HTML5 tuzuvchilari multimedia yo’nalishida ham yangi teglar yaratishdi va bu
teglarni
10. Veb rozetka API0
HTML5 Javascript API indeksi HTML5 spetsifikatsiya hujjatlaridan avtomatik
ravishda IDL bo’laklarini skanerlash orqali hosil bo’ladi.Indeks generatori IDL kodini
tahlil qiladi va uni mos keladigan sarlavhalarga bog’laydi , freymlardan foydalanib
qulay tarzda o’tish mumkin bo’lgan o’zaro bog’liqlik yaratadi.
API- bu atama bilan ozgina bo’lasa ham shug’ullangan odam uchun nimanidir
anglatadi. Lekin, hamma ham u nimani anglatishini va u nimaga kerakligini to’liq
tushunishmaydi. Dasturchi Pyoter Gazarov API haqida oddiy tilda o’zining blogida
gapirib berdi.
API abbereviaturasi “Application Programming Interface” so’zalrining bosh
harflariodan olingan bo’lib, dasturlarni dasturlash interfeysi yoki dasturlarni dasturiy
interfeysi deb tarjima qilinadi. Ko’plab katta kompaniyalar ma’lum
darajaga
yetishganda, o’z mijozlari yoki kompaniya ichida qo’llanilishi uchun , API yartishadi.
API’ni dastur yaratishda yoki biznesda qanday qo’llanilishi tushunish avvalo
“butunjahon o’rgimchak to’ri” qanday ishlashi bilan tanishib chiqish kerak bo’ladi.
Butunjahon o’rgimchak to’ri va uzoqdagi(boshqa joydagi ) serverlar
WWW’ ni bir biri bilan bog’langan, serverlarning katta tarmog’I sifatida tasavvur
qilish mumkin va ularda har bitta sahifa saqlanadi. Oddiy noutbukni tarmoqda butun
bir sayt ishlashini ta’minlaydigan serverga aylantirish ham mumkin. Lokal serverlar
esa, dasturchilarga ular sayt yaratishlari uchun vaqtincha server vazifasini bajarish
mumkin. Brauzerning manzil qatorida
www.facebook.com
yozilganda , boshqa
joydagi facebook serveriga kerakli so’rov yuboriladi. Brauzer serverdan javob ilishi
bilanoq u kodni interpretatsiya qiladi(“chizadi”) va foydalanuvchiga sahifani
ko’rsatadi.
Foydalanuvchi har gal tarmoqdagi qaysidir sahiufaga
tashrif buyurganda u boshqa
joydagi server API’ si bilan bog’langan. API – serverning asopsiy qismi bo’lib, u
so’rovlar qabul qiladi va ularga javoblar qaytaradi.
API-mijozlarga xizmat ko’rsatish usuli
Ko’plab kompaniyalari API’ni tayyor mahsulot sifatida taqdim etishadi. Masalan ,
Weather Underground metereologik ma’lumotlar olish uchun API sotadi.
Google Kalerndarning Api’sini tarmoqdagi boshqa serverlarning API’sidan qanday
farqi bor?
Bu savolga texnik yondashadigan bo’lsak, so’rov va javobning formatida. Brauzer
butrun web sahifani generatsiya qilish uchun javobni HTML ifodalash tilida kutadi.
Google Kalendarning API’si esa ma’lumotlarni JSON formatida qaytaradi.
Agar API’ga so’rovni kompaniyasi veb sayti server yuborsa , kompaniya server mijoz
bo’ladi (xuddi foydalanuvchi saytni tashrif buyurganda brauzer mijoz bo’lgani kabi).
API yordamida foydalanuvchi saytni tark etmagan holda har xil harakatlar qilish
imkoniga ega bo’ladi. Hozirda saytlar aksariyat hollarda bir nechta API xizmatlaridan
foydaalanishadi. Ko’plab topshiriqlar tayyor yechimlarga ega bo’lib , bu holda ular
dasturchilarga kutubxonalar yoki boshqa xizmatlar taklif qilishadi. Va albatta umuman
olib qaraganda aynan shunaqa tayyor yechimlaridan foydalanish eng to’g’ri yo’l
hisoblanadi.
Ko’plab dasturchilar dastur yaratrish jarayonida dastur yaratish dastur qismlarini bir
nechta serverlarga bo’lib yuboradilar. Bu qismlar o’zaro API yordamida ma’lumot
almnashadilar. Bosh serverga qo’shimcha yoki yordamchi
ffunksiyalar taqdim
etadigan dasturlar- mikroxizmatlar (microservices) deb ataladi.
Shunday qilib , kompaniya o’z foydalanuvchilariga API taqdim etishi- kompaniya bir
qancha maxsus URL yaratgan , ular esa o’z navbatida faqat ma’lumot qaytarishi
demakdir.
Ko’p hollarda bunday so’rovlarni brauzer yordamida yuborish mumkin. HTTP
protocol orqali ma’lumot almashish matn ko’rinishida bo’lganligi sababli , brauzerlar
API qaytargan javobni bemalol ko’rsata olishadi. Masalan, brauzer yordamida
to’g’ridan to’g’ri GitHub API’ga ulanish mumkin va bunda quyidagi JSON
formatidagi javobni olish mumkin:
Brauzer hech qanday qiyinchilik va muammosiz JSON javobni namoyish eta oladi.
Bunday matndan hech qanday qiyinchiliksiz keyinchalik qo’llash uchun istalgan
ma’lumotni ajratib olish mumkin.
API’larga yana bir nechgta misol
“application” (dastur, ilova) so’zi bir qancha hollarda qo’llanilishi mumkin. API
holatida u:
•
Dasturiy ta’minotning oldindan aniqlab olingan
funksiyasiga javob beruvchi
qismi;
•
Butun bir server, butun bir dastur yoki dasturni alohida bir qismi.
Umuman olganda , har qanday dasturiy ta’minotning fragmentini umumiy to’plamdan
ajratib olish mumkin va uni ingliz abbreviaturasidagi “A” harvi bilan almoshtirish
mumkin. Va u ham qaysidir ma’noda API’ga ega bo’lishi mumkin. Masalan dasturchi
biron bir kodni o’z dasturiga tadbiq qilishi uchun boshqa dasturchilar tomonidan
yaratilgan kutubxonadan foydalanishi mumkin. Va bu kutubxona dasturchi dasturining
bir qismi bo’lib qoladi. Bunda u dasturiy ta’minotning mustaqil fragmenti bo’ladi va
dasturning boshqa joylaridan kodda unga murojaat qilish uchun o’z API’siga ega
bo’ladi.
Obyektga yo’naltirilgan loyihalashda kod mustaqil obyektlar ko’rinishida bo’ladi.
Dasturda bir biri bilan muloqotda bo’ladigan bunday obyektlar soni yuzdan oshiq
bo’lishi mumkin. Va bunda ularning har birida o’zining API’si bo’ladi. Demak bu
holda API dasturdagi obyektlarning ochiq metod va xossalari bo’lib, ular yordamida
obyektlar o’zaro muloqotda bo’lishadi. Bundan tashqari obyektlar shaxsiy , ichki
logikaga ega bo’lishi va bu logikalar yashirilgan bo’lishi mumkin. Lekin ular API bo’la
olmaydi.
XULOSA:
Men bu mustaqil ishni tayyorlash jarayonida HTML5, JavaScript, API
dasturlash
tillari bilan tanishdim va ular haqida bilim va ko’nikmaga ega bo’ldim.
Adabiyotlar:
Merser,Devid. Schaums HTMLning oson tuzilishi. NYC:McGraw Hill Professional,
2003. Chop etish
Pauell. HTML vaCSS:to’liq ma’lumotnoma(5-nashr). Dehli: Tata MakGrou-Xill
ta’limi,2010
Kastro,Yelizaveta. Umumjahon internet uchun HTML. Berkli , Kaliforniya: Peachpit,
2003
1. JQUERY UI da formalar bilan ishlash, validatsiya
usullari, amaliy ko’rsatmalar.
2. HTML5da JavaScript API lardan foydalanish.: HTML
Geolocation, HTML Drag va Drop. Amaliy ko’rsatmalar.
3. JavaScript tilida hodisalar yordamida sahifa yaratish.
4. JavaScriptda foydlanuvchi bilan muloqot tashkil etuvchi
sahifa yaratish.