Elmuradov B. E. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari



Download 8,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/107
Sana16.03.2022
Hajmi8,42 Mb.
#497303
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   107
Bog'liq
fayl 2004 20211006

 
 
 
 


121 
6.2. 3D Studio MAX dasturi haqida tushuncha 
 
3D Studio Max uch o’lchovli modellashtirish va ko’rgazmali namoyish 
qilishning (vizualizasiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida
yuqori sifatli animatsiya va uch o’lchovli modellarni qisqa vaqtning ichida 
professional darajada yaratish mumkin. Bunda siz ikki o’lchovli va uch o’lchovli 
ob’yektlarni qo’llashingiz mumkin.
Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikatsion filmlar, ma’lum fanlar bo’yicha 
ko’rgazmali dasturlar tuzish mumkin. 
3D Studio Maxda ob’yektlarni qurish maydonida (viewport) yaratasiz. 
Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga 
keltirganingizda kursor shakli o’zgaradi. Sichqoncha yordamida ob’yektning
o’lchovlarini berasiz. 
Yaratilgan ob’yektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va 
yoritgich asboblarini qo’llashingiz mumkin. 
Ob’yekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya’ni unga masalan shaffof 
yoki g’adir-budir sirt berishingiz mumkin bo’ladi. 
Qurish maydonida yaratilgan ob’yektlarni harakatlantirib, kichik animatsiya 
hosil qilish mumkin. Buning uchun {Animatsiya} tugmasini bosib, kadrlarni 
o’zgartirgan holda ob’yektni harakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So’ngra 
animatsiya panelidan {
Play
} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, 
animatsiya hosil bo’ladi. Bu yaratilgan animatsiyani fayl ko’rinishida kompyuter 
xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o’qiy oladigan dastur yordamida 
o’qishimiz mumkin. Fayl 
*.
avi kengaytmali formatda saqlanadi.
1.
Autodesk 3D Studio Max
-ancha keng tarqalgan, shuningdek, grafik 
paketni o’zlashtirish nisbatan oson. Qo’shiladigan modul VRay real 
ob’yektlar va interyerlarni yaratish imkonini beradi. 
2. 
Autodesk Maya
-boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda bir qator 
afzalliklarga ega bo’lgan jiddiy grafik paket hisoblanadi. Unga quyidagilar: 


122 
subdiv primitives yordamida modellashtirish, materiallar bilan qulay ishlash, 
modellashtirilgan 
ob’yektga turli effektlarni chizish imkoniyati, 
animatsiyalarning rivojlangan tizimi va boshqalar tegishli bo’ladi. Realistik 
interyerlar, personajlar, shuningdek, kinofilmlar va kompyuter o’yinlari 
sanoatida vizual effektlar yaratishda keng ishlatiladi. 
3. 
Maxon Cinema 4D
-qulay interfeysga ega bo’lgan nemis grafik paketi. Tezkor 
xotiraning kichik yuklanishida murakkab sahna uchun soyalarni hisoblash bo’yicha 
o’zining noyob algoritmiga ega. Modul Body Paint 3D modelni bevosita 
ko’rinadigan 
ekranga 
bo’yash 
imkonini 
beradi. 
4. 
NewTek LightWave 3D
-juda ham qulay animatsion asboblar va yuqori sifatli 
renderingga ega bo’lgan grafik paket. Televizion formatda uch o’lchovli grafika 
yaratish uchun qulay. 
Mukammal dasturlardan tashqari, amaliy paketlar deb ataluvchi dasturlar 
ham mavjud. Ular tor ixtisosli funksiyalarni yaratishga yo’naltirilgan bo’lib, 
yuqorida keltirilgan muharrirlardan birida mukammal sahnani yaratishga yordam 
beradi. Masalan, Curios Labs Poser dasturi allaqachon tayyorlangan personajlar 
bilan ishlashga va boshqa grafik muharrirga import qilishga yo’naltirilgan. DAZ 
Bryce - virtual tabiiy landshaftlarni yaratishga mo’ljallangan grafik paket. Tajribali 
foydalanuvchi o’zining loyihasini yaratish uchun ko’p hollarda bir qancha uch 
o’lchovli modellashtirish dasturlaridan foydalanadi. Xususan, ZBrush dasturi juda 
qulay hisoblanadi. Ushbu dastur grafik planshetlardan foydalanib, ob’yektlarga 
turli xil cho’tkalar bilan chizish orqali ularni modellashtirish imkonini beradi. 
Personaj modelini uch o’lchovli modellashtirish dasturlaridan birida yaratib, 
so’ngra ZBrush dasturiga import qilish va ishni oxirigi yetkazish (ajinlar, 
burushgan joylarni qo’shish va boshqalarni amalga oshirish) mumkin. 

Download 8,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish