Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/168
Sana31.12.2021
Hajmi4,26 Mb.
#254890
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   168
Bog'liq
elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini tamirlash manbalari

Karkas. U o‘ram uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va o‘ram-
ning  mexanik  mustahkamligi  va  bikirligini,  chiqishlar  va  o‘zak-
ning  mahkamligini  hamda  shassiga  qulay  mahkamlanishini
ta’minlashi  kerak.  Karkas  uchun  material  induktivlik  g‘altagiga
qo‘yilayotgan  talablardan  kelib  chiqqan  holda  tanlanadi,  ya’ni
karkas  dielektrigidagi yo‘qotishlarning  ruxsat  etilgan qiymati  va
tashqi  ta’sirlar  (temperatura,  namlik  va  boshqalar)  natijasida
karkas geometrik o‘lchamlari o‘zgarishi. Katta quvvatli tebranma
konturlarda ishlatiladigan induktivlik g‘altaklari yana elektr jihati-
dan ham mustahkam bo‘lishi talab qilinadi.


163
Induktivlik  g‘altaklari  konstruksiyasi  va  karkas  o‘lchamlari
turlicha  bo‘lishi  mumkin.  Karkaslar  yuqori  chastotali  press
kukunlar,  keramika,  polistirol  va  yuqori  chastotali  dielek-
triklardan tayyorlanadi. Keramikadan yasalgan yig‘ma karkaslar
glazur  yordamida  yopishtiriladi,  so‘ngra  kuydiriladi.  Keramik
karkaslar  uchun  radiofarfor,  ultraradiofarfor  va  steatit  qo‘lla-
niladi.
Karkasdagi  kanavkalar  o‘ramlarni  siljishiga  olib  keladigan
mexanik  ta’sirlarni  kamaytirish  natijasida  induktivlik  barqaror-
ligini oshirishga olib keladi. Kanavkali karkaslarda o‘ramlar uchun
yo‘qotishlarning ortishiga olib keladigan misli kumushlangan izo-
latsiyasiz simlar qo‘llaniladi. Sim chiqishlarini mahkamlash uchun
karkasda yoki tirqish, yoki montajli lepestok hosil qilinadi.
O‘ram.  O‘rta  va  uzun  to‘lqin  diapazonida  ishlaydigan
g‘altaklar, odatda,  linsentrat sim, qisqa to‘lqinli  g‘altaklar uchun
esa  bir  tolali  emallangan  simlar  qo‘llaniladi.  Linsentrat  —  bu
iðak  bilan  izolatsiyalangan,  emal  bilan  qoplangan  diametri
0,07—0,2  mm  bo‘lgan  katta  miqdordagi  (7  tadan  119  tagacha)
mis simlardan o‘ralgan o‘ram.
Ekran. Ba’zi alohida tizimlar orasidagi parazit aloqalarni va
tashqi  magnit  maydonlar  ta’sirini  kamaytirish  maqsadida,  in-
duktivlik g‘altaklari  berk  metall  elektr o‘tkazuvchi  ekranlar  bilan
himoyalanadi.
O‘zgaruvchan  magnit  maydoni  ta’sirida  ekranda  uyurma
toklar  induksiyalanadi.  Ular  o‘z  navbatida  dastlabki  maydonga
qarama-qarshi yo‘nalgan magnit maydon hosil qiladilar. Natijada
g‘altak  tashqi  magnit  maydonining  ta’siri  sustlashadi.  Ekran
materialining  solishtirma  elektr  qarshiligi  qancha  kichik  bo‘lsa,
bu maydon shuncha katta bo‘ladi. Ekran ta’sirida yo‘qotishlar va
g‘altakning  xususiy  sig‘imi  ortadi,  induktivligi  esa  kamayadi.


164
Ekran  tayyorlashda  kichik  elektr  qarshilikka  ega  bo‘lgan  mate-
riallar  —  mis,  latun  va  aluminiy  qo‘llaniladi.
Radio  qabul  qilgich  va  uzatish  qurilmalarida  ko‘pincha
induktivligi  boshqariladigan  g‘altaklar  qo‘llaniladi.  Chunki  ular
keng  diapazon  polosasida  tebranma  konturni  sozlovchi  asosiy
qism  hisoblanadilar.  Bunday  g‘altak  o‘ramlarining  bir  qismi
katta  diametrli  o‘zakka,  qolgan  qismi  esa  —  kichik  diametrli
karkasga o‘raladi. Kichik g‘altak kattasining ichiga joylashtiriladi va
o‘qi katta g‘altak o‘qiga perpendikular joylashgan valikka mah-
kamlanadi, o‘ram chiqishlari esa ketma-ket ulanadi. Valik bural-
ganda  g‘altaklarning  o‘zaro  ta’siri  o‘zgaradi  va  natijada  induk-
tivlik ham o‘zgaradi.

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish