Rulon ko‘rinishidagi konstruksiyalar quruq qog‘ozli, pardali
va elektrolitik kondensatorlarga xosdir. Qog‘oz va pardali
kondensatorlar yoki parda bilan ajratilgan folga qoplamalarni
(qog‘ozning qalinligi 5 mkm dan, pardaniki 10—20 mkm dan,
aluminiy qoplamaniki 80 mkm dan kam emas) birgalikda
rulon holida o‘rab tayyorlanadi. Metall-qog‘oz va metall-pardali
kondesatorlar qoplamalari dielektrikdan qilingan tasma sirtiga
yupqa metall qatlam (mikrometrning yuzdan bir ulushlarida)
qoplash yo‘li bilan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |