Namangan davlat universiteti
Jismoniy madanyat fakulteti
Jismoniy madaniyat yo’nalishi
Jismoniy madaniyat JSM-GR-21 -guruhi talabalari
2022-yil 10-mart kuni o'tkazilgan “Mustaqillik darsi”
BAYONNOMASI № 25
MAVZU: “ELGA XIZMAT – OLIY HIMMAT”
(Saxiylik)
Bugungi kunda mamlakatimizda aholining turli qatlamlariga yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, jismoniy salohiyatini inobatga olgan holda amaliy yordam ko‘rsatish tizimi joriy qilinishi, tibbiy, huquqiy, axborot, madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy kabi sohalarda keng namoyon bo‘lmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlardan biri «Ijtimoiy sohani rivojlantirish» qilib belgilangan. Mazkur vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish ijtimoiy xizmat tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
Insoniyatning o‘tmishida ijtimoiy ish yoki xizmat deb ataluvchi muayyan tizim bo‘lmagan bo‘lsada, biroq, bu faoliyatning elementlari qadimdan mavjud bo‘lgan. Qadimgi Misr ibodatxonalarida ochlarga tekin non va boshqa oziq-ovqat turlarini, qadimgi Yunoniston va Rimda amal qilgan filantropik harakatlar, ya’ni kambag‘allashgan aholi qatlamlariga non, kiyim – kechak hamda pul tarqatilishi, Qadimgi Xitoyda hamdard bo‘lish va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni kuzatish mumkin.
Amir Temur davrida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish davlat darajasida amal qilgan bo‘lib «Faqiru miskin, biron kasb qilishga ojiz shol-ko‘rlarga nafaqa belgilangan». Tarixiy manbalarda Amir Temur tomonidan «turlik-turlik xayru ehsonlar qilinib, sinf-sinf sadaqalar mustahiklarga yetkazilib, faqir va miskinlarga bisyor obu osh bergan»ligi keltirilgan. Shu tarzdagi faoliyatning natijasida, ijtimoiy xizmat tizimi ma’lum vaqt o‘tishi bilan jamiyat ijtimoiy taraqqiyotida muhim hisoblangan alohida mustaqil sohaga aylanadi.
Mutafakkir adib Alisher Navoiy saxovat va himmatni insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, u daraxtning foydali mevasi deb ataydi. U bunda mutlaqo mubolag‘a qilmaydi. Darhaqiqat, insonlar o‘rtasidagi munosabatlarda saxovatlilik, himmatlilik singari oliyjanob xislatlar yo‘qolgan kuni bu hayot daraxti qaqrab qurimog‘i turgan gap. Navoiy oliyhimmat kishilarni balandparvoz lochinga, behimmat kimsalarni esa sichqon ovlovchi kalxatga o‘xshatishi bejiz emas. Bunga qo‘shimcha, chinakam saxovatli va himmatli kishilarga minnat degan qusur mutlaqo yotdir.
O‘zbek xalqi azal-azaldan bag‘rikeng, serhimmat, saxovatli xalq. Shuning uchun ham bugun uning bag‘rida 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch, osuda va bunyodkor hayot kechirmoqdalar. Odamlarga madad berish, ko‘maklashish, yordam qo‘lini cho‘zish xalqimiz hayot tarzi bilan bog‘langan. Bu o‘zaro yordam va ko‘mak berish singari filantropik tarzdagi ijtimoiy xizmatning ko‘rinishlarida ham o‘z ifodasini topadi. Bunda, savob ishlarni amalga oshirish, xayr-ehson qilish, sahovatli bo‘lish singari amallar o‘zbek xalqi hayotida ham iymon va e’tiqod, ham ma’naviy madaniyat tarzida kechib, etnoan’ana tarzida bu kunga qadar davom etib kelmoqda.
«Himmat» (arabcha g‘ayrat, shijoat, jo‘shqinlik, harakat, hafsala, qunt) – odamgarchilik, muruvvat yuzasidan qilinadigan yaxshilik, yaxshi ish, yordam, insonga xos xislatni anglatuvchi tushuncha bo‘lib, bu borada Farididdin Attor:
Do'stlaringiz bilan baham: |