Elmuradov B. E. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari


 Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilish tarixi



Download 8,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/107
Sana16.03.2022
Hajmi8,42 Mb.
#497303
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   107
Bog'liq
fayl 2004 20211006

5.2. Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilish tarixi 
Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilgan sanasi birorta kalendarda qayd 
etilmagan. Biz ishlatadigan Adobe Photoshop dasturining 2005-yilda bir yilligi 
nishonlandi. Bundan 17 yil oldin, fevral oyida, «Adobe» kompaniyasi, Rassomlar, 
fotograflar, dizaynerlar orasida hozirgacha mashhur bo'lgan «Photoshop — 1.0» 
muallifini e'lon qildi. Photoshop dasturi bugungi kunda, «kompyuter grafikasi» 
sohasi bo'yicha eng oldingi o'rinda turibdi va mustaqil dastur bo'lib ajraldi. Biz 
foydalanayotgan Adobe Photoshop dasturining boshlanishi ancha ilgari bo'lgan. 
Hozir 41 ta muallifi e'lon qilingan dasturni aslida aka-uka Jon Noll va Tomas 
Nollar boshlab bergan. 
Ularning otasi fotograf bo'lib, ular yerto'lada joylashgan fotolabaratoriyada otasiga 
yordam berar edilar. Tomas nur va rang kontrastini o'rgandi. Jonn esa eski «Apple» 
da ishlashga qiziqardi. 1984-yilda Aka-uka Nollarga otasi dastlabki Macintosh olib 
berdi. Uning imkoniyatlarining ko'pligi shu dasturni tuzishga sabab bo'ldi
.
Faqatgina bitta kompaniya Photoshopni sotib olishga kuchi yetar edi. Bu 
kompaniya hozirda bizga mashhur bo’lgan „Adobe“ kompaniyasi edi.
Kelishuvlar asosida va Adobe ning qarorlari natijasida 1990-yil, fevral oyida 
Adobe Photshop 1.0 rasmiy versiya sifatida chiqdi. 


86 
So’zsiz 1-versiyaning chiqishi, ko'p xatolarga qaramasdan muvaffaqiyatli 
bo’ldi. Adobe kompaniyasi Photoshopning hammabopligini isbotlab berdi, lekin u 
o’sha vaqtda maxsus dastur tuzuvchilar uchun ishlab chiqilgan edi. 
«Adobe PhotoShop» dasturi tasvirlarni tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlarga 
qo’shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog’larni o’chirish va eski rasmlarni qayta 
ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo’shimcha maxsus effektlar bilan 
boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o’tish, suratdagi 
ranglarni o’zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe PhotoShop imkoniyatlari keng 
qamrovli bo’lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta 
qulayliklar yaratadi.
«Adobe 
PhotoShop», ayniqsa jurlanistlarning, rassomlarning ijodiy 
imkoniyatlarini to’la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita 
matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo’lgan shaxslarning mazkur dastur bilan 
ishlashni bilishi ular uchun qo’shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi.
 
Vektorli grafika.
Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi chiziq hisoblanadi. 
Chiziq to’g’ri yoki egri chiziq bo’lishi mumkin. Rastrli grafikada bunday chiziqlar 
nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa, vektorli grafikada esa tasvirlar yaratishda 


87 
nuqtaga nisbatan umumiyroq bo’lgan chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga 
tasvirlar aniqroq bo’ladi. 
Rastrli grafikaning afzallik tomoni tasvirning xotirada kamroq joy olishidir, 
chunki bu holda xotirada joy chiziq o’lchoviga bog’liq bo’lmaydi. Buning sababi 
chiziq formula yordamida yoki o’lchamlar yordamida berilishidir. Vektor grafikaning 
ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil 
qilinadi. Ko’pincha vektorli grafikani ob’yektga mo’ljallangan grafika deyish 
mumkin. Chunki bunda, masalan, uchburchak hosil qilish uchun 3 ta chiziq 
(kesma)dan foydalanilsa, prizma hosil qilish uchun uni uchburchakdan foydalanibgina 
qilish mumkin. Vektorli grafikani hisoblanadigan grafika deb ham atashadi. Chunki 
tasvirni (ob’yektni) ekranga chiqarishdan avval uning koordinatalari hisoblanadi va 
mos nuqtalar hosil qilinadi.
Vektorli grafika asosan illyustratsiyalar yaratish uchun yo’naltirilgan. Vektorli 
grafika reklama agentliklarida, loyihalash byurolarida, nashriyotlarda va boshqa 
joylarda keng qo’llaniladi.
Vektorli grafika bilan ishlaydigan dasturlarga misol sifatida Adobe Illustrator, 
Makromedia Reehand va Corel Drawlarni keltirish mumkin.
Corel Draw - vektorli grafikaning Windows operatsion sistemasida ishlaydigan 
tahrir qiluvchi dasturidir. Uning yordamida turli grafik ko’rinishlarni loyihalash, foto, 
matn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa badiiy ko’rinishdagi kompozitsiyalarni tahrir 
qilish bilan bog’liq amallarni bajarish mumkin.
Fraktal grafik

bu matematik tenglamalar yordamida tashkil etiladigan tasvirdir. 
Eng sodda fraktal ob’ekt sifatida qor uchqunlarini, yoki paporotnik bargini 
keltirish mumkin. Shuning uchun ham fraktal ob’ekt chizish yoki bezash asosida 
emas, balki programmalashtirish asosida hosil bo’ladi. Kompyuterda tashkil 
qilingan turli o’yinlarda ham fraktal grafikadan foydalaniladi. Fraktal grafikasi 
kompyuter xotirasida saqlanib turmaydi. Har bir tasvir tenglama yoki tenglamalar 
sistemasi asosida quriladi. Fraktal grafikadagi tenglamaning biror koeffitsientini 
o’zgartirish orqali butunlay boshqa tasvirni hosil qilish mumkin. 


88 
Sanab o’tilgan kompyuter grafikasi turlarini tashkil qilish va ularni 
boshqarish uchun bir qator dasturlar ishlab chiqilgan.
Kompyuter grafikasi dasturlarida ishlashda talabalarni grafika bilan 
ishlashga qiziqtirish lozim. Mustaqil ish sifatida alohida, xar bir talabaga 
topshiriqlar ya’ni hisob-grafik ishlar tayorlash lozim. Amaliy mashg’ulotda 
talabalar o’z varianti asosida turli grafikalar yaratishi lozim. Ma’ruza 
mashg’ulotida odatda barcha asosiy tushunchalar, umumiy ma’lumotlar beriladi. 
Xulosa qilib aytganda, «Kompyuter grafikasining o’qitish uslubiyati» mavzusi 
juda qiziqarli mavzulardan biri va talabalar katta qiziqish bilan dasturning 
imkoniyatlarini 
o’rganadilar. 
Bunda 
yangi 
pedagogik 
texnologiyalardan 
foydalanish darsning samaradorligini oshiradi. 
Endi yuqorida keltirib o’tilgan rastrli grafika, vektorli grafika va fraktali 
grafika dasturlariga yaqin Adobe Photoshop,CorelDraw va Auto CAD dasturlari 
haqida batafsil to’xtalib o’tamiz. 

Download 8,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish