REGENERATSIYA
Regeneratsiya (lot. regeneratio qayta tiklanish) (biologiyada) — organizmning yoʻqotgan yoki jarohatlangan organlar va toʻqimalarni tiklash xususiyati (xususiy R.), shuningdek, uning ayrim qismlaridan bir butun organizmning tiklanishi (somatik embriogenez, vegetativ koʻpayish). R. terminini fransuz tabiatshunosi R.Reomyur (1712) kiritgan.
Odam va hayvonlarda R. reparativ (olib tashlangan yoki nobud boʻlgan tuzilmalar oʻrniga yangisining hosil bulishi) va fiziologik (yukrtilgan tuzilmalar urniga yangisining hosil boʻlishi) boʻladi. Fiziologik R. koʻproq uchraydi (Mas, sut emizuvchilarda qon va ayrim epiteliy hujayralarining yangilanib turishi). R. turli hayvonlarda turlicha rivojlangan. Koʻpchilik tuban umurtqasiz hayvonlar (gʻovak tanlilar, boʻshliqichlilar)da tananing kichik parchasidan yaxlit organizm rivojlanishi mumkin. Tuban umurtqalilar (suvda va quruklikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar), shuningdek, bir qancha yuksak umurtqasizlar (halqalilar, qisqichbaqasimonlar, ignaterililar)da koʻz qismlari, dum, ichak va toʻqimalar, odam va sut emizuvchilarda esa faqat ayrim toʻqimalar tiklanadi. Sharoit oʻzgarganida geteromorfoz kelib chiqishi mumkin. R. mexanizmlarini hujayraviy manbalar, hujayralararo va toʻqimalararo taʼsirlar, gormonlar va boshqa biologik faol moddalar taʼsiri, nerv va immun sistemalari, shuningdek, genetik omillar orqali tushuntirish mumkin. Har xil organlar va toʻqimalar R.sida kam ixtisoslashgan (koʻpchilik hayvonlarda) va ixtisoslashgan (tuban umurtkalilarda) hujayralar ishtirok etadi. Mas, odam va xayvonlarda suyak toʻqimasi R.si osteogen (suyak hosil qiluvchi), muskul toʻqimasi R.si yoʻldosh (satellit) hujayralar bilan bogʻliq. Organizmning yoshi, moddalar almashinuvining intensivligi, endokrin va nerv sistemasi holati, kasalliklar R.ni kuchaytirishi yoki sekinlashtirishi tufayli patologik R. roʻy berishi mumkin. Bunda jarohat uzoq vaqt bitmaydi.
Oʻsimliklarda R. yoʻqotilgan qismining oʻrnida [Mas, poyaning jarohatlangan joyi gʻudda (kallyus) bilan qoplanadi] yoki boshqa joyda kuzatiladi (Mas, uchki novda kesilganida yon novdalarning oʻsishi tezlashadi, kuzda toʻkilgan barglar oʻrniga bahorda yangi barglar hosil boʻladi). Lekin koʻpincha R. biron kuch taʼsirida uzib olingan qismning tiklanishi tarzida tushuniladi.
Tabiatda iddiz, izdizmeva, poya, barg bachkilari, alohidalangan hujayralar, protoplastlar, ayrim suvoʻtlarda koʻp yadroli protoplazmasining ayrim qismlari R.si keng tarqalgan. R.ning yoʻqotilgan organlarning qayta tiklanishi va vegetativ koʻpayishiga biologik moslanish sifati oʻsimlikshunoslikda, bogʻdorchilik, oʻrmonchilik va gulchilikda katta ahamiyatga ega.
Kaltakesak dumini yo'qoladi agar Ajablanarli, etishmayotgan bir qismi yangi qolgan shakllangan. Ba'zi hollarda, reparativ regeneratsiya barcha ko'p hujayrali organizm kichik to'qima bo'linishni faqat tiklanadi, shunday qilib, mukammal bo'ladi. Bizning tana o'z-o'zidan teri xujayralari yo'qotadi va yangi tashkil etilgan, ularni o'zgartiradi. Bu, chunki regeneratsiyasi iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |