Elektrotehnika va elektronika



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/256
Sana01.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#297691
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   256
Bog'liq
UphaxUDZs1c53MJuQsuepgecspD0Xy8OHyiIDkeO

15.4.3
 
Elektr yuritmalarni tormozlash usullari. 
Elektr  yuritmalarida  elektrik  tormozlash  uchun  elektrodinamik  tormozlash  va  qarshi  ulab 
tormozlash  usullari  qo‘llaniladi.    Energiyani  tarmoqqa  qaytarib  generator  rejimida  tormozlash 
(rekuperativ tormozlash) ko‘pincha juft qutblarni sonini o‘zgartirib asinxron motorlarda qo‘llaniladi.  
Elektrodinamik tormozlash. Bunda yakor zanjiri tarmoqdan uzilib tormozlash reostati orqali qisqa 
tutashtirildi.  EYuK  tufayli  hosil  bo‘lgan  yakor  toki  teskari  aylanuvchi  moment  hosil  qiladi.  Yurgizish 
reostatini pog‘onalarini almashtirishni qaysi parameter funktsiyasida amalga oshirishga qarab uch turga 
bo‘linadi: 1) vaqt funktsiyasida; 2) tezlik yoki EYuK funktsiyasida 3) tok funktsiyasida bo‘ladi. Tormozlashni 
namunaviy elektr printsipial sxemasi 15.10 - rasmda ko‘rsatilgan. 
 
 
 
15.10 – rasm. O ‘zgarmas tok motori EYuK funktsiyasida avtomatik tormozlash sxemasi. 


219 
 
 
Qarshi ulab tormozlash. Bunda motor qisqichlari qutblari o‘zgartirilib teskari tormozlovchi moment 
hosil qilinadi. Tormozlash paytida tormozlash reostati qo‘llaniladi. Tormozlash reostati tormozlash paytida 
vujudga  keladigan  katta  toklarni  cheklaydi.  Tormozlashni  namunaviy  elektr  printsipial  sxemasi  quyida 
ko‘rsatilgan.  Tormozlash  uchun  to‘xtash  tugmasi  St  bosiladi.  Bunda  asosiy  kontaktor  KL  ochilib  motor 
tarmoqdan  uziladi.  Ayni  paytda  blok  kontakt  RT  berkilib  tormozlash  zanjirini  ulaydi.  Motor  dinamik 
tormozlanadi. Motor tezligi kamayganda EYuK kamayadi va yakor zanjiridagi kuchlanish relesi kontaktlari 
ochiladi  va  tormozlash  zanjiri  ham  ochilib  sxema  dastlabki  holatga  qaytadi.  Dinamik  tormozlash  usuli 
elektr yuritma ish rejimi davomida to‘plagan kinetic energiyadan tormozlash uchun foydalaniladi. Bunda 
tormozlash uchun energiya tarmoqdan emas, balki motorning o‘zidan foydalaniladi. Shuning uchun bu usul 
eng samarali usul bo‘lgan uchun elektr yuritmalarda keng qo‘llaniladi.  
Asinxron elektr yuritmalarda dinamik tormozlanishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Buning uchun havo 
oralig‘ida o‘zgarmas magnit maydon bo‘lishi  kerak. Shuning uchun asinxron motorni dinamik tormozlash 
quyidagicha  amalga  oshiriladi.  Asinxron  motor  tarmoqdan  uziladi  va  stator  chulg‘amining  ikki  fazasi 
o‘zgarmas  tok  manbaiga  ulanadi.  Bunda  odatda  tarmoqga  ulangan  to‘g‘rlagichdan  foydalaniladi.  Havo 
oralig‘ida o‘zgarmas magnit maydon hosil bo‘ladi. Motor tezligi nolga teng bo‘lganda rotor EYuK nolga teng 
bo ‘ladi va tormozlash jarayoni tugaydi. 
Asinxron  motorlarda  qarshi  ulab  tormozlash  uchun  stator  chulg‘ami  fazalari  ketma-ketligi 
almashtiriladi.  Buning  uchun  stator  chulg‘amning  ikkita  fazasi  o‘rni  almashtirilib  qayta  ulanadi.  Bunda 
aylanayotgan magnit maydonning yo‘nalishi o‘zgaradi va motor jadal  tormozlanadi. Agar motorni tezligi 
noldan  o‘tayotgan  payt  o‘chirilmasa  motor  teskari  tomonga  aylanib  ketadi.  Buning  oldini  olish  uchun 
tormozlash  zanjiri  tezlik  relesi  orqali  ulanadi  va  tezlik  yo‘nalishi  o‘zgargan  paytda  tormozlash  zanjiri 
uziladi. 
Rekuperativ  tormozlash motorning  tezligi  salt  ishlash  tezligidan  oshib  ketgan  paytda  yuz  beradi. 
Bunda  motor  generator  rejimiga  o‘tadi  va  energiyani  tarmoqga  qaytaradi.  Shuning  uchun  bunday 
tormozlash rekuperativ tormozlash deyiladi. Motor generator rejimiga o‘tganda yo‘nalishini o‘zgartiradi va 
tormozlash jarayoni to tezlik motor rejimiga o‘tguncha davom etadi. Rekuperativ tormozlanish nol tezlikka 
bormas ekan. Bunday tormozlanish ko ‘pincha reaktiv qarshilik momently texnologik mexanizmlarda yoki 
qutblar soni ko‘paytirilganda yuz beradi. Rekuperativ tormozlanishni amalga oshirish uchun maxsus sxema 
qo‘llash  kerak  emas,  balki  bu  jarayon  elektr  mashinaning  xossasidir.  Rekuperativ  tormozlanish 
boshqarilmaydi va yo‘qoib  bo‘lmaydi.  
Elektr  yuritmalarni  tormozlashda  bundan  tashqari  mexanik  bloklagichlar  ham  qo‘llaniladi, 
tormozlanish jarayoni tugagandan so‘ng mexanik tormoz bilan maxkamlab qo‘yiladi [11]. 
 
N a z o r a t  s a v o l l a r i. 
1.
 
“Elektr yuritma” ta’rifi. 
2.
 
Ishlab  chiqarish  agregatlaridagi  elektr  motorlarning  soniga  qarab  elektr 
yuritmalar necha turli bo’ladi?  
3.
 
Guruhli elektr yuritma deb nimaga ataladi? 
4.
 
Yakkalangan elektr yuritma deb nimaga ataladi? 


220 
 
5.
 
Ko‘p motorli
 
elektr yuritma deb nimaga ataladi? 
6.
 
Elektr yuritmalar motor turiga qarab qanday turlarga bo‘linadi? 
7.
 
Elektr yuritma harakatni uzatilishiga qarab qanday guruhlarga bo‘linadi? 
8.
 
Harakat turiga qarab elektr yuritma qanday turlarga bo‘linadi? 
9.
 
Elektr yuritma tezligi yoki holatini rostlash bo‘yicha qanday guruhlarga bo‘linadi? 
10.
 
Elektr yuritma uzatish mexanizmining turiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi? 
11.
 
Elektr yuritmalar avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha qanday gruhlarga bo‘linadi? 
12.
 
O‘tish jarayonlarining parametrlarini ta’riflab bering. 
13.
 
Elektromagnit o‘tish jarayonlari nima? 
14.
 
Elektromexanik o‘tish jarayonlari nima? 
15.
 
Elektrodinamik tormozlash nima? 
16.
 
Qasrshi ulab tormozlash nima? 
17.
 
Rekuperativ tormozlash? 
18.
 
Elektromagnit o‘tish jarayonlari ko ‘rsatkichlarini ayting? 
 
 


221 
 

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish