, embrional shakllanishning

harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlash,

hujayra differensiatsiyasining genetik va

sitologik asosini ochish hozirgi zamon

E.si oldidagi muhim masaladir.

E. maʼlumotlaridan (tibbiyotda turli

anomal va tugʻma majruhliklarni oldindan

bilib olish), qishloq xoʻjaligi amaliyotida

(mas, organizmga embrional rivojlanish

davrida taʼsir etib, chorva mollari zotini

yaxshilash, baliqlarni, foydali

hasharotlarni koʻpaytirish,

zararkunandalarni yoʻqotish va boshqalar




da) foydalaniladi. Epidemiologik

kasalliklar qoʻzgʻatuvchisi va

tarqatuvchilariga qarshi kurashni toʻgʻri

tashkil etish uchun E. maʼlumotlari zarur.

Ad.: Ibragimov Sh., Shodiyev N.,Daminov

A., Sitologiya, gistologiya va

embriologiya. T., 1998; Toʻychiye v S

Toshmanov N., Fayzullayev S, Sitologiya,



embriologiya va gistologiya, T., 2004.

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish