Ellin san’ati deganda Yunoniston va Egey arxipelagi orollari, Kichik Osiyo, Rodos, Suriya va Misr ya’ni, san’atiga yunon an’analari ta’sir o’tkazgan viloyatlar va davlatlarning san’ati tushuniladi. Ushbu hududlarning san’ati umumiy xususiyatlar bilan birga bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Bu o’ziga xoslik har bir davlatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyoti va mahalliy badiiy an’analarning ahamiyati bilan izohlanadi. Klassik davrning ijtimoiy va badiiy an’analari saqlanib qolgan. Yunonistonda san’atning klassik namunalar bilan yaqin aloqasini belgilab bergan. Bu aloqadorlik Rodos va Pergamning badiiy yodgorliklarida ayniqsa yaqolroq ko’zga tashlangan. Ellinistik Misr san’atida esa yunon san’atining mahalliy badiiy an’analar bilan qo’shilib ketishini kuzatish mumkin.

Ayrim mahalliy badiiy maktablarning shaklanish jarayoni ular o’rtasidagi yaqin madaniy aloqalar zaminida yuz berdi. Umuman olganda ellinizm san’ati ikki asosiy bosqichga bo’linadi. Miloddan avvalgi IV asrning oxiridan, miloddan avvalgi II boshlarigacha bo’lgan davr ellin san`atining ilk davri hisoblanib bu davrda u o’zining taraqiyotining eng yuqori nuqtasiga erishdi. Quldorlik jamiyati va uning madaniyatining inqirozi davri bo’lgan milodan avvalgi II-I asrlar ellin san’atining so’ngi davri hisoblanadi51 . Ellin me’morchiligi yangi poytaxtlar, savdo, ma’muriy va harbiy strategik markazlar vujudga kelgan miloddan avvalgi IV va III asrlarda keskin yuksalish davrini blshidan o’tkazdi. Ellin dunyosini inqiroz qamrab olagan keyingi asrlarda qurilishi faoliyatining ko’lami pasayib bordi