Yumshoq tavsif. Aylantiruvchi momentning nominal qiymatgacha o‘zgarishida chastotasi
keskin o‘zgaruvchi motor yumshoq tavsifnga ega motor deyiladi. Bunday tavsifga ketma-ket qo‘zg‘atishli
o‘zgarmas tok va maxsus tuzilishdagi asinxron motorlar ega bo‘ladi.
13.7 O‘zgarmas tok motorlarini ishga tushirish Agar tinch turgan motorni elektr tarmog‘iga ulab, unda qarshilik momentidan katta bo‘lgan
aylantiruvchi moment hosil qilinsa, u aylana boshlaydi. Aylanish chastotasining ortib borishi bilan yakorda
184
hosil bo‘ladigan EYuK ham ortib boradi, natijada, yakor toki va, demak, aylantiruvchi moment kamayib
boradi.
Aylantiruvchi moment qiymati qarshilik momentigacha kamayganda, ya’ni