Emadigan bola bir yoshgacha boʻlgan bola


Aʼzolarining oʻziga xosligi



Download 99 Kb.
bet2/5
Sana19.12.2022
Hajmi99 Kb.
#891066
1   2   3   4   5
Bog'liq
Goʻdak

Aʼzolarining oʻziga xosligi
Goʻdak hayotining dastlabki oylarida hazm aʼzolari faqat ona sutini hazm qila oladi, 1,5—2 oyligida vitaminlarga boy sabzavot va meva sharbatlari, asta-sekin 4—5 oylik boʻlganida sutli va sabzavotli omuxtalar, 6—7-oylarga kelib goʻshtli (qiymalangan) ovqatlar va tvorog berish mumkin. Bola 10—12 oylik boʻlganida xilma-xil ovqatlarni beraversa ham boʻladi. Bolaga ovqatni maʼlum tartib-qoidalarga amal qilgan holda, uning murgʻaqligini nazarda tutib tayyorlash talab etiladi. Aks holda meʼda-ichak va moddalar almashinuvining turli kasalliklari tez avj oladi. Bu davrda Goʻdakning muskul sistemasi hali tuzuk rivojlanmagan boʻlib, bola oʻsgan sari u takomillashib, birmuncha kuchli, chidamli boʻlib boradi. Bolani muntazam badan tarbiya qildirilganda muskullari juda toʻgʻri va bekamu koʻst rivojlanadi. Nafas muskullari ancha rivojlanadi va koʻkrak qafasi nafas olishda faol qatnashadi: oʻpka sigʻimi kattalashadi. Bu yoshda oʻpkaga ancha zoʻr keladi. Nafas yoʻllarining shilliq qavati nozik boʻladi, shu sababli, bola pala-partish parvarish qilinsa, nafas aʼzolari botbot kasallanadi. Yurak-tomir sistemasi birmuncha rivojlanib, takomillashib boradi, yurak vazni ortaveradi. Yuraktomir sistemasining oʻziga xos xususiyatlari qon aylanishini osonlashtiradi. Siydik-tanosil aʼzolari ham rivojlanib boradi; qovuq kattalashadi, siydik ajralishi ancha kamayadi. Goʻdakning nerv sistemasi juda tez rivojlanadi. Sezgi aʼzolari yaxshi rivojlangan boʻlib, ilk goʻdaklik kunlaridanoq bola shirin va achchiqni ajratadi; qattiq tovush kelganda seskanib tushadi, ravshan yorugʻlikka yalt etib qaraydi. Bir oylik bola rangli buyumlarga tikilib turadi. Bola tugʻilishidan hid biladi, ona koʻkragini yaqinlashtirsa, jonlanadi — boshini buradi, ogʻzini ochadi, soʻrish va yutish harakatlarini qiladi.
Nerv sistemasi
Goʻdakning nerv faoliyati birinchi va ikkinchi signal sistemasi rivojlanishiga bevosita bogʻliq. Goʻdak 2-oydan boshlab ixtiyoriy harakat qiladi; boshini koʻtara va tuta boshlaydi. Yoʻrgaklanganda qoʻli va oyoqlarini qimirlatadi, jilmayadi. Bu yoshda Goʻdak bir kecha-kunduzda taxminan 20 soatcha uxlashi kerak. 3—4 oylik Goʻdak chalqancha yotqizilsa, qaddini koʻtaradi, yon tomonga agʻdariladi. Qoʻl harakati faollashadi, oʻyinchoqqa intiladi, barmoqlarini ogʻziga tiqadi, yoʻrgakni tortadi. Unga tikilib karaganda guvranib bir qadar aniq tovush chiqaradi. 4 oylik bola suyab turilsa oʻtiradi, tanish-notanish kishilarni ajratadi, guvranib xonish qiladi, 5 oyligida onasini yaxshi taniydi, begonalarga bormaydi, qoʻltigʻidan ushlansa, oyoqda tekis turadi, 6 oyligidan hech narsaga suyanmay oʻtira oladi, emaklamoqchi yoki ushlab tursa, qadam tashlamoqchi boʻladi, sodda boʻgʻinlarni talaffuz qila boshlaydi. 8 oyligida bemalol emaklab ketadi, biror narsaga tirmashib oʻrnidan tura oladi, qoʻlidan ushlansa, qadam tashlaydi, "oyi", "ada" soʻzlarini aniq aytadi. 10 oyligida oʻrnidan bemalol turib "obke" yoki "ayt" deganingizni qiladi; "qilma", "qil" deganning farqiga yetadi, 10—15 tacha soʻzni biladi. Sutkada 14—16 soat uxlaydi. Bu davrda badan tarbiya va chiniqtirish muhim ahamiyatga ega, chunki chiniqqan bola turli kasalliklarga kamroq chalinadi. Nimjon bolalarda diatez, raxit, anemiya, gipotrofiya va boshqa kasalliklar kuzatiladi. Shuning uchun iloji boricha Goʻdakni ochiq havoda sayr qildirish, havo va quyosh vannalaridan bahramand etish, massaj, gimnastika va boshqa uning har tomonlama yetuk va sogʻlom oʻsishiga yordam beradi.
Taomi
Goʻdakning ovqati ham oʻziga xos va rangbarang boʻlishi kerak. Bola notoʻgʻri ovqatlantirilsa, u zarur oziq moddalarni yetarlicha olib turmasa, bu uning jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanishiga yomon taʼsir koʻrsatadi, natijada organizm turli xil kasalliklarga chidamsiz boʻlib qoladi. Haddan tashqari koʻp ovqat bermaslik kerak, aks holda bola xom semiz boʻlib, bot-bot kasallanadi. Ovqat tarkibida oqsil, yogʻ, uglevod, tuzlar va vitaminlar maʼlum miqdorda boʻlishi mumkin. Koʻkrakda sut kam degan bahona bilan bolani barvaqt koʻkrakdan ayirish yaramaydi, onaning hatto ozgina suti ham bolani chiniqtiradi. Mabodo sut kamligidan bola och qolib oza boshlasa, vrach bilan maslahatlashib qoʻshimcha ovqat beriladi.

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish