31
So‗z san‘ati inson nutqiga fayz berib, uning ta‘sir kuchini oshiradi. Bu haqda O‗rta
Osiyoning mutafakkiri Abu Nasr Farobiy (873-950) o‗zining ilmiy ishlarida ovoz,
nutqning
tarbiyaviy roliga alohida ahamiyat berib, ifodali o‗qish zo‗r san‘at ekanligini aytadi. She‘rlarni
ifodali o‗qishdan oldin barmoq vaznidagi she‘rlarning tuzilishi va o‗qilishiga e‘tibor qaratiladi.
Barmoq sistemasiga xos she‘rlar cho‗ziq va qisqa bo‗o‗inlarga ajratilmaydi. Balki hijolar miqdoriga
asoslanadi. Bunday she‘rlarning misralaridagi hijolar soni bir xilda tekis takrorlanib keladi.
Ikkinchi topshiriq:
«Nazm daqiqasi»ning birinchi bosqichi ifodali o‗qish bo‗lib, unda
magnit lentasidan she‘rlar o‗qiladi. O‗quvchilar she‘rlarning o‗qilish texnikasiga e‘tibor
qaratishadi. Va birgalikda she‘rlarni o‗qishadi, yod olishadi. Qalamda she‘rlarning turoqlarini
belgilab turishadi:
Ter=lar oq=di/ suv bo‗=lib bir=dan 4+5=9
Va gur=sil=lab/ yi=qil=di te=rak. 4+5=9
A=ka biz=ning/ qil=mi=shi=miz=dan 4+5=9
Tun=da qush=lar/ yio‗=la=sa ke=rak. 4+5=9
Uchinchi topshiriq:
«Nazm daqiqasi»ning ikkinchi bosqichi ongli o‗qishda o‗quvchilar
she‘r mazmuniga e‘tibor qaratishadi. She‘riy misralarni matnga aylantiradilar. Og‗zaki tushungan-
larini gapirib beradilar. Ular xulosa chiqarishlaridan oldin o‗qituvchi
kodoskopdan kitoblardan
olingan parchalarni qiroat bilan o‗qiydi. «Men tuo‗ilgan yili quloqlashtirish davri boshlanib,
otamni surgun qilinadigan odamlar safiga qo‗shib qo‗yishdi. Quloqlarni etap qilish punkti to‗s-
to‗polon, odamlar dod-faryod ko‗targan, qarindosh–urug‗, yoru birodarlar xayrlashmoqda. 1931-
yilning jazirama avgust oyida otam Karimjon amin,
buvim Zebuniso, onam Xosiyatxon hamda
uchta akam, bitta opam va men – jami 8 kishini uyimizdan haydab,
kechasi qizil vagonga xuddi
mollarday birin-ketin tiqishdi. Erkak, xotin, bolalar aralash bo‗lgan bu vagonda hech qanday
sharoit yo‗q edi. Qanchalar dahshat! Ammo rus bolsheviklari uchun bular odam emas, «sinfiy
dushman» bo‗lib ularning mol-qo‗ychalik ham qadr-qimmati yo‗q edi» (Ibrohim Karimov.
«Begona» xotiranomasi).
«O‗sha yillari xalq orasida Sho‗roga haqsizlik degan gap paydo bo‗ldi. Haqsizlikka duchor
bo‗lganlar kimlar edi? Eski kitob o‗qigan
mulla odamlar, yana tuzukroq hovli-joyi bor kishilar.
Xususiy mulk bahonasi bilan ularning mol-dunyosi musodara qilina boshlandi. Boshqalarga berildi.
Xo‗sh, yetti-sakkiz bolasini chirqi-ratib kim o‗z qo‗shnisining, mahalladoshining uy-joyini o‗zlash-
tiradi? Vijdoni bor odamlar bunday qilmaydi. Lekin shu ishni qilganlar ham ko‗p bo‗ldi. Birovning
haqqidan, ko‗z yoshidan qo‗rqmaganlar ham bo‗ldi».
Parchalar o‗qib eshittirilgach, ularga quyidagi savollarni berib murojaat qilish bilan bahs –
munozara bosqichiga kirish mumkin: 1. Keltirilgan parchalar sizda qanday taassurot uyg‗otdi va
shoirning «Qushlar ham yio‗lar» she‘riga aloqadorligi bormi?
2. She‘rdagi qushlar timsoli o‗rnida uy-joysiz qolgan bolalarni tasavvur qilib ko‗rdingizmi?
3. Mustabid davrning anna shunday og‗ir kunlarida hayot kechirgan insonlar haqidagi
o‗ylaringiz.
4. Muhammad Yusufning she‘rlariga
munosabatingiz, kabi... savollarga o‗quvchilar o‗z
mulohazalarini bildiradilar. So‗nggi savolga ular shoir ijodiga katta qiziqish bilan qarashganini,
she‘rlarni hayajon bilan o‗qishganini, shoir she‘rga solgan muammolar oldida ma‘suliyatni his
qilganlarini bayon etishadi.
Darsimizning shioridan ko‗rinib turibdiki, shoir o‗z yuragi bilan tez-tez suhbat quradi.
Yuragining kulmasligi yurtining o‗amnok, dardli ekanligidan xabar beradi.
Shoirlar qachonki, o‗z
yurtlarini tinch, farovonligini, hazrati insonlarini ko‗rsagina shodlanishlarini ta‘kidlaydi.
Uyga vazifa qilib she‘rlarni yodlash, matnning namunali ijrosini tinglash va o‗z ijrosini
magnit tasmasiga yozib olish beriladi. «Men sevgan shoir», «Qushlar bizning do‗stimiz» mavzu-
larida kichik matn yaratish topshiriq qilib beriladi.
Xulosa
qilib shuni aytish mumkinki, ijodiy izlanish darslari iqtidorli va ijodkor, chinakam
fanimiz ixlosmandlari bo‗lgan bolalarni kashf qiladi.
Ayni vaqtda ularga ota-ona, hayot, mehnat,
hunar, odamiylikni ulug‗lash, tabiat va hayvonot dunyosini e‘zozlash, do‗stlik va birodarlikni
qadrlashni o‗rgatadi.