Elmuradov B. E. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari


Tarmoqni tashkil etishda kabellarni ahamiyati



Download 8,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/107
Sana16.03.2022
Hajmi8,42 Mb.
#497303
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   107
Bog'liq
fayl 2004 20211006

Tarmoqni tashkil etishda kabellarni ahamiyati. 
Bog’lash uchun qo’llaniladigan kabellar axborotlarni uzatish va qabul qilish
muhiti deb yuritiladi.
Kabellar asosan uchga bo’linadi: 
1. Koaksial kabellar (coaxial cable),
ular televizion antennaga juda o’xshash 
bo’lib,o’tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda 
foydalaniladi. 
Koaksial sim. Bunday sim turt qatlamdan tashkil topgan buladi: uning eng
birinchi ichki qatlami metall simdan iborat bo’lib ichki o’tkazgich deb ataladi. 
Ikkinchi qismi izolyatsiya bilan o’ralgan bo’lib,to’liq polietilendan iborat bo’ladi. 
Uchunchi qatlami ekranni o’rovchi mayda o’ramli simlardan tashkil topgan 
qismdan iborat bo’ladi. Ekran egiluvchan uki, ichki sim egiluvchanlik o’qi bilan 
ketma-ket tushadi. Shuning uchun ham koaksial sim deyiladi. To’rtinchi 


205 
polietilendan tashkil topgan tashqi qobiq bilan o’ralgan bo’ladi. U uchta qatlamni 
qoplaydi. 
Keyingi paytda keng rivojlangan kabel televideniesida ishlatiladigan simlar 
koaksial simlaridir. Kabel televideniesi yordamida bir qancha kanallar orqali 
ko’rsatuvlar berilishining sababi ham koaksial simlar orqali bir paytda bir qancha 
turli signallarni uzatish imkoniyati borligidandir. Bunda har bir signal turiga 
bittadan kanal mos keladi. Har bir kanal o’z chastotasida ishlaydi, shuning uchun 
ular oraliqda bir-biridan mustaqil hisoblanadi. 
Koaksial simning asosiy afzalligi, uning katta kenglikda ishchi 
chastotalariga ega bo’lganligi tufayli katta hajmdagi ma’lumotlar oqimini yuqori 
tezlikda uzatishi mumkinligidadir. Bu imkoniyat yuqori tezlik bilan ishlaydigan 
lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish imkoniyatini beradi. 
Koaksial simlarning ikkinchi afzalligi ularning turli tashqi qarshiliklarga 
chidamliligi va nisbatan uzoq masofalarga ma’lumotlarni (signal shaklidagi) 
uzatishi mumkinligidadir. 
Koaksial simlari uchun qabul qilingan andozalar mavjud bo’lib, u Internet 
kompyuter tarmog’i uchun Internet yug’on simi (taxminan qo’lning katta barmogi 
yug’onligida) deb ham yuritiladi. Bundan tashqari, yug’onligi taxminan kichik 
barmoq yug’onligida bo’lgan, hozirda keng tarqalgan Cheapernet yoki Thinnet 
simlari mavjud. Yug’on va ingichkaroq koaksial simlar albatta o’z xususiyatlariga 
ega: yug’on simlar ingichkaga nisbatan uzokroq masofaga ma’lumotlarni uzatadi 
va tashqi qarshilikka chidamliroqdir. 
Yuqorida aytganimizdek, afsuski, bu simlarni tug’ridan-tug’ri kompyuterga 
ulab bo’lmaydi. Buning uchun qo’shimcha boglovchi sifatida BNC 
boglovchisidan foydalaniladi. 
Koaksial simining asosiy xususiyati uning universalligidir, ya’ni uning 
yordamida deyarli barcha turdagi: tovush, video va hokazo signallarni uzatish 
mumkin. 


206 
2

Juftli o’ram kabellari
(tvisted pair - vitaya para) telefon simini eslatadi. 
O’tkazish tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni xosil qilishda 
foydalaniladi. 
Lokal kompyuter tarmoqlari ingichka (Ethernet) koaksial sim yoki vitaya 
para bazasida quriladi. Odatda bunday koaksial simlar yordamida tashkil qilingan 
tarmoq umumiy shina (sim) orqali birlashtiriladi. Bu esa ma’lum noqulayliklarga 
olib keladi. Masalan, koaksial simning biror joyida uzilish bo’lsa, tarmoq 
kompyuterlari ishlamay qoladi. Sim uzilgan joyni topish masalasi esa amrimaxol 
bo’lib qoladi. Shuning uchun hozirda lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish 
strukturalash prinsipiga asoslanadi. Bunda har bir struktura aloxida «vitaya para» 
simlari bilan ulangan bir necha kompyuterlar tarmoq adapteri (moslovchisi) orqali 
kompyuter bilan bog’langan shaklda tuziladi. Bunda har bir struktura aloxida 
«vitaya para» simlari bilan bir necha kompyuterlarning tarmoq adapterlari orqali 
kompyuterlarga ulangan holda bo’ladi. Tarmoqni kengaytirish uchun unga yangi 
shunday struktura qo’shiladi xolos. «Vitaya para» prinsipida tarmoq tuzishda 
qo’shimcha joylar (yangi kompyuterlar olinganda) tashkil qilish uchun qo’shimcha 
simlar tortiladi. Natijada yangi foydalanuvchini tarmoqqa qo’shish bir yoki bir 
necha panellarda kommutasiyani o’zgartirishga olib keladi xolos.
1
. Optik tolali kabel (fider-optic cable).
Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda 
qimmat kabel turi. Oralig’i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo’llaniladi. 
O’tkazish tezligi: 2 Gbit/sek. 


207 
Optik-tolali simlar. Optik-tolali deyilishiga sabab, yorug’lik quvvatidan 
tolalar orqali boshqa energiya turiga aylantirilishidir. Bunday simlarning diametri 
bir necha mikron bo’ladi. Ular kattiq qatlam bilan, tashqaridan esa himoyaviy 
qoplam bilan qoplangan ko’rinishda bo’ladi. Birinchi optik-tola simlar shisha 
materialidan tayyorlangan edi. Hozir esa uning o’rniga plastik tolalar ishlatiladi. 
Optik-tolali simlarning afzalliklari: har qanday tashqi karshiliklarga 
chidamliligi, ma’lumotlarni uzoq masofalarga o’zgartirishsiz va tez uzatilishi 
(avvalgilariga nisbatan hatto 10 barobar tez). Uning kamchiligi LKT (lokal 
kompyuter tarmog’i)ni hosil qilishda simlarni ulashning nisbatan qiyinligi, ularga 
xizmat ko’rsatishning qimmatligi va qiyinligidadir. Bundan tashqari, optik-tola 
simlarining keng tarqalmaganligiga sabab, yetarlicha tajribaga ega bo’lgan 
mutaxassislarning yuqligi ham deyish mumkin. 
Shu bilan birga optik tolalarni boshqa vositalar bilan birlashtirib ishlatish 
maqsadida andozalar ishlab chiqilgan. Bular FDDI (Fiber Distributed Data 
Interface - ma’lumotlarni tarqatishning optik-tola interfeysi), FOSTAR IEEE 
(Institute of Electrical and Elektronics Enginers-elektrotexnika va radioelektronika 
injenerlari instituti), VGA - Video Graphics Array - videografikli massiv. Bular 
Eternet tarmog’i optik-tola variantini taklif qilib amalga oshirganlar. 
Biz yuqorida aytganimizdek koaksial va optik-tola simlarni IBM 
kompyuterlariga tug’ridan-tug’ri ulash qiyin. Lekin bu masalani hal qilish uchun 
birlashtiruvchiga ega bo’lgan tayyor simlardan foydalanilsa, maqsadga muvofiq 
bo’ladi.Optik-tola simlar magistral (tez ishlaydigan) kanallarda ma’lumotlarni 
yuqori ishonch bilan uzatilishini ta’minlash talab qilinadigan hollarda qo’llaniladi. 
Bu usuldan foydalanish ancha qimmatroq hisoblanadi. Lekin undan foydalanish 
ko’p afzalliklarga ega va katta hajmdagi ma’lumotlar katta tezlik bilan uzatiladi. 
Uzining ekspluatasion parametri tufayli, ko’p hollarda undan foydalanish o’zini 
oqlaydi. Respublikamizda bu borada amaliy loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Download 8,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish