ELEKTROSTATIKA. Reja:
1. ELEKTROSTATIKA. KULON QONUNI
2. ELEKTR MAYDON KUCHLANGANLIGI
3. NUQTAVIY ZARYAD MAYDONINING KUCHLANGANLIGI. KUCHLANGANLIK CHIZIQLARI. ELEKTR MAYDONLARNING QO`SHILISHI
4. OSTROGRADSKIY-GAUSS TEOREMASI
5. ELEKTROSTATIK MAYDON KUCHLARINING ISHI
6. POTENSIAL. ELEKTR MAYDON KUCHLANGANLIGI BILAN POTENSIALI ORASIDAGI BOG`LANISH
7. ELEKTR MAYDONIDA O`TKAZGICHLAR
8. ELEKTR SIG`IM
9. KONDENSATORLAR. KONDENSATORLARNING ELEKTR SIG`IMI
10. ELEKTR MAYDON ENERGIYASI
11. O`ZGARMAS ELEKTR TOKI
12. ELEKTR YURITUVCHI KUCH
13. OM QONUNI. O`TKAZGICHLARNING QARSHILIGI
14. JOUL-LENS QONUNI
15. MAGNIT MAYDONI. TOKLARNING O`ZARO TA`SIRI
16. BIO-SAVAR-LAPLAS QONUNI
17. TO`G`RI TOK MAYDONINING MAGNIT INDUKSIYASI
18. AMPER QONUNI
19. LORENS KUCHI
Elektrodinamikaning tinch holatidagi elektr zaryadlarini o`rganuvchi bo`limi elektrostatika deb ataladi.
Elektrostatikada ikki tur elektr zaryadlar — musbat va manfiy zaryadlar ko`riladi. Bir xil ishorali elektr zaryad bilan zaryadlangan jismlar bir-birlaridan itariladilar, turli ishorali elektr zaryad bilan zaryadlangan jismlar bir-birlariga tortiladilar.
Jismlarning elektrlangan yoki elektrlanmaganligini aniqlovchi asbobga elektroskop deyiladi.
Elektron eng kichik zaryadga ega bo`lgan zarracha bo`lib, elektron zaryadining qiymatini birinchi bo`lib amerikalik olim D.Milliken aniqlagan. Elektronning zaryadi manfiy bo`lib, uning qiymati qe 1,6∙10-19Kl , massasi esa me 9,1∙1O-31kg ga teng.
Elektronlar qaerdan hosil bo`ladi? Bu savolga javob berish uchun atomning tuzilishini ko`rib chiqaylik. Atomning markazida proton va neytronlardan iborat yadro, atrofida elektronlar harakatlanadi. Butun atom zaryadsiz, chunki yadroning musbat zaryadi hamma elektronlarning manfiy zaryadlari yig`indisiga teng va u elektr jihatdan neytral. Agar neytral jism biror boshqa jismdan elektronlar olsa, manfiy zaryadga ega bo`ladi. Elektronlari yetishmaydigan jism musbat zaryadlangan bo`ladi. SHunday qilib, jism elektronlarini yo`qotgan va ortiqcha elektron olgan taqdirdagina elektrlanadi. Elektr zaryadi yo`qolishi va yana paydo bo`lib turishi mumkin. Lekin doimo ikki qarama-qarshi ishorali ikki elementar zaryad bir vaqtda paydo bo`ladi va yo`qoladi. YOpiq sistemada barcha zarrachalar zaryadlarining algebraik yig`indisi o`zgarmay qolaveradi:
. (1)
Do'stlaringiz bilan baham: |