Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


  Kontur  induktivlik  g‘altaklari



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/168
Sana31.12.2021
Hajmi4,26 Mb.
#254890
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   168
Bog'liq
elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini tamirlash manbalari

8.4.  Kontur  induktivlik  g‘altaklari
Uzun va o‘rtacha to‘lqinlar induktivlik g‘altaklari press — kukun
va termoplastik plastmassadan karkaslarda ishlanadi. Materialning
turi,  amalda,  ularning  elektr  parametrlariga  ta’sir  etmaydi,  ularni
tanlash,  asosan,  ishlab  chiqarishning  texnologiyaboplik  darajasi
bilan  aniqlanadi.  Karkaslar  shakliga  ko‘ra  silliq  naychasimon,
gardishli  va  seksiyalarga  bo‘lingan,  chulg‘amlar  esa,  odatda,
ko‘p  qatlamli  bo‘ladi.
«Uyulgan» chulg‘amda gardishli karkaslar ishlatiladi. Kons-
truksiyasining yuqori bikirligini ta’minlovchi va qo‘shimcha gar-
dishlarni  talab  etmaydigan  «universal»  turdagi  chulg‘am  eng
ko‘p qo‘llaniladi. UT va O‘T diapazonidagi g‘altaklar uchun sim
sifatida yakka tolali PELSHO, PELSHD, PEBO va PEB, shu-
ningdek,  PEL  va  PET  simlari  ishlatiladi.  Asillikni  oshirish
uchun  ko‘pincha  ko‘p  tolali,  iðak  tola  izolatsiyali  («linsentrat»)
LESHO simlari ishlatiladi.
UT va O‘T diapazondagi g‘altaklardan ba’zilarining tuzilishi
8.6-a,  b  rasmda  ko‘rsatilgan.  Chulg‘am  uchlarini  karkaslarga
mahkamlash  uchun  shtirlar  4  (shokildalar)  presslanadi,  ularga
dastlab  sim  o‘raladi,  so‘ngra  qalaylanadi.  Chulg‘am  3  li  kar-
kaslar  1  shassiga  vintlar  yordamida  mahkamlanadi  yoki,  agar
ekran  bo‘lsa,  uni  kontur  bo‘yicha  siqib  qo‘yiladi  yoki  gardish-
larning bo‘rtiq joylariga qisib qo‘yiladi.
Bu  hollarda  g‘altaklar  ekran  devoriga  uchi  yumaloqlangan
shpilkalar  (to‘gnag‘ichlar)  yordamida  mahkamlanadi.  SR
(silindrik,  rezbali)  turidagi  o‘zaklar  2  uchun  plastmassa  karkas
naychasida  ichki  rezba  qilinadi.  SSH  (silindrik,  shpilkalarda)


177
o‘zaklari uchun esa rezba ekranning yuqori qismida joylashgan.
UT  va  O‘T  diapazonlar  g‘altaklarida  alsifer,  karbonil  temir,
ferrit  va  magnit  o‘zaklar  ishlatiladi.  Ularning  dastlabki  ikkitasi
yuqori barqarorlikka ega bo‘lib, tez ishlaydi.
Metrli diapazon konturlarida ishlatiladigan qisqa va ultraqisqa
to‘lqinlar induktivlik  g‘altaklari birlik mikrogenri  tartibidagi in-
duktivlikka,  50—100  tartibidagi  asillikka,  1—2  pF  li  xususiy
sig‘imga va foizning o‘ndan bir ulushidagi aniqlikka ega bo‘lishi
kerak.  Buning  uchun  ularga  o‘ramlar  soni  bir-ikki  o‘nlikdan
oshmasligi,  karkas  diametri  10—20  mm  bo‘lishi,  ishlatiladigan
material  esa, kichik    li  bo‘lishi  kerak.
Karkaslarni yuqori chastota dielektriklar IV—B guruh kera-
mikasi,  polietilen, polistiroldan tayyorlanadi.  Yuqori asillik  talab
etilmagan  hollarda  press  kukunlar  (K21-22,  AG-4)  dan  qilin-
gan  karkaslardan  foydalaniladi.  Karkaslar  silliq  nayzasimon
8.6-rasm. Kosasimon ferrit SB karkas o‘zakdagi va polietilen
korpusdagi UT g‘altagi (a), SSH turdagi silindrik o‘zakli silliq
plastmassa karkasdagi ko‘p qatlamli «betartib» chulg‘amli
UT g‘altagi (b), rezbali «universal» turdagi UT g‘altagi (d):
1—karkas; 2—o‘zak; 3—chulg‘am; 4—shtir; 5—korpus.
a
b
d
4
5
3
1
2
1
2
3
4
4
3
2
1


178
o‘yilgan  va  qovurg‘ali  bo‘lishi  mumkin.  Qovurg‘ali  karkaslar
xususiy  sig‘imni  0,5  pF  gacha  pasaytiradi,  o‘yilganlari  esa,
odimli  g‘altaklar  (ariqchalarga  sovuq  holda  zich  o‘rash  yoki
qaynoq  holda  o‘rash,  o‘yimlarga  joylashtirilgan  chulg‘am)  bar-
qarorligini oshiradi.
O‘ram simlari sifatida QT diapazoni g‘altaklarida ikkita tolali
emallangan  PEL,  PELU,  PET  va  emallanmagan  (izolatsiya-
lanmagan) MM hamda MT mis simlari (odimli o‘ramlar uchun)
ishlatiladi. Bu g‘altakdagi simlarning diametri UT va O‘T diapa-
zonlar g‘altaklaridaginikidan,  odatda, 10—20  marta  katta  bo‘lib,
o‘rtacha  olganda  bir  necha  millimetrni  tashkil  etadi.  Shunday
bo‘lishi  sirtqi  effekt  ta’sirini  kamaytirish  maqsadida  asillikni
oshirish  uchun  zarurdir.  QT  diapazonining  ko‘pgina  g‘altaklari
bir  qatlamli  o‘ramga  (yaxlit  yoki  odimli)  ega.
UQT  diapazonida  induktivlik  g‘altaklari  yana  ham  kichik
induktivlikka,  binobarin,  o‘ramlar  soniga  ega.  Ularni,  odatda,
yo‘g‘on  izolatsiyasiz  simni  karkassiz  o‘rash  yo‘li  bilan  tayyor-
lanadi.  QT  va  UQT  diapazonlarining  o‘ziga  xos  g‘altaklaridan
ba’zilarining tuzilishi  8.7- a, d rasmda  ko‘rsatilgan.
8.7-rasm. Silliq naycha karkasdagi yaxlit, QT g‘altagi (a), o‘yilgan
karkasda o‘yiqqa o‘ralgan chulg‘amli O‘QT g‘altagi
 (b) va karkassiz g‘altak (d):
1—karkas; 2—chulg‘am; 3—shassiga o‘rnatilgan elementi.
a
b
d
3
2
1
1
2
3
2
3
1


179

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish