Kontaktli elektrovozlar. Elektrovoz otkatkasining kontaktli elektrovoz otkatkasi turi eng ko’p tarqalgan. Konlarda kontakli elektrovoz otkatkasi magistral transportlarning asosiy vositasi hisoblanadi. Ko’mir shaxtalarida umumiy elektrovozlar sonining kontakli elektrovozlar ulushi 30 % to’g’ri keladi[14].
Elektrovoz otkatkasining kontaktli majmuasiga (3 rasm) kiradi: 3 tok sizib chiqishidan qurilgan apparat himoyasi o’zgartirgichi 1, avtomatik o’chirgichlar 2, kabelni quvvatlovchi 5 armatura ilmoqli kontaktli uzatma 4, uchastka o’chirgichlari 6, relьslar 7, so’rish kabeli, 9 elektrovoz. O’zgartirgichli qurilma (nimstantsiya) uch fazali o’zgaruvchan tokni 250 yoki 550 V kuchlanishli o’zgarmas tokka o’zgartirishga mo’ljallangan. Kabel yordamida doimiy tok kontaktli tarmoqqa uzatiladi. (qutb “qo’shish”). Teskari uzatma (“ayirish” qutbi) relьsli yo’llar va so’rish kabeli sifatida xizmat qiladi. Elektrovozlar kontaktli uzatmadan tok qabul qilgichlardan (pantograf) quvvat oladi
Kontaktli elektrovozlarni akkumulyatorli bilan taqqoslaganda tuzilishi bo’yicha arzon va sodda, foydalanishda juda qulay, katta quvvatga va harakat tezligiga ega, binobarin katta unumdorlikka ham ega.
Biroq, tok qabul qilgich va kontakli uzatmalar orasida uchqun hosil qiluvchi, shuningdek gaz va chang bo’yicha xavfsiz bo’lgan kon va shaxtalarda kontaktli elektrovozni relьs va g’ildiraklar orasida ham qo’llash afzalligi shartlaydi.
Kontaktli elektrovoz otkatkasi majmuasi sxemasi.
RN bajarishda uchqun chiqarishni kamaytirish uchun ikki tok qabul qilgichli kontaktli elektrovozlarni qo’llashga, gaz va chang bo’yicha xavfli bo’lgan 1- II toifali shaxtaning yangi qatlamlarini qazib olishda ijozat etiladi.
Bir tok qabul qilgichli (elektrovoz tuzilma bo’yicha ikkinchi qurilma ko’zda tutilmagan bo’lsa) elektrovozlardan foydalanishga birlashmaning texnika masalalari bo’yicha direktori ruxsati bilan ijozat etiladi. Tirkama og’irligi 70 - 140 kN bo’lgan seriyali kontaktli elektrovozlar elektr transportni ta’minlovchi elektr jihozlari to’plami o’z ichiga quyidagilarni oladi: EDR yoki ET o’zgarmas tokli elektr transportni ta’minlovchi elektr dvigatellari; KVS yoki KSkontrollerlari; KL yoki YaS qarshiligi; AV-8A avtomatik uzgich; FE-52T yoki FG1-V faralari; TKR-1 tok qabul qilgichlari; SS-2 sirenasi; DP-12 elektrodvigatelь kompressori; AK-5A-1 bosim regulyatori; VU-233A yoritish ajratgichi; KU yoki KSA signali. Katta tokli qismni montaj qilish 25 - 70 mm2 kesimli PS-1000 uzatma bilan bajarilgan.
Ko’mir shaxtalari uchun yangi parametrik tirkama og’irligi 70-280 kN bo’lgan elektrovoz qatori ishlab chiqilgan. Bu qatorga kiruvchi K10 va K14 elektrovozlari yaxshilangan elektr transportni ta’minlovchi xususiyatlarga ega, ular himoya vositalari bilan jihozlangan, ularni mashinistsiz harakat qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.elektrovoz transporti jihozlari tortish tarmog’i ta’minoti sxemasi. Kontakt simini osish sxemasi bilan tanishish
Ochiq kon ishlarida elektrovoz transportining elektr ta’minoti sxemasi 2 ta asosiy qismdan iborat: tayanch nimstansiya va tayanch tarmoq. Sistemaning birinchi qismining vazifasi – elektr energiyasini bir turdan boshqa turga aylantirish. Doimiy tokdagi elektr tarmog’ida o’zgaruvchan tok energiyasi teyanch nimstansiyasida doimiy tokka aylantirib beriladi. O’zgaruvchan tok asosidagi elektr tarmog’ida tokning bir turdan boshqasiga aylntirish elektrovozning o’zida amalga oshadi, shuningdek tayanch nimstansiyasida o’zgaruvchan tokning bir kuchlanishdan boshqasiga aylanishi sodir bo’ladi.
Doimiy tok elektr tarmog’ida har bir tayanch nimstansiyalar quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi: o’zgaruvchan tok taqsimlagichi, bir turdan boshqa turga o’tkazuvchi moslamalar, doimiy tok taqsimlagich moslamalari, boshqaruv va signallashtirish, shaxsiy ehtiyoj vositalari. O’zgaruvchan tokni doimiyga aylantirish uchun simob metallik yoki yarimo’tkazgichli (kremniyli) vipryamitellar qo’llaniladi. So'nggi yillarda kremniyli vipryamitellar o’zining yuqori texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlari tufayli keng qo’llanilmoqda. Shuningdek bir qator karyerlarda simobli vipryamitellar foydalanishda qo’llanilmoqda.
Ochiq kon ishlaridagi doimiy tokdagi tayanch tarmog’i quyidagi elementlardan iborat: havo ta’minot liniyasi 2, u orqali tok tayanch nimstansiyasidan 1 kontakt tarmog’i ta’minot punktiga (taqsimlovchi post) 3 yetib boradi; kontakt simlari 4, ulardan tok tok qabul qilgichlar yordamida iste’molga olinadi.
O’zgaruvchan tok asosidagi elektr tyagasida tayanch nimstansiyasida maxsus tayanch transformator o’rnatiladi. Ularning g’altak o’ramlari yulduz – uchburchak sxemasi bo’yicha qabul qilinadi. Transformatorning bitta fazasi relsga (zazemlitelga) ulanadi, 2 ta boshqa fazadan esa tayanch nimstansiyasining ikkala tomonidagi kontakt tarmog’i energiya oladi.
ГОСТ 2584—75 ga muvofiq quyidagi markadagi kontakt simlari ishlab chiqariladi: MF - misli fasonli, MFO – misli fasonli oval, BrF – bronzali fasonli va BrFO –bronzali fasonli oval. Fasonli simlar uchun quyidagi ko’ndalang kesim o’lchamlari mavjud, mm2: 65, 85, 100, 120 и 150;
fasonli oval simlar uchun mm2: 100, 120, 150.
Kontakt simlarini osish uchun mo’ljallangan ustunlar o’zining tuzilishi va qotirilish usuli bo’yicha doimiy va ko’chma ustunlarga bo’linadi. Doimiy ustunlar asosiy tashish yo’llarida o’rnatiladi, ko’chma ustunlar esa – ekskavator zaboylarida va otvallarda qo’llaniladi.
Tirkama og’irligi 280 kN (K14 ikkita elektrovozdan iborat, bir-biri bilan ulangan)bo’lgan elektrovozdan tajribada foydalaniladi.
Yangi kontaktli elektrovozlarda reostat sxemali boshqarish bilan takomillashgan va tejamkor kontaksiz tizimni qo’llash mo’ljallanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |