Elektrotehnika va elektronika


 Bir fazali transformatorlarning konstruktiv tuzilishi va ishlash tamoyili



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/256
Sana01.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#297691
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   256
Bog'liq
UphaxUDZs1c53MJuQsuepgecspD0Xy8OHyiIDkeO

10.2. Bir fazali transformatorlarning konstruktiv tuzilishi va ishlash tamoyili.  
 
Transformator  deb  bir  kuchlanishli  o‘zgaruvchan  tokni  boshqa  kuchlanishli  o‘zgaruvchan  tokka 
aylantiruvchi statik elektromagnit qurilmaga aytiladi.  
Kuchlanishning  kuchayishi  o’z  navbatida  tokni  proportsional  kamayitirib,  uzatish  tarmog‘idagi 
quvvatlar isrofi aynan ushbu tokning kvadratiga proportsional  holda kamayadi. Shu sababli barcha elektr 
stansiyalarida kuchaytiruvchi transformatorlar o’rnatiladi. 
Kuch  transformatorlari  (KT)  deb  elektr  energiyasini  qabul  qiluvchi,  uzatuvchi  yoki  tarqatuvchi 
enegiya tizimlarda qo‘llanuvchi transformatorlarga aytiladi.  


123 
 
Transformatorlar  asosiy  va  yordamchi  qismlardan  iborat.  Asosiy  qismga    transformatorlarning 
elektromagnit jarayonlarini vujudga keltiruvchi chulg‘amlar (10.2-rasm. 1) va magnit oqimni kuchaytiruvchi 
magnit o‘zak (10.2-rasm. 2) kiradi. Yordamchi qismlar esa transformatorning quvvati, kuchlanishi, turlari 
va hakozalarga qarab bir necha o’nlab bo‘laklardan iborat. Ular qatoriga moyli transformatorning baklari, 
tarmoqni va chulg‘amlarni bog‘lovchi izolyatorlar va boshqalar kiradi. 
Tok turiga qarab transformatorlar bir fazali, uch fazali va ko‘p fazalilarga bo‘linadilar. Ko‘p fazali 
transformatorlar  chulg‘ami  deb  ma’lum  usulda  o‘zaro  ulangan  hamma  fazalarning  bir  xil  kuchlanishli 
chulg‘amlari majmuasiga aytiladi. 
 
10.2 – rasm. Bir fazali transformatorning magnit o‘zak va chulg‘amlari. 
 
Transformatorlarning  elektr  energiyani  qabul  qiluvchi  chulg‘ami  -  birlamchi,  iste’molchiga 
energiyani  uzatuvchi  chulg‘ami  -  ikkilamchi  chulg‘am  deyiladi.  Nomlariga  o‘xshash,  har  bir  chulg‘amga 
qarashli qiymatlar (masalan, tok, kuchlanish, quvvat, qarshilik va h.k) birlamchi va ikkilamchi qiymatlar 
deyiladi (birlamchi tok, ikkilamchi induktiv qarshilik, va h.k). Transformatorlarning yuqoriroq kuchlanishli 
tarmoqqa ulangan chulg‘ami yuqori kuchlanishli (yu.k.) chulg‘am deyiladi. Kichikroq kuchlanishli tarmoqqa 
ulangan chulg‘ami quyi kuchlanishli (q.k.) chulg‘ami va nihoyat, uch chulg‘amli transformatorlarning yu.k. 
yoki q.k. chulg‘amlariga taaluqli bo‘lmagani  - o‘rta kuchlanishli (o‘.k.) chulg‘am deyiladi. Agar ikkilamchi 
chulg‘am  kuchlanishi  birlamchinikidan  kichikroq  bo‘lsa  transformator  pasaytiruvchi,  aks  holda 
kuchaytiruvchi deyiladi. 
Bitta birlamchi va bitta ikkilamchi chulg‘amli transformator ikki chulg‘amli transformator deyiladi. 
Har bir fazada uchtadan chulg‘ami bo‘lgan, masalan, bitta yuqori kuchlanishli va ikkita quyi kuchlanishli 
yoki teskarisi - bitta quyi kuchlanishli va ikkita yuqori kuchlanishli transformatorlar uch chulg‘amli deb 


124 
 
ataladi.  Bir  fazali  yoki  uch  fazali  transformatorlarning  bir  fazasida uchtadan  ko‘proq chulg‘ami bo‘lishi 
mumkin. Bunday transformatorlar ko‘p chulg‘amli transformatorlar deyiladi. 
Kuch transformatorlari tuzilishi bo‘yicha ikki turga bo‘linadi: moyli va quruq transformatorlar. Moyli 
transformatorlarda  magnit  o‘zak  va  chulg‘amlar  yaxshi  izolyator  va  sovutuvchi  modda  hisoblangan 
transformator  moyi  to‘ldirilgan  idishga  joylashtiriladi.  Transformator  moyi  chulg‘am  izolyatsiyalarini 
havoning zararli ta’siridan ham saqlaydi. 
Ulamali  transformatorlar  deb  transformatsiyalash  koeffitsientlarini  o‘zgartirish  uchun 
chulg‘amlarda maxsus ulamalari bo‘lgan transformatorlarga aytiladi. 

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish