Elektrotexnika materiallari


Yarim o’tkazgich tarkibidagi qo’shimchalar



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/107
Sana18.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#456790
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   107
Bog'liq
5c98acff2a7be

4.3. Yarim o’tkazgich tarkibidagi qo’shimchalar
Yarim o’tkazgich kristallarida qo’shimchalarning juda kam (10) miqdori ham 
uning elektr o’tkazuvchanligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Qo’shimcha taqiq zonada 
yangi energetik sath ozod zonaga yaqin joylashgan bo’lsa, bu sathdan elektron 
ozod zonaga osonlikcha o’tib (kichik energiya ta’sirida), kristallda elektron 
o’tkazuvchanlikni sodir etadi. Bunday yarim o’tkazgich n-turli bo’lib, tarkibiga 
kiritilgan qo’shimcha “donor” deyiladi. 
Agar qo’shimchaning energetik sathi zonadan pastroq zonaga o’tishi 
natijasida “teshik” yoki “kovak” qoldiradi. Elektron bir sathdan ikkinchi sathga 
ko’chishida uning o’rnida qolgan teshik ham siljiydi. Teshikning siljish yo’nalishi 
maydon vektori 
(E)
yo’nalishiga yoki musbat zaryad yo’nalishiga mos tushadi. Bu 
135
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 161-bet 


189 
turdagi yarim o’tkazgichlar teshikli (P-turli) yarim o’tkazgichlar deyilib, ularning 
qo’shimchalari “atseptor”lar deyiladi. 
Elektr o’tkazuvchanlik tajribada osongina aniqlanib, bunda turli yarim 
o’tkazgichning bir tomoni qizdirilsa, u yerda ozod elektronlar soni keskin 
ko’payib, bu qism manfiy zaryadga ega bo’ladi. Agar p-turli o’tkazgichning ham 
bir tomoni qizdirilsa, u yerda teshiklar keskin ko’payib, kristallning bu qismi 
musbat zaryadga ega bo’lib qoladi. 
Yarim o’tkazgichlarda 
“p-n”
o’tishini yuzaga keltirib, bu qismlarga mos 
ravishda musbat va manfiy potensiallar berilsa, 
“n”
qismidan elektronlar, 
“p”
qismidan aks yo’nalishda teshiklar siljib, zanjirda tok oqimi hosil bo’ladi. 
Aksincha, potensiallar teskari yo’nalishda berilsa, katta qarshilikka ega qatlam 
vujudga kelib, tok o’tishi keskin cheklanadi. 
Yarim o’tkazgichlarning “n” turdagi asosiy zaryad eltuvchilari elektronlar, 
“p”
turlisida esa teshiklar hisoblanadi. 
“p-n”
o’tishda yarim o’tkazgich (germaniy, 
kremniy va hokazo) yuzasidan qo’shimcha (indiy, fosfor)larni eritish orqali hosil 
qilinadi. Bunda monokristall yupqa taxtacha shaklida kesib tekislanadi, saqlaniladi, 
tozalanadi va grafitli kassetaga o’rnatilib, pechda ma’lum vaqt issiqlik ta’sir 
ettiriladi. Bu usul elektronli yarim o’tkazgichda esa donor qo’shimchasini eritishga 
asoslangan.
136
“p-n”
o’tishi elektr-kimyoviy, kristall olish (o’stirish mobaynida) va boshqa 
usullarda ham hosil qilinadi. 
Agar yarim o’tkazgich kristallida p-n-p yoki (n-p-n) o’tishlar hosil qilinib, bu 
qismlar (emitter–1, kollektor–2, elektrod-3)ga simlar ulansa, tok kuchaytiruvchi 
asbob-tranzistor vujudga keladi. 
“p-n”
o’tishli diodlarning belgilanishidagi birinchi harf: G-germaniy, K-
kremniy, A-galliy, I-indiy; ikkinchi harf: D-to’g’irlagich, impuls, magnit va 
termodiod, Ts-to’g’rilagich ustuni (bloki), V-varikan, I-tunnelli, A-yuqori 
chastotali, S-stabilitron, G-shovqin generatori, L-nurlatuvchi asbob, N-diodli 
136
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 501-bet. 


190 
tiristor, U-triodli tiristor; uchinchi harf asbob parametrik, qo’llanilishi, ish prinsipi; 
to’rtinchisi - asbob tayyorlanish turini; beshinchisi-asbob tasniflanishini bildiradi.
Tranzistorlarning belgilanishidagi birinchi harf: G-germaniy, K-kremniy, G-
galliy va hokazo: ikkinchisi: T-qo’sh qutbli transistor; uchinchisi: sarflanadigan 
energiya va chastotani, to’rtinchisi: asbob tartibi va guruhini bildiradi.
Tiristorda 
p-n
qatlamlari ketma-ket qaytarilib, chekka qismlarida chiquv 
simlariga ega. O’rta qismida qo’shimcha chiquv simlariga ega tiristor 
trinistor
deyiladi. Tashqi nur yordamida boshqariladigan tiristor-
fototiristor
, ichki nurli 
signalda 
boshqariladigani 
optotiristor 
deyiladi. 
Optoelektronli 
yarim 
o’tkazgichlarga nur tarqatuvchi diod (Al navli), infraqizil nurlatuvchi diod (IQ 
diod) misol bo’la oladi. 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish