1.4. Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Fan va texnikaning to’xtovsiz rivojlanib borishi dorishunoslik soxasidagi biotexnolog, injener-texnolog kabi mutaxassislarni yuqori bilimga ega bo’lishini taqozo etmoqda.Tayyorlanayotgan mutaxassislarni chuqur bilimli, yuqori saviyaga ega bo’lgan mutaxassis bo’lib chiqishi uchun “Elektrotexnika asoslari” fani bo’yicha nazariyani amaliyot bilan bog’lagan xolda olib borish katta ahamiyatga ega.
“Elektrotexnika asoslari” fani – elektr toki va elektromagnit xodisalarini sanoat ishlab chiqarishi va turmush ehtiyojlari uchun texnik maqsadlarda foydalanishni o’rganadigan fan bo’lib, ishlab chiqarishning asosiy negizi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |