TALABA BILIMINI BAHOLASh TARTIBI
Talabaning ballarda ifodalangan o’zlashtirishi quyidagicha baholanadi: har bir JB da talaba maksimal 8 ball oladi. 8 ta JB o’tkaziladi.
O’zlashtirish, %
|
Ballar
|
baho
|
86-100
|
3,44-4,0
|
“5” a’lo
|
71-85
|
2,84-3,4
|
“4” yaxshi
|
55-70
|
2,2-2,8
|
“3”qoniqarli
|
55 dan kam
|
1-2,2
|
“2” qoniqarsiz
|
№
|
O’zlashtirish (%)
|
Ballar
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
1
|
86-100
|
58,5-68
|
A’lo “5”
|
Talabalar uy vazifasini bajargan, og’zaki savollarga aniq javob beradi, mavzu bo’yicha qonuniyat, tariflarni yod biladi, mazmunini tushunadi, tenglamalarni yoza oladi mavzu bo’yicha mustaqil fikrlay oladi. Laboratoriya ishini mustaqil bajaradi, natijalarni rasmiylashtirib tahlil qila oladi.
|
2
|
71-85
|
47,7-58,4
|
Yaxshi “4”
|
Talaba uy vazifasini bajargan, og’zaki va test savollariga javob bera oladi. Qonuniyat va ta’riflarni yod biladi. Mavzuni tushungan, laboratoriya ishini mustaqil bajarib natijalarni rasmiylashtiradi, lekin tahlil qila olmaydi.
|
3
|
55-70
|
37,4-47,6
|
Qoniqarli “3”
|
Talaba uy vazifasini bajarib kelgan, og’zaki va test savollariga qiynalib javob beradi, tariflarni, tenglamalarni yod biladi, lekin mohiyatini yaxshi tushunmaydi. Laboratoriya ishini bajaradi, natijalani rasmiylashtiradi.
|
4
|
55 dan kam
|
17-37,3
|
Qoniqarsiz “2”
|
Talaba uy vazifasini daftariga yozib kelgan, lekin mavzu bo’yicha savollarga javob bera olmaydi. Mohiyatini tushunmaydi, tenglamalarni to’g’ri yoza olmaydi.
|
Talaba darsga kelib unga mutloq tayyorlanmaganida va muhokamada mutloq ishtirok etmaganida – 2 ball qo’yiladi.
TALABANING MUSTAQIL IShI (TMI)
Talabaning mustaqil ishi O’zR oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 21.02.2005 yil 34-sonli buyrug’i va institut rektori tomonidan 2005 yil 3 sentyabrda tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to’g’risida Nizom” asosida tashkil etiladi.
Mustaqil ish bo’yicha belgilangan maksimal reyting balining 55%dan kam ball to’plagan talaba fan bo’yicha yakuniy nazoratga qo’yilmaydi.
Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro’yxatga olinadi va 2 yil mobaynida saqlanadi.
Fizik va kolloid kimyo fanidan talaba mustaqil ishining kafedra nizomi ishlab chiqiladi. Bunda talaba mustaqil ishining shakl va turlari, har bir ish turiga soatlarni taqsimlash va aniq baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
TMI ning o’zlashtirishi quyidagicha baholanadi. Maksimal ball 5.
Do'stlaringiz bilan baham: |