Em-xashak tayyorlash mashinalarining tuzilishi va ishlashi



Download 17,56 Kb.
Sana06.04.2022
Hajmi17,56 Kb.
#532872
Bog'liq
kurs ishi


Em—xashak tayyorlash mashinalarining tuzilishi va ishlashi.

1. Chorvachilik qishloq xo’jaligini muhim tormoqlaridan hisobianib, aholini qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari: sut, go’sht, tuxum bilan, sanoatni esa jun, qorakul, teri kabi xom ashyolar bilan ta'minlaydi. Chorvachilikni rivojlantirish qishloq xo’jaligi oldida turgan birinchi darajali vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish uchun eng avvalo mustahkam em-xashak bazasini barpo etish zarur.

Em-xashak tayyorlashning asosiy manbalari tabiiy va sun'iy (ekilgan) o’tlarni o’rib olishdir. o’tlardan pichan, o’t briketlari, senaj va ko’p hollarda silos tayyorlanadi. o’tlarni qayta ishlab vitaminlarga boy o’t uni olinadi.

2.Yuqori sifatli em-xashak tayyorlash uchun o’rimni agrotexnika muddatlarida olib borish shart.

Agrotexnika talablariga ko’ra, boshoqli o’tlarni boshoqlanish, dukkaklilarni gunchalab, gulga kirish davrida o’rib olish zarur. Tabiiy yaylovlarda o’tlami erdan 4. . . 4,5 sm, sun'iy o’tlarni esa 5. . . 6 sm balandlikda o’rish talab etiladi. o’t o’rgichlar ish davomida o’rilayotgan o’tlarni uzunasiga uyumlab ketishi zarur.

Uyumlangan o’tlarni namlik darajasi 20-30% ga etganda tup qilinadi. Tupdagi o’t namligi 15. . . 17% bo’lganda g'aramlar hosil qilinadi, Uyumlangan o’tlarni presslab toylashda pichanning namligi 30% dan oshmasligi zarur va toyning zichligi 200 kg/m3 dan oshmasligi zarur.

Vitaminlarga boy o’t uni tayyorlash uchun ko’p yilik o’tlarni gullashgacha, bir yilliklarini esa gullash va mevalash davrida o’rib olish lozim.

Sochma va briketlangan pichan tayyorlashda o’t poyasining kesish uzunligi 8... 15 sm bo’lishi kerak. o’t uni, briket va qumoloqlangan em tayyorlashda esa o’t poyasini kesish uzunligi 2...3 sm kam bo’ladi, chunki poyalarni agregatlarda quritilayotganda, u yaxshi aralashadi va kam quvvat sarflanadi.

3, Em-xashak tayyorlash texnologiyasining turli xili mavjud. Eng keng qo’llaniladiganlari quyidagilardir.

Sochma pichan tayyorlash texnologiyasi o’z ichiga quyidagi operasiyalarni oladi: o’rish yoki o’rish ezish bilan birgalikda, dalada tabiiy holda quritish, o’rilgan pichanni ag'darish-titish, uyumlarni to’dalash, g'aramlash va aktiv shamollatishdan iborat.

Presslangan pichan tayyorlash texnologiyasi quyidagi operasiyalarni o’z ichiga oladi: o’rish yoki o’rish ezish uyumlash, to’dalash, ag'dariga va titish hamda maxsus mashina yordamida pichanni toylash. Toylangan pichanni taxlab g'aramlar hosil qilishdan iborat.

Maydalangan pichan tayyorlash texnologiyasiga quyidagi operasiyalar kiradi: o’rish ezish bilan birgalikda, titish, to’dalash va uyumlarni ag'darish, uyumlarni yig'ish hamda 3. . . 5 sm uzunlikda maydalash. maydalangan massani yuklab pichan o’tagan joyga keltiradi va g'aramlanadi. Shundan so’ng esa isitilgan yoinki atmosfera havosi. bilan ventilyator yordamida quritilish tobiga etkaziladi.

Senaj tayyorlash texnologiyasi maydalangan pichan tayyorlash texnologiyasiga o’xshash, lekin bunda o’rib to’dalangan o’t namligi 50. 55% ga etganda, o’t massasi 20. . . 30 mni uzunlikda, dala rnaydalagichi (KSK -100) yordamida maydalaniladi va undan so’ng senaj uchun mo’ljallangan xandakga yoki minoralarga olib borib to’kiladi. Massa yaxshi zichlaniladi va havo o’tmasligi ta'minlanadi.

O’t uni tayyorlash. texnologiyasi quyidagi operasiyalardan iborat o’rish ezish, uyumlash, ag'darish va titish, uyumlarni to’dalash, maydalash, quritilgan o’t massasini maydalab yanchib o’t uniga yoki qayta ishlab (granula) shaklga keltiriladi. Bu texnologiya yordamida vitaminlarga boy ozuqa olinadi, lekin ko’p energiya sarf qilinadi.

Silos tayyorlash texnologiyasida ozuqa bop o’simiik o’rilib, bir yo’la maydalaniladi, ortilib siloslar uchun xandoqlarga olib borib to’kiladi. Bu massa yaxshi zichlanadi a undan so’ng poxol va tuproq'bilan ko’miladi.

4. Em-xashak tayyorlashda bir neeha turkum mashinaiar ishlatiladi: o’t-o’rgichlar (KS-2,1, KRN-2,1,- KDN-4, KTP-6), o’t o’rgich-ezgichlar (KPS-5 g, KPRN-Z.OA), xaskashlar (GP-14, GPP-6, GVK-b, GVR-6), pichanni yiglb-presslash mashinaiari (PS-1,6, PRP-1,6) va hakozolar. o’t unini tayyorlashda maxsus agregatlar (AVM-0,65, AVM-1.5R, OGM-0,85) ishlatiladi.

O't-o'rgichlarning asosiy ish organi- qirqish apparatlari hisoblanadi. Hozir amalda segment-barmoqli, barmoqsiz, rotasion

diskli va rotasion barabanli qirqish apparatlaridan foydalanib kelininoqda.

Segment barmoqli qirqish apparatini o’simliklarni qirqish jarayoni qaychida ishlash prinsipiga o’xshashdir. Bunda qirqish juftini segmenti pichoq va plastinka tashkil etadi (KS-2,1).

Ratorli qirqish apparatlari to’rtta diskli rotordan iborot bo’lib, ularga sharnirli qilib plastikasiion pichoqlar mahkamlangan. Rotorlar juft-juft bo’lib, bir-biriga tomon 40. . . 60 m/s aylanma tezlik bilan aylanadi. Pichoqlar zarb bilan o’simliklarga o’riladi va ularni kesadi. Bunday apparatlar yuqori hosildorli maydonlarda va yuqori tezlikda pichan o’rishda foydalaniladi (KRN-2,1).

Rotor - barabanli qirqish apparati ayianadigan gorizontal o’qli baraban bo’lib, ularga vint chiziq bo’ylab kengligi 65mm li bolka tipidigi 28 juft pichoqlar sharnirli mahkamiangan. Baraban katta tezlikda aylanib, o’tlar massasini zarb bilan kesib maydalab ketadi. Bu tipdagi qirqish apparatlari ko’k o’simliklarni o’radigan-mashinalarda (KIR-1,5) qo’llaniladi.

Xaskashlar. Pichanni uyumlarga tuplash uchun mujallangan xaskashlar ko’ndalang va g'ildirak barmoqli bo’ladi. Ko’ndalang xaskashlarining (GN-14) ish organlariga yoysimon purjinali simlar kiradi.

G’ildirak- barmoqli xaskashlar bir-biriga nisbatdan pog'ana tarzida va harakat yo’nalishga 45 gradus burchak ostida joylashgan barmoqli g'ildiraklardan iborat. Bu mashinada (GVU-6,0) o’rilgan o’tlarni sidirib uyumlash, o’rilgan maydondagi suSigan o’tlarni titish va qator uyumlarini ag'darishga mo’ljallangan.

Pichan yig'ish-presslash mashinalari. PS-1,6 presoyig'gichi pichan yoki poxol qator uyumlarini ko’tarib olib ularni 300 X 500X 800 mm o’lchamli to’rtburchak shakli toy qilib presslash bilan bir vaqtda sim yoki kanop ip bilan ikki joyidan bog'lashga mo’ljallangan. Uning asosiy ish organlari: yig'ish apparati, uzatish mexanizmidan iborat. Toylarning og'irligi 24. . . 36 kg, 1 soatlik ish unumi- 15 t.



Pichan yig'ish PK-1.6A mashinasi - qator uyumlardan pichanni olib yumaloq shaklli uyumlar hosil qilishga mo’ljallangan. Mashina qiya transportyor, yig'uvchi tuplagich, aylanadigan tubli silindrik uyumlagich, 2 ta pnevmatik g'ildirakli tayanchi va ramadan tashkil topgan. Ish drganni traktor QOVidan harakat oladi.

KSK-YuOA o’ziyurar ozuqa yigish kombayni qator uyumlarini yig'ishga yoki tabiiy va ekilgan o’tlarni o’rishga, makkajo’xori yoki boshqa selosbop ekinlarni o’rish bilan bir vaqtda ularni maydalashga va yonida kelayotgan transportga ortishga mo’ljallangan, U shassi, dvigitel, kabina, silos o’tkazgich, maydalovchi baraban, shnek podborshchik, qirquvchi apparat, motovilo, ezuvchi moslama va hokazolardan tashkil topgan. Mashina o’simlik poyasini 5... 100 mm uzunlikda maydalaydi, o’t o’rishda ish unumi bOt/soat, makkajo’xori o’rishda esa 120 t/ soat va ish tezligi 12km/soat ga teng.
Download 17,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish