Kulon qonuni : Vaakumda joylashgan ikki qo’zg’almas nuqtaviy elektr zaryadlarining o’zaro ta’sir kuchi ularning zaryad miqdorlari ko’paytmasiga to’g’ri proporsional va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsionaldir. Qo’zg’almas zaryadlangan jismlar o’zaro ta’sirini ifadalovchi bu qonun Kulon qonuni deb, o’zaro ta’sir kuchi esa Kulon kuchi yoki elektrositatik kuch deb yuritiladi. Elektrositatik kuchning yo’nalishi ta’sirlashayotgan zaryadlarning ishorasiga bog’liq bo’ladi. Bir xil ishorali zaryadlarning ishorasiga bog’liq bo’ladi.
Bir xil ishorali zaryadlar bir-biridan itariladi. Bunda kuch nuqtaviy zaryadlar markazini tutshtiruvchi to’gri chiziq bo’ylab tashqariga yo’nalgan bo’ladi. (a rasm) Turli ishorali zaryadlar esa bir – biriga tortiladi.Bunda kuch zaryadlar markazini tutashtiruvchi to’g’ri chiziq bo’ylab, ichkariga yo’nalgan bo’ladi. (b rasm)
(2-rasm)
Elektr kuch F zaryadlarning massa markazlarini birlashtiruvchi. to’g’ri chiziq bo’ylab yo’nalgan bo’ladi. Bunda bir xil ishorali zaryadlarning o’zaro ta’siri itarishish F>0, (a rasm) har xil ishorali zaryadlarning o’zaro ta’siri tortishish F < 0 kuchi sifatida namoyon bo’ladi. (b rasm)Elektr zaryadlar bir- biriga bevosita tegmasdan ta’sirlashishi , ular atrofida elektr maydon hosil bo’lishini bildiradi . Birinchi zaryadning elektr maydoni ikkinchi zaryadga , ikkinchisining maydoni birinchi zaryadga ta’sir qiladi, Zaryaddan uzoqlashgan sari elektr maydon zaiflasha boradi. Qo’zg’almas zaryadning yoki zaryadlangan jismning maydoni elektrositatik maydon deyiladi. Elektr maydonni bevosita tajribalarsiz ko’ra olmaymi sezmaymiz ham. Uning mavjudligini zaryadlangan jismlarning o’zaro ta’sirlashishiga qarab bilishimiz mumkin.
Elektr maydonning grafik tasviri
Kuch ta’siriga ega bo’lgan elektr maydonni grafik ravishda tasvirlash maqsadida kuch chizig’i degan tushuncha kiritilgan. Faradey bergan ta’rifga ko’ra kuch chizig’i deb shunday yo’nalishli chiziqqa aytiladiki, bu chiziqning har bir nuqtasiga o’tkazilgan urinma, shu nuqtadagi kuchlanganlik yo’nalishiga mos kelishi lozim. (3-rasm)
(3-rasm)
Yuqoridagi ta’rifga binoan , musbat nuqtaviy zaryadlarning kuch chiziqlari radial ravishda zaryaddan cheksizlikka qarab yo’nalgan bo’ladi.
(4-rasm)
Manfiy zaryadning kuch chiziqlari esa cheksizlikdan manfiy zaryadga tomon yo’nalgan bo’ladi.
(5-rasm)
Kuch chiziqlarining asosiy xossalaridan biri shundayki ular hech qayerda bir biri bilan kesishmaydi. Zotan har bir nuqtadan faqat bitta kuch chizig’i o’tkazilishi lozim. Musbat va manfiy nuqtaviy zaryadlarning kuch chiziqlariga nazar tashlaylik. Elektr kuch chiziqlari bir- biri bilan uchrashmaydi, ya’ni ochiq. Buning ma’nosi shuki musbat va manfiy qutbli zaryadlar bir - biridan mustaqil mavjud bo’ladi. Aksincha , zaradli tizim dipol shaklida olinsa quyidagicha bo’ladi . Bu tizimning kuch chiziqlari yopiq bo’ladi.(6-rasm)
(6-rasm)
Ikkita musbat zaryadning kuch chiziqlari musbatdan chiqib, ular hech qayerda kesishmaydi. (7-rasm)
(7-rasm)
Ikkita manfiy zaryadning kuch chiziqlari chiquvchi ular itarishganligi sababli ularning ham kuch chiziqlari kesishmaydi. (8-rasm)
(8-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |