Tо‘g‘rilovchi diodlar
о‘zgaruvchan tokni tо‘g‘rilash uchun qо‘llaniladi.
Bunday diodlarda elektron kovak о‘tishning nochizig‘iyligidan foydalaniladi.
Tо‘g‘rilovchi diodlarning bir nechta turi mavjud:
140
past chastotali tо‘g‘rilovchi diodlar, о‘zgaruvchan tok chastotasi 50 kGs dan
oshmagan holda qо‘llaniladi. Kо‘i hollarda ishchi chastota sanoat chastotasi, ya’ni
50 kGs dan iborat. Past chastotali tо‘g‘rlovchi diodlarga kremniyli va germaniyli
yassi diodlar kiradi. Tо‘g‘irlangan tok qiymatiga kо‘ra diodlar kichik quvvati
(tо‘g‘ri toki 0,3 A dan kam), о‘rtacha quvvatli (0,3 dan 10 A gacha) va katta
quvvatli (10 A dan yuqori) turlarga bо‘linadi;
yuqori chastotali tо‘g‘rlovchi diodlar, modulyatsiyalangan signallarni
detektorlash uchun qо‘llaniladi va 150 MGs gacha bо‘lgan chastotada ishlashga
mо‘ljallangan. Ular germaniy yoki kremniy materiallaridan tayorlanadi. Tо‘siq
sig‘imini kamaytirish uchun ular nuqtaviy diodlar kо‘rinishida tutashish yuzasi
taxminan
2
10
19
м
10
10
bо‘lgan holda yasaladi;
о‘ta yuqori chastotali tо‘g‘rlovchi diodlar, radioreleli aloqa miniyalarining
santimetrli radio tо‘lqinlari diapazonida, radiolokatsiya qurilmalarida qо‘llaniladi.
Konstruksiyalari nuqtali tipda germaniy yoki kremniydan tayorlanadi.
Impulsli
diodlar
mikro va nanosekundli diapazondagi impulslarni hosil
qilish va kuchaytirish shemalarida qо‘llaniladi. Ular germaniy va kremniy
materiallaridan yasaladi. Nuqtali va yassi diodlar sifatida ishlatiladi.
Nazorat uchun savollar
1. Yarim о‘tkazgich materiallarning asosiy hususiyatlari nimalardan iborat?
2. Qanday moddalar murakkab yarim о‘tkazgichlar hisoblanadi?
140
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 178-bet
196
3. Qanday yarim о‘tkazgichlar aralashmasiz (hususiy) va qandaylari
aralashmali yarim о‘tkazgichlar deb ataladi?
4. Metallar, dielektriklar va yarim о‘tkazgichlarning zonalar diagrammalari
farqlari nimada?
5. Hususiy yarim о‘tkazgichda elektron-kovak juftlari qanday hosil bо‘ladi?
6. Donor va akseptor aralashmali atomlarning о‘zaro farqlari nimada?
7.
Yarim о‘tkazgichli diod deb namaga aytiladi?
8.
Yarim о‘tkazgichli diodning qaysi sohasi baza deb ataladi ?
9.
Diod orqali о‘tuvchi tok zichligi haqida diodning bazasidagi asosiy
bо‘lmagan zaryad tashuvchilar taqsimlanishi bо‘yicha fikr bildiradi. Nima uchun?
10.
Qalin va yupqa bazali diodlar volt-amper harakteristikalari nimasi bilan
ajralib turadi?
11.
Diod volt-amper harakteristikasining tо‘g‘ri bо‘lagi temperatura ortishiga
bog‘liq holda qanday о‘zgaradi va unga sabab nima ?
12.
Diodning diffuziya sig‘imi nima?
13.
r-p о‘tishda zaryad tashuvchilarning hosil bо‘lish jarayoni qanday
hollarda diod volt-amper harakteristikasiga qanday ta’sir etadi
14.
r-p о‘tishda zaryad tashuvchilarning rekombinatsiya jarayoni diod volt-
amper harakteristikasiga qanday ta’sir etadi?
15.
Diod teshilishlari haqida nima bilasiz?
10.Turli yarim о‘tkazgichli diodlarda tо‘g‘rilovchi elektr о‘tishning qaysi
fizik hodisalari qo’llaniladi?
197
Do'stlaringiz bilan baham: |