topgan bitta kompyuter tizimi tushuniladi. Ikki xil turdagi ko‘p processorli
hisoblash tizimlar mavjud: umumiy xotirali va taqsimlangan xotirali.
2-savol
Kompyuterning parallel shinasi va uning tarkibi haqida chizmalar asosida
tushuntirishlar bering.
Javob
Parallel ishlov berish – umumiy vazifani alohida qismlarini bajarish uchun
ikki yoki undan ko’p protsessor bilan ishlashni usuli. Bunda ko’p protsessorlar
orasida bitta vazifani turli qismlarga bo’lish orqali dasturni ishga tushirish
vaqtini kamaytiradi.
3-savol
Butun va suriluvchi nuqtali sonlarni kompyuterda ifodalash qanday amalga
oshirilgan? Misollar bilan tushuntiring.
Javob
1. Kompyuterda sonlarni ifodalash - Kompyuterda sonlarni ikki xil shaklda
ifodalash mumkin:
1. Tabiiy shakl, yaʼni qo‘zg‘almas nuqtali shakl;
2. Normal shakl, yaʼni suzuvchi nuqtali shakl.
Qo‘zg‘almas nuqtali shaklda sonlarni butun qismini kasr qismidan ajratib
turgan nuqta (vergul) doimo joyida turadi. Masalan, 10-lik tizimida keltirilgan
sonni butun qismigacha 5-ta razryad, kasr qismiga esa 5 ta razryad ajratilgan
bo‘lsa, ushbu razryad setkasiga joylashgan sonlarni ko‘rinishi quyidagicha
bo‘ladi:
+00721,35500
+00000,00325
-10211,20260
Ushbu shakl eng oddiy va tabiiy, lekin sonlarni ifodalash diapazoni tor.
Shuning uchun ko‘pincha ushbu shakl hisob-kitoblarga to‘g‘ri kelmaydi.
Masalan, sonlarni ko‘paytirishda , ko‘pincha butun razryadlar to‘lib toshib
ketishi mumkin keyinchalik hisoblashlarni davom etishning maʼnosi
yo‘qoladi. Zamonaviy kompyuterlarda ushbu shakl faqat butun sonlarni qayta
ishlashda yordamchi shakl sifatida ishlatiladi. Kompyuterni xotirasida ushbu
shakldagi sonlar uch formatda saqlanishi mumkin:
1. Yarim so‘z – odatda 16 bit (ikkita bayt);
2. So‘z – 32 bit (4 bayt);
3. Ikkitalik so‘z – 64 bit (8 bayt).
Agar qo‘zg‘almas nuqtali son manfiy bo‘lsa, u razryad setkaga qo‘shimcha
kod ko‘rinishida yoziladi.
Suzuvchi nuqtali (vergulli) shaklda son ikki xil ko‘rinishdagi raqamlarda
ifodalanadi: mantissa va tartib guruhlar. Ushbu holda mantissani absolyut
qiymati 1-dan kam bo‘lib, tartibi esa butun son bo‘lishi kerak. Sonni umumiy
ko‘rinishi quyidagidek bo‘lishi kerak:
N=±M*P
±r
Bu yerda, M – sonni mantissasi (׀M׀<1);
r- sonni tartibi (butun son);
p- sanoq tizimini asosi.
Masalan,
yuqorida
keltirilgan
sonlar
normallashtirilgan
ko‘rinishda
quyidagidek yoziladilar:
+00721355*10
3
+325*10
-3
-102112026*10
5
Normal shakl berilgan sonni katta diapazonini taʼminlashi uchun u, zamonaviy
kompyuterlarda asosiy shakl sifatida qabul qilingan. Masalan, p=2, m=22 va
r=10 bo‘lsa, sonni diapazoni taxminan 10
-300
dan 10
300
gacha bo‘lishi mumkin.
Aytib o‘tish kerakki, suzuvchi vergulli sonlarni hammasi xotirada
normallashtirilgan ko‘rinishda saqlanadi. Demak, ikkilik sonlar uchun 0,5<
׀M׀<1 ifoda o‘rinli.
Komyuterlarni razryad setkasi ushbu shaklda yozilgan ikkilik son uchun
quyidagi tuzilishga ega:
- nolinchi razryad – bu sonni belgisi (0-musbat, 1-manfiy);
- 1 dan 7-razryadgacha to‘g‘ri ikkilik kodda tartib yoziladi, bo‘sh razryadlar
nol bilan to‘ldiriladi. Tartibga tegishli birinchi razryadda tartibni ishorasi
yoziladi;
8 dan 31 (yoki 63) gacha mantissa chapdan o‘ngga yoziladi va bo‘sh
razryadlar nol bilan to‘ldiriladi.
1>