Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


  Parametrik  stabilizatorlar



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/168
Sana31.12.2021
Hajmi4,26 Mb.
#254890
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   168
Bog'liq
elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini tamirlash manbalari

10.17.  Parametrik  stabilizatorlar
Nochiziqli  elementlarning  xossalaridan  foydalanib,  kuch-
lanish  (tok)  ni  stabillashni  amalga  oshiradigan  stabilizatorlar
parametrik stabilizatorlar deyiladi.
Parametrik  stabilizatorlarda  kirish  kuchlanishining  yoki
yuklama  tokining  o‘zgarishi  bevosita  nochiziqli  elementga  ta’sir
qiladi.  Chiqish  kuchlanishining  (yoki  yuklama  tokining)  talab


232
qilingan  qiymatdan  o‘zgarishi  nochiziqli  element  VAXining
nochiziqliligi  darajasi  orqali  aniqlanadi.  Nochiziqli  elementlar
sifatida  o‘zgaruvchan  kuchlanish  (tok)  stabilizatorlarida  dros-
sellar  (10.23-rasm),  o‘zgarmas  kuchlanish  (tok)  stabilizatorla-
rida  esa  stabilitron,  stabistor  va  maydoniy  tranzistorlar  qo‘lla-
niladi (10.24-rasm).
O‘zgaruvchan  kuchlanishni  parametrik  stabillash  o‘zga-
ruvchan  tok  uchun  nochiziqli  VAXga  ega  bo‘lgan  nochiziqli
elementlar yordamida amalga oshiriladi. Bunday tafsifga magnit
o‘tkazgichi  to‘yinish  rejimida  ishlovchi  drossel  ega  bo‘lib
(10.23-a  rasm),  bunda  magnit  o‘tkazgichning  to‘yinishiga  mos
keluvchi  a—b  oraliq  drosselning  ish  oralig‘i  hisoblanadi.
Sxemada  to‘yingan  drossel  L2  Z
Y
  yuklamaga  parallel
ulanadi.  Ballast  qarshilik  sifatida  VAXi  chiziqli  bo‘lgan  L1
drossel  qo‘llaniladi.  Sxemaning  ishlash  prinsiði  quyidagicha:
U
kir
 kirish kuchlanishi o‘zgarganda U
chiq
 chiqish kuchlanishi va
L1 chiziqli drosseldagi kuchlanish ortadi. L2 to‘yingan drossel-
dagi tok keskin ortadi. Lekin bunda L1 drosseldagi kuchlanish-
ning  pasayishi  ortadi,  L2  drosseldagi  va  Z
Y
  yuklamadagi
kuchlanish  sezilarsiz  ortadi.
10.23-rasm. Drosselning VAXi (à) va o‘zgaruvchan kuchlanish
parametrik  stabilizatorining sxemasi (b).
U
p
U
p.nom
a
b
U
p.nom
L1
L1
b
a
Z
y


233
Eng  oddiy  o‘zgaruvchan  kuchlanish  parametrik  stabiliza-
torining  afzalligi  oddiyligi  bo‘lsa,  uning  kamchiliklari  FIKning
kichikligi  (0,4...0,6),  stabillash  koeffitsiyentining  kamligi
(KST  10),  shuningdek,  og‘irligi  hisoblanadi.
O‘zgarmas  kuchlanish  parametrik  stabilizatorlarida  nochi-
ziqli  elementlar  sifatida  stabilitronlar,  stabistorlar  va  maydoniy
tranzistorlar  qo‘llaniladi.  VD  stabilitronda  yig‘ilgan  parametrik
stabilizatorning  prinsiðial  sxemasi  10.24-rasmda  keltirilgan
bo‘lib,  R
b
  ballast  rezistorning  qarshiligi  shunday  tanlanadiki,
undagi  kuchlanishning  pasayishi  (0,5...3)  U
Y
  ni  tashkil  qilishi
kerak.  Kirish  kuchlanishi  ortganda  U
chiq
  kuchlanish  ortadi.
Lekin  VD  stabilitrondagi  uncha  katta  bo‘lmagan  U
st
  kuchla-
nishning  o‘zgarishi undagi  tokning  keskin  ortishiga olib  keladi.
Bunda R
b
 rezistordagi kuchlanishning pasayishi ortadi, R
Y
 yuk-
lamadagi kuchlanish esa sezilarsiz o‘zgaradi. Stabilizator kirishi-
dagi  U
kir
  kuchlanishning  o‘zgarishi  R
b
  ballast  rezistordagi
kuchlanishning va stabilitrondagi kuchlanishning o‘zgarishi yig‘in-
disiga teng:
U
kir
= U
Rb
U
st
.
Ballast rezistorining qarshiligi stabilizator qarshiligidan ancha
katta (R
b
>>R
st
) ekanligini e’tiborga olsak, u holda kirish kuch-
10.24-rasm. Stabilitronda yig‘ilgan parametrik  stabilizator
sxemasi (à) va stabilitronning VAXi (b).
R5
VD1
R
y
U
I
a
b


234
lanishining har qanday o‘zgarishi stabilitronning R
st
 qarshiligida
ajraladi va yuklamadagi kuchlanish o‘zgarishsiz qoladi.
Bu  sxemaning  kamchiliklariga  FIKning  kichikligi  (0,3),
stabilizatorning  katta  ichki  qarshiligi  (5...20  Om)  va  chiqish
kuchlanishining  kichik  diapazonga  egaligini  kiritish  mumkin.
Stabilizatorning  afzalliklari  esa  oddiyligi,  ishonchliligi,  hajmi-
ning va massasining kichikligidir.
O‘zgarmas tok parametrik stabilizatorlari toki unga qo‘yilgan
kuchlanishga sezilarli bog‘liq bo‘lmagan nochiziqli elementlarda
yig‘iladi.Bunday  element sifatida  maydoniy tranzistorlar  qo‘lla-
niladi  (10.25-rasm).  Maydoniy  tranzistorlarda  U
zi
=const  bo‘l-
ganda I
s
 sezilarli o‘zgarmaydi.

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish