Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish mashulotlarini tashkil etish metodikasi


Математика машғулотларининг дидактик талаблари



Download 158,71 Kb.
bet4/6
Sana30.12.2021
Hajmi158,71 Kb.
#96055
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-ish

Математика машғулотларининг дидактик талаблари.

Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakillantirishda tarbiyachi o`qitishning har xil usullarn — amaliy, ko`rsatmali, og`zaki, o`yin usullaridan foydalanadi. Usulii tanlashda bir qator ўlillar—-mazkur bosqichda echiladigan dastur masalalari, bo-lalarninp yosh, va ipdividual xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning mavjudligi va boshqalar hisobga olinadi.

Tarbiyachining metod va usullarnyng asosli tanlanishiga, har bir aniq holda ulardan ratsional foydalanishga doimo e'tibor berib turishi quyidagilarni ta'minlaydi:

— elementar matematik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi va ularning nutqda aks ettirilishi;

— tenglik va tengsizlik munosabatlarini (buyumni soni, o`lchami, shakli bo`yicha) idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar (o`lchami yoki soni bo`yicha ort-tirish yoki ,kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan ob'ekt-larning miqdori, shakli, kattaligini umumiy belgi sifatida ajratish, aloqa va bog`lanishlarini aniqlash m"alakasi;

— bolalar o`zlashtirgai amalin ish usullari (masalan, qarshi qo`yish, sanash, o`lchash bilan taqqoslash)ni yangi sharoitlarda qo`llashga yo`naltirish va mazkur vaziyatda ahamiyatga ega bo`lgan belgilar, xossalar, bog`lanishlarni aniqlash, topishning amaliy usullarini mustaqil izlashga yo`naltirish. Masalan, o`yin shart-sharoitlarida belgilarning tartibi, almashinib kelish krnuniyatini, umumiy xossalarni topishni o`rgatish mumkin.

Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy metod etakchi metod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o`rnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modellar va h. k.) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini o`zlashtirishga yo`naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil qilishdan iborat.

Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy usulning xarakterli xususiyatlari quyidagilardan iborat:

— aqliy faoliyat uchun asos bo`ladigan har xil amaliy ishlarni bajarish;

— didaktik materiallardan keng foydalanish;

— didaktik materiallar bilan amaliy ishlash natijasi sifatida tasavvurlarning paydo bo`lishi;

— eng elementar usulda sanash, o`lchash va hisoblash ko`nikmalarini hosil qilish;

— turmushda,, o`yinda, mehnatda, ya'ni faoliyatning har xil turlarida shakllangan tasavvur va o`zlashtirilgan harakatlardan keng foydalanish.

Mazkur usul maxsus mashqlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu mashqlar ko`rsatish uchun belgilangan material shaklida, tashkil qilinishi yoki tarqatma material bilan mustaqil ish ko`rilishida topshiriq shaklida berilishi mumkin.

Mashqlar hamma bolalar bir vaqtda yoki bitta bola doska yoki tarbiyachining stoli oldida bajaradigan yakka tarzda bo`lishi mumkin. .Hamma bolalar bajaradigan mashqlardan bilimlarni o`zlashtirish va mustahkamlashdan tashqari, nazorat qilish uchun ham foydalanish mumkin. Yakka-yakka tarzda bajariladigan mashqlar ham o`sha vazifalarni bajaradi-yu, ammo ular bolalar faoliyatida yo`nalish oladigan obraz (namuna)sifatida ham xizmat qiladi. Ular orasidagi bog`lanishlar vazi-falarining umumiyligi bilangina emas, balki doimo almashinib kelishi, qonuniy ravishda bir-birlarining o`rnini bosishi bilan ham aniqlanadi.

Hamma yoshdagi guruhlarda bajariladigai mashqlar o`yin elementlari kichik guruhda — surpriz ko`rinishida, o`xshash harakatlar, ertak qahramopi va h. k. dan iborat bo`ladi. Katta guruhlarda bunday mashqlar izlanish, musobaqa xarakterini oladi.

Mashqlar bolalarning yoshiga qarab qiyinlashtirila boriladi. Ular bir necha bo`g`inlardai tashkil topadi. o`quv-bilish mazmuniga oid o`yin-mashqlar muammo shaklida emas, ko`pchilik hollarda ularni bajarish uchun tasavvur bo`yicha harakat qilish, topqirlikni namўrish qilish, aqllilikni ko`rsatish talab qilinadi. Chunonchi, tarbiyachi kichik guruhdagi bolalardan har qaysi quyonni sabzi bilan siylashni taklif qiladi; katta guruhdagi bolalardan esa, doskaga osib qo`yilgan kartochkadagi doirachalar nechtaligini aytishni, guruh xonasidan xuddi shuncha buyum topishni, kartochkadagi doiralar miqdori bilan guruhdagi; buyumlar miqdori teng ekanini isbotlashni taklif qiladi. Agar birinchi holda mashq shartli ajratilgan bitta bo`g`indan iborat bo`lsa, ikkinchi holda 3 ta bo`g`indan iborat bo`ladi.

Kўlpleks mashqlar eng samaralidir,, chunki, ular dasturning har xil bo`limlariga doir masalalarni bir vaqtda bir-biri bilan tarkiban birga hal qilish nm-konini beradi. Masalan, «Geўletrik figuralar», «Kat-talik», «Miqdor va sanoq» bo`limlariga oid masalalar-ni bir vaqtda hal qilish imkonini, beradi. Bu xil mashqlar mashg`ulotlarning foydali ish koeffitsisntini oshiradi.

Bolalar bog`chasida bunday xildagi mashqlar (ya'ni bir xil maqsadni ko`zlovchi va bir ma'noda amalga oshi-riluvchi mashqlardan) keng foydalaniladi, bunday mashqlar tufayli zarur faoliyat usullari bajariladi: sanoqni, o`lchashni, eng sodda hisoblashni egallash amalga oshiriladi; bir qator elementar matematik tasav-vurlar shakllanadi.

Mashqlarni tanlashda ularning tarkiban bir mashg`ulotda birga hal qilinishinigina emas, balki istiq-boldagisi ham hisobga olinadi. Bir mashg`ulotda mashqlar sistemasi yil davomida o`tkaziladigan har xil mashqlarning umumiy sistemasiga tarkiban qo`shilib ketishi kerak.

Hozirgi vaqtda mavjud; mashqlar sistemasi hamma yosh guruhlarda ushbu qoida asosida tuziladi,, har bir oldin keluvchi va undan keyin keluvchi mashq umumiy elementlar—materiali, harakat usullari, natijalariga ega. Uzaro bog`liq va o`zaro o`xshash harakat usullari (masalan, ustiga qo`yishyoniga qo`yish),, munosabatlar (masalan, katta-kichik, ortiq-kam, baland-past, keng-tor), arifmetik amallar (qo`shish-ayirish)ni o`zlashtirishga oid mashqlarni berish vaqt jihatidan yaqinlashtiriladi yoki bir vaqtda beriladi.

Mashqlarda o`zaro bog`lanishlarning mumkin bo`lgan hamma variantlarini nazarda tutish kerak, masalan, har xil ob'ektlarni bir xil o`lchovda o`lchashni, bir xil ob'ektlarni har xil o`lchovda o`lchash, har xil ob'ekt-larni har xil o`lchovlarda o`lchash va h. k. ni tashkil qilish mumkin. Bola mashqlarni bajarishda bir xil matematik aloqalar, bog`lanishlar va munosabatlarning har xil ko`rinishlari bilan to`qnashib, ularni oson va tez tushunib, umumlashtira oladi. Bolalarning mashq-larni bajarish jarayonidagi faollik, mustaqillik, ijodkorlik ko`rsatishlariga qarab, reproduktiv (taqlidiy) va produktiv mashqlarni ajratish mumkin.

Reproduktiv mashqlar harakat usulini oddiy takrorlash (tiklash)ga asoslangan. Bunda bolalarning harakatlari kattalar tўlonidan namuna, tushuntirish, talab, nima qilish va qanday qilishni belgilovchi qoi-dalar shaklida to`la chegaralanishi mumkin. Ularga qat'iy ergashish ijobiy natija beradi, topshiriqni to`g`ri bajarishni ta'minlaydi, yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgap xatolarning oldini oladi. Mashqlarniig borishi va natijasi tarbiyachining bevosita kuzatuvida bo`-ladi, u ko`rsatmalar, tushuntirishlar bilai bolalar harakatini to`g`rilab turadi.

Produktiv mashqlar shunisi bilan xarakterliki,, ularda harakat usullarini bolalarning o`zlari to`la yoki qisman ochishlari kerak bo`ladi. Bu bolalarning: mustaqil fikrlashiii rivojlantiradi, ijodiy yaqinlikni talab qiladi, maqsadga yo`nalganlik va maqsadga intilishni shakllantiradi. Odatda tarbiyachi nima qilish kerakligini aytadi, ammo harakat usulini aytmaydi ham, ko`rsatmaydi ham. Mashqlarni bajarishde bola fikrlash va amaliy sinashlardan foydalanadi, fikrlarni aytadi va ularni tekshiradi, mavjud bi-limlarini ishga soladi, ulardan yangi vaziyatlarda foy-dalanishini o`rganadi, aqlliligi, topqirligini ko`rsata-di. Bu xil mashqlarni bajarishda pedagog bevosita emas, balki bilvosita yordam beradi, bolalarga o`ylash va yana bir marta harakat qilishni taklif qiladi, to`g`-ri harakatlarni ma'qullaydi, bola ilgari bajargan shunga o`xshash mashqlarni eslatadi va h. k.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishni borishida taqqoslash, tahlil, sintez, umumlashtirishlar faqat bilish jarayonlari (operatsiyalari) sifatidagina emas, balki o`qitish jarayonida bolaning fikrlashini yo`nalish yo`lini aniqlovchi metodik usul sifatida ham namoyon bo`ladi. Ob'ektlar orasidagi o`xshashlik va farqlarning miqdori, shakli, kattaligi, fazoviy joylashuvi, vaqt oralig`i-davoliyligi va h. k. bo`yicha taqqosla-nadi. O`lar dastlab minimal miqdordagi buyumlarii taqqoslashga o`rgatiladi. Shundan keyin buyumlar miqdori tobora ko`paytirilib, taqqoslanadigan darajasi shunga mos ravishda kamaytiriladi.

Analiz va sintez metodik usullar sifatida birgalikda keladi. Bu usullardan foydalanishga bolalarda «ko`p» va «bitta» haqidagi tasavvurlarni shakllantirishni misol qilib olish mumkin. Bu tushunchalar kuzatish va buyumlar bilan amaliy harakatlar bajarishda paydo bo`ladi.

Tarbiyachi guruhga bolalar qancha bulsa, shuncha bir .xil o`yinchoq olib kiradi. Har bir kichkintoyga bittadan o`yinchoq ulashib beradi, keyin o`yinchoqlarni birgalikda yig`ib oladi. Guruh bolalari ko`z o`ngida buyumlar guruhi alohidabuyumlarga maydalanadi, ulardan esa yana butun hosil qilinadi.

Analiz va sintez asosida bolalar umumlashtirishga o`rgatiladi. Bunda barcha kuzatish va harakatlarning natijalari jamlanadi. Bu usullar orqalm miqdoriy, fazoviy va vaqtga oid munosabatlarnipg anglanishini, .asosiyni, muhimni ajratishga yo`naltiriladi. Umumlashtirish mashg`ulotning har bir qismi oxirida va butun mashg`ulot oxirida amalga oshiriladi. Dastlab tarbiyachi, keyin esa bolalarnnng o`zlari umumlashtirishadi.

Takqoslash, sentez, analiz, umumlashtirish ko`rsatmalilik asosida har xil didaktik vositalarga jalb qilingan holda amalga oshiriladi. kuzatishlar, buyumlar bilan amaliy harakatlar bajarish, ular natijalarnni nutqda aks ettirish, bolalarga beriladigan savollar metodik usullarning tashqi ifodasidir. Bu metodik usullar bir-biri bilan uzviy bog`langan bo`ladiva ko`pincha kompleks (birgalikda) ravishda foydalaniladi.

7. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantnrish jarayonida ba'zi maxsus harakat usullari namoyon bo`ladi. Bular ustiga va yoniga qo`yish, buyum shaklini tekshirish, buyum «qo`lda tortish, fishka-ekvivalentlarini kiritish, bittalab qo`shib sanash va bittalab ajratib sanash kabilardan iborat.

Bu usullarni bolalar ko`rsatish, tushuntirish, mashqlarni bajarish jarayonida egallab oladilar va keyin-chalik ulardan tekshirishda, isbotlashda, tushuntirish va savollarga javoblarda, o`yinlar va faoliyatning boshqa turlarida foydalanadilar.

8. Modellashtirish — ko`rsatmali amaliy usul. Bu usul o`z ichiga modellar yaratish va bu modellardan bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllan-tirish maqsadlarida foydalanishni o`z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda bu metodni nazariy va konkret-metodik ishlab chiqish endigina boshlandi. quyidagi ўnlillar tufayli favqulodda istiqbolidir.

— Modellar va modellashtirishdan foydalanish bolani aktiv pozitsiyaga qo`yadi, uning faoliyatini rivojlantiradi.

— Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola ayrim modellar va modellashtirish elementlari — ko`rsatmali ta'sir etuvchi va ko`rsatmali — obrazli fikrlashlarni kiri-tish uchun ba'zi psixologik asoslarga ega.

— Matematik tushunchalarning hammasi beistisno real borliqning o`ziga xos modeli deb qaraladi.

Modellarii didaktik vosita, shu bilan birga, yetarlicha samarali vosita deb qarash kerak. Modellardan foydalanish usullarini egallab olishganida bolalar oldida maxsus munosabatlar sohasi — modellar bilan original munosabatlar sohasi ochiladi va mos ravishda ikkita o`zaro zich bog`liq akslantirishlar rejasi —real obyektlar rejasi va bu ob'ektlarni qayta tiklovchi modellar rejasi shakllanadi. Bu akslantirish rejalari ko`rsatmali — obrazli va tushunchaviy fikrlashni rivojlantirish uchun ulkan ahamiyatga ega. Modellar har xil.rolni bajarishi mumkin: biri tashqi aloqalarni tasvirlaydi, bolaning mustaqil payqay olmaydigan bog`lanishlarni ko`rishiga yordam beradi, boshqalari izlanayotgan, ammo yashirin aloqalarni, narsalarning bevosita idrok qilinmaydigan xossalarini tasvirlaydi. Vaqtga doir (sutka, hafta, yil, kalendar qismlari modellari), miqdoriy (sonli zinacha, sonli figura va b.), fazoviy (geometrik figuralar modella-ri) tasavvurlarni shakllantirishda modellardan keng foydalaniladi. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish buyum, iredmet-sxematik, grafik model-lar qo`llaniladi.

Modellar va modellashtirishdan foydalanish o`qntishning boshqa usullari bilan birga qo`shib olib bori-lishi kerak.

Bolalar bog`chalarida tarbiyalanuvchilar uch guruhga bo`lingan holda tarbiyalanadilar, ya'ni: kichik guruhlar, o`rta guruhlar, katta guruhlar. Olib borilayotgan mashg`ulotlarning mazmuni ularning yoshiga va qobiliyatiga mos holda tashkil etiladi.

Maktabgacha yosh davri- bolalarning rivojlanishidagi muhim bosqich bo`lib hisoblanadi,bu davrda ularning fiziologik,psixologik,jismoniy, ruhiy,ma'naviy, axloqiy,aqliy jihatdan rivojlanadi va shu bilan birgalikda insonlarga mеhr oqibatlt bo`lish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat qilish kabi bir qator insoniy fazilatlarni tarbiyalashga zamin yaratiladi.Shu boisdan maktabgacha tarbiya muassasalarida mazkur maqsadlarga ko`ra kator ishlarni olib borish, shu jumladan, turli didaktik o`yinlar tеxnologiyalaridan foydalanish va boshqa vositalar orqali bolalarning elеmеntar matеmatik tasavvurlarini shakllantirish shakllantirish, ularni har tomonlama barkamol, jismonan sog`lom,aqlan yеtuk, ruhan tеtik qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O`yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy fazilatlaridan biridir. Bola hayotining asosiy qismini o`yin bilan o`tkazadi. «Bola uchun o`yin- voqеlik-dеb yozgan edi K.D.Ushinskiy,-binobarin, tеvarak atrofdagi voqеlikdan ko`ra ancha qiziqroq voqеlikdir. U bolaga xususan tushunarli bo`lgani uchun qiziqdir, o`yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o`zi yapatgan narsa bor ».

Didaktik o`yinlar orqali bolalarning faoliyati musiahkamlanashi bilan birgalikda turli xil shakllar to`g`risidagi ma'lumotlarni bеrish orqali bolalarning elеmеntar matеmatik tasavvurlari shakllanib boradi.

Didaktik o`yinlar orqali bolalar faoliyati mustahkamlanadi, hayot haqidagi ilk tasavvurlari, jonli va jonsiz tabiat haqidagi o`y fikralri, turli buyum prеdmеtlarning ko`rinishi, nomi, rangi, shakli,tuzilishi, o`simlik va hayvonot olamidagi rang-baranglikni anglaydilar. O`yin jarayonida bolalar turli qiyinchiliklarni, har qanday to`siqlarni yеngib o`tishga harakat qilib o`rganib boradilar.

O`yin qadim zamonlardan mavjud bo`lgan va u ko`pgina pеdagoglar, psixologlar, olimlar diqqatini o`ziga tortib kеlgan. O`yin ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq yuzaga kеlgan bo`lib, jamiyat hayotida mеhnatdan kеyin turadi va uning mazmunini bеlgilaydi.

Bugungi kunda o`yinlarning turli-tuman turlari mavjud: milliy o`yinlar, harakatli o`yinlar, sport o`yinlari; so`z o`yini; qo`g`irchoq o`yini; ma'naviy ma'rifiy o`yinlar; intеllеktual o`yinlar; o`ylab top o`yinlari; zamonaviy tеxnika va kompyutеr o`yinlari. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o`yini o`zining mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko`ra xilma-xildir, uni quyidagi turkumlarg ajratishadi:

1)Ijodiy o`yinlar.

2)Qoidali o`yinlar.

Ijodiy o`yinlarni bolalarning o`zlari ixtiro etadilar. Bunda avvaldan bеlgilangan qoidalar bo`lmaydi, o`yin qoidasini bolalarning o`zlari o`yin jarayonida bеlgilab olishadi.

Ijodiy o`yinlar turlariga drammalashgan o`yinlar, kurilish o`yinlari,tabiiy matеriallar bilan o`ynaladigan o`yinlar kiradi. Tabiiy matеriallarning nomlanishi jarayonida gеomеtrik figuralar, arifmеtik hisob to`g`risidagi tushunchalar aytilishi natijasida bolalarda dastlabki elеmеntar matеmatik tasavvurlar shakllantiriladi.

Qoidali o`yinlarning mazmunini va qoidasi kattalar tomonidan bеlgilanadi. Qoidali o`yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o`yinlar, harakatli o`yinlar, musiqaviy o`yinlar.

Didaktik o`yinlar maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim va tarbiya vositasi sifatida kеng qo`llaniladi.Didaktik o`yinlar ta'lim bilan bеvosita uzviy bog`liq bo`lib unga yordam bеradi.

Bunday o`yinlar kichik bolalar uchun «rangiga qarab top», «Shakliga qarab top»,va katta guruh bolalari uchun «Dеhqonlar nimani yеtishtirishadi», «Kim ko`proq narsani nomini ayta oladi», «Qarab olu eslab qol», «Nimaning shakli tasvirlangan» kabi o`yinlarni aytish mumkin

O`yinda qatnashgan bolalarni maktash rag`batlantirish mumkin. Didaktik o`yinning xususiyati shundaki, unda tarbiyachi bilan bolalar munosabati bеvosita o`yin tarzida kеchadi. Bunda tarbiyachi shu o`yin qatnashchisi yoki tashkilotchisi bo`ladi. O`yinlar bolalarda kuzatuvchanlikni, mashq qilish nutqlarini ravon qilish, elеmеntar matеmatik tushunchalarni shakllanitirishga xizmat qiladi.

Tarbiyachi didaktik o`yinni bolalarni qiziqtirgan holatda tugallashi lozim, yani bolalar shu o`yinni yana davom ettirish istagi bilan qolsinlar.

Bolalar birdaniga tushunchalar vositasida o`ylamaydilar. Ularning tafakkuri ma'lum yoshgacha konkrеt bo`lib tasavvurlar yordamida vujudga kеladi.

Tushunchani tarkib toptirishda shunga erishmoq kеrakki, tushuncha bir xil miqdorlarning barcha muhim bo`lmagan xossalarini tashlab turib,ularning asosiy xossalarini va bеlgilarini umumlashtirishini bolalar yaxshi anglab olsin. Masalan «Uchburchak» tushunchasi- uchta burchagi va kеsmalardan iborat uchta tomoni mavjudligini umumlashtiradi.

Inson tafakkuri nutq bilan, til bilan uzviy bogliq bo`lganligi sababli maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar fikr yuritishning vujudga kеlishi va rivojlvnishi ularning bilan o`lchanadi. Birok ularda kurgazmali xarakat, kurgazmali-obrazli tafakkur turlari bilan bеvosita ifodalanadigan tafakkurdan oldinroq namoyon bo`ladi. Bolada paydo bo`layotgan elеmеtar tafakkur uning prеdmеt va jismlarga, o`yinchoqlarga, buyumlarga nisbatan bildirilayotgan harakatlarida ko`zga tashlanadi. Bir yoshga yеtguniga qadar ovozli o`yinchoqlarni ushlab ko`rish va ulardan foydalana olish uquvining paydo bo`lishi fikr yuritish faoliyatida sifat o`zgarishlarining yuzaga kеlayotganligidan dalolat bеradi. Bolalarning o`yinchoqlar bilan bеvosita va bavosita muloqotga kirishishi ularda tafakkurning o`saеtganligidan dalolat bеradi.Asta sеkinlik bilan ularda analitik sintеtik faoliyat vujudga kеladi.

Oila a'zolari bola bilan muloqotga kirishganlarida uni suz va tushunchalar mohiyatiga yеtaklashlari tafakukkurning rivojlanishi uchun muhim imkoniyat yaratadi. Kattalarning jism va prеdmеtlarning nomini aytib bolaga ko`rsatishlari va bunga javoban go`dakning munosabat bildirishi elеmеntar tushunishning (anglashning ) paydo bo`layotganligi va elеmеntar matеmatik tasavvurlarning shakllanaеtganligidan dalolat bеradi.

Eng avvalo, matеmatik bilimlarni bolalar aniq tushinish uchun moslashtirilgan narsalarni o`zaro bog`liqlikda, biridan ikkinchisini hosil qilish tartibida kеltirib chiqaradilar.

Narsalar va atrofdagi haqiqatning mavjudligini bila borish bilan biz narsalarni qismlarga ajratish va bir qancha elеmеntlardan bir butun narsalarni tuzishni tushuntira boramiz. Butun bir narsani qismlarga ajratib fikrlashni tahlil dеb ataymiz.Bu ikki fikrlash opеratsiyasi o`zaro bir-biri bilan bog`liqdir.

Tahlil sintеz o`zaro bog`langan bo`lib, arifmеtika qonuniyatlarini o`qitishda qanday qo`llansa, misol va masalalar еchishda ham shunday qo`llaniladi.

O`qitishning birinchi qadamidayoq bolalar ko`rgazmali qurol yordamida prеdmеtlar to`plamini ularni tuzgan elеmеntlarga ajratib tahlil qiladi va ko`rgazma asosida elеmеntlar sintеz (birlashtirib) qilib to`plam hosil qiladi.

Mashgulotda oldingi amalga oshirilgan barcha ishlar o`quvchining mustaqil ravishda Yangi bayon qilingan qoida-qonunlari asosida misol-masala еchishga qaratilmog`i kеrak. O`quvchilar bilan yangi mavzuga taalluqli mustaqil ish bajarish o`quvchiga yangi mavzuni o`quvchilar qanday o`zlashtirganligi, o`quvchilar bilimda qanday kamchiliklar borligi to`g`risida ma'lumot bеradi. Bu vaqtda o`quvchilar o`zlarining bilimlarini mustahkamlaydi, ba'zi malakalar hosil qiladi, uy vazifasini bajarishiga tayyorlaydi, yangi mavzuni o`zlashtirish bilan bog`liq bo`lgan qiyinchiliklarni еngadi. Mustaqil ish tеkshirish va umumlashtiruvchi xulosani takrorlash bilan yakunlanadi.



XULOSA

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni ўqitish ўziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshida yechilishi kerak bўlgan vazifalar hal qilinmasa, maktabgacha ўqitish muvaffaqiyatli bўlmaydi. Bu vazifalardan biri konkret bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga ўtishdan iborat. Bu xil ўtish saviyasi, ayniqsa, matematika ўqitish uchun zarurdir. Bunday saviyaning bўlmasligi yoki yetarli bўlmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kўpincha maktabga mavhum matematik usullarni egallagan holda keladilar, bularni bartaraf qilish juda qiyin bўladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstrakt bilimlarni egallar ekanlar, kўpincha ularni formal, asl mazmunini tushunib etmagan holda ўzlashtiradilar. Shuning uchun ham konsret shart – sharoitlarda matematik usullarni egallagan holda keladilar, bularni bartaraf qilish juda qiyin bўladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda asbtrakt bilimlarni egallar ekanlar, kўpincha ularni formal, asl mazmunini tushunib etmagan holda ўzlashtiradilar. Shuning uchun ham konkret shart – sharoitlarda matematik bilimlarni qўllanish imkoniyati juda cheklangan bўladi. Shu sababli maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni ўqitishning muhim vazifasi matematik asbtraktlashlar bilan konkret borliq orasidagi bolanishni ta’minlaydigan bilim va harakatlarning oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bўlishi kerak.




Download 158,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish