Elektrotehnika va elektronika


 Elektr yuritma mexanikasi. Elektr yuritmaning asosiy harakat tenglamasi



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/256
Sana01.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#297691
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   256
Bog'liq
UphaxUDZs1c53MJuQsuepgecspD0Xy8OHyiIDkeO

15.2 Elektr yuritma mexanikasi. Elektr yuritmaning asosiy harakat tenglamasi. 
Elektr yuritma harakati mexanika qonunlari asosida o‘rganiladi. Elektr yuritmaning mexanik qismi: 
 
elektr motorning harakatlanuvchi qismi; 
 
uzatuvchi mexanizmlar; 
 
ishchi organni o‘z ichiga oladi. 
Elektr  yuritma  mexanikasining  asosiy  tenglamasi  aylanuvchi  jismlar  uchun  yozilgan  Nyutonning 
ikkinchi qonuni hisoblanadi. Bu qonun quyidagicha yoziladi: 
t
J
M
          
(15.1) 
Bu yerda 
M
 - 
aylantiruvchi moment; 
J – aylanuvchan jismlarning inertsiya momenti
t
 
- aylanuvchi jismning tezlanishi. 
Odatda (15.1) tenglamadagi momentlarni motor valiga keltiriladi. 
Bu  keltirish  yuritmaning  barcha  nuqtalarda  mexanik  quvvatning  tengligidan  kelib  chiqib  amalga 
oshiriladi. Ilgarilanma harakat uchun: 
;
)
.......
(
)
.......
(
1
1
i
i
F
F
M
    
           (15.2) 


211 
 
Bu yerda    F  - ilgarilanma  mexanik kuch
    
    
- ilgarilanma va aylanma harakat tezligi;  
  
-  kinematik sxemaning keltirish radiusi; 
  
-  oraliq bo‘g‘inlarning FIKi. 
Uzatuvchi mexanizmlarning uzatish koeffitsienti orqali ifodalasak (15.2) quyidagi ko‘rinishga keladi: 
Aylanuvchi jismlar uchun: 
 
M
M
M
M
i
;
)
.......
(
1
    
                                              (15.3) 
Elementlar  massalarining  inertsiya  momentlarini  keltirish  kinetic  energiyalar  tengligi  asosida 
keltirib chiqariladi. 
Masalan, aylanma va ilgarilanma harakatlanuvchi qismga ega bo‘lgan yuritma inertsiya momentlari 
quyidagicha keltiriladi: 
;
2
2
2
2
2
2
2
2
m
J
J
J
B
m
                                                      
(15.4) 
Bu yerdan: 
;
2
2
2
2
2
2
2
m
J
J
m
J
J
J
B
m
B
m
   (15.5) 
Bu yerda J – keltirilgan inertsiya momenti; 
-
 
motorning va barabanning inertsiya momenti; 
m – 
yukning massasi; 
Elektr yuritma harakatini ifodalari ko‘riladigan masalalarga qarab bir necha xil bo‘lishi mumkin.   
Ko‘pincha  strukturaviy  sxemalarga  asoslangan  uzatish  funktsiyalari  ko‘rinishida  yoki  to‘la  differentsial 
tenglamalarga asoslangan dinamik matematik modellar keng qo‘llaniladi.   
Elektr yuritma asosan ikki qismdan iborat bo‘ladi: 
• 
Asosiy elektr energiya oqimi o‘tuvchi kuch zanjiridan
B
m
J
va
J


212 
 
• 
Boshqaruv operatsiyalari bajariladigan boshqaruv zanjiridan. 
Elektr  yuritmaning  kuch  qismida  elektr  energiyasi  texnologik  mexanizmning  talablariga  muvofiq 
ravishda mexanik energiyasiga aylantiriladi. 
Kuch qismi esa o‘z navbatida elektr va mexanik qismlaridan iborat bo‘ladi.   
1.
 
Elektr yuritmaning elektr qismiga:
 
Elektr energiya o ‘zgartgich kommutatsion apparatlar; 
Elektr motorlar kiradi. 
O‘z navbatida elektr yuritma elektr qismining: 
Kirish parametri – tarmoq kuchlanishi; 
Chiqish parametri esa – elektromagnit moment bo‘ladi. 
2.
 
Elektr yuritmaning mexanik qismiga:
 
• 
Elektr motorning mexanik qismi(aylanuvchan qism); 
• 
Uzatuvchi mexanizmlar; 
• 
Texnologik mexanizmning ishchi organi kiradi. 
Texnologik mexanizmning ishchi organi asosan: 
• 
Aylanma(turbomexanizmlar); 
• 
Ilgarilanma-orqaga(to‘quv dastgohlari, va h.k.); 
• 
Ilgarilanma(lift, konveyer va h.k.); 
• 
Murakkab ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. 
 Elektr yuritmaning mexanik qismini asosan uzatish mexanizmlari tashkil etadi. 
Bularga: 
• 
Aylanish tezligi va yo‘nalishini o‘zgartiruvchi reduktorlar; 
• 
Zanjirli, tasmali va ipli uzatmalar; 
• 
Muftalar va shunga uxshashlar kiradi. 
Ular harakati kinematic sxemalar orqali aniqlab beriladi. Bu sxemalar: 
• 
Bir massali; 
• 
Ko‘p massali kinematik sxemalarga bo‘linadi. 
Real elektr yuritmalarning barchasi ko‘p massali bo‘lib ularni bir massali elektr yuritmaga keltirish 
elektr yuritma mexanikasining asosiy vazifasi hisoblanadi. 


213 
 
Elektr    yuritma  nazariyasida  elektr  motor  bilan  texnologik  mexanizm  qarshilik  momenti  orqali 
bog‘langan.  
Texnologik mexanizmning motor valiga ko‘rsatuvchi ta’siri qarshilik momenti deb aytiladi. Texnologik 
mexanizm qarshilik momentini ishchi organ tezligiga bog‘liqlik grafigiga texnologik mexanizmning mexanik 
xarakteristikasi deyiladi. 
Qarshilik momentlari ikki xil bo‘ladi: 
• 
Reaktiv; 
• 
Aktiv. 
Aylanish tezligi yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘lgan qarshilik momentlari reaktiv momentlar deyladi. 
Bunday qarshilik momentlariga asosan ishqalanish kuchlaridan hosil bo ‘lgan qarshilik momentlari kiradi. 
Harakat yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lmagan qarshilik momentlari aktiv qarshilik momentlari  deb ataladi. 
Bu guruhga asosan potentsial kuchlar ta’sirida vujudga keladigan qarshilik momentlari kiradi. Ko‘tarish-
tushirish transport mexanizmlari, siqilgan prujina ta’sirida hosil bo‘lgan momentlar ushbu guruhga misol 
bo‘la oladi. Bu momentlar motor valini tormozlashi yoki aylantirishi mumkin.  
Qarshilik momentlari motor valiga keltirish formulalari orqali keltiriladi. Bunda tezligi o ‘zgaradigan 
har bir bo‘g‘inda uzatish koeffitsienti hisobga olingan holda birin-ketin ishchi mexanizmdan motor tomonga 
hisoblab  kelinadi.  Bundan  tashqari  har  bir  bo  ‘g  ‘indagi  isroflar  ish  koeffitsientlari  orqali  hisobga 
olinadi[3].  

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish