Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


  Bog‘lanish  g‘altaklari.  Variometrlar



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/168
Sana31.12.2021
Hajmi4,26 Mb.
#254890
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   168
Bog'liq
elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini tamirlash manbalari

8.5.  Bog‘lanish  g‘altaklari.  Variometrlar.
Yuqori  chastotalar  drosseli
Bog‘lanish  g‘altaklari  alohida  zanjirlar  va  kaskadlar  orasida
induktivlik bog‘lanish o‘rnatishda qo‘llaniladi. Bunday bog‘lanish
to‘r va anod zanjirlari, baza va kollektor zanjirlari va boshqalarni
o‘zgarmas  tok  bo‘yicha  ajratish  imkonini  beradi.  Bog‘lanish
g‘altaklariga asillik va aniqlik bo‘yicha qat’iy talablar qo‘yilmaydi,
shuning uchun ularni ingichka simdan ikkita chulg‘am ko‘rini-
shida va iloji boricha kichik o‘lchamda tayyorlanadi. Induktivlik va
induktiv  bog‘lanish  koeffitsiyenti  bog‘lanish  g‘altaklarining  asosiy
parametrlari hisoblanadi.
Induktivlik umumiy qoidalar bo‘yicha hisoblanadi.
Induktiv  bog‘lanish  koeffitsiyenti 
2
1
/
L
L
M

,
bu yerda, L
1
 va L
2
 — bog‘langan g‘altaklar induktivliklari (Gn);
M  —  ular  o‘rtasidagi  o‘zaro  induktivlik  (Gn).
Umumiy holda k bog‘lanish koeffitsiyentini aniqlash ancha
qiyin,  shuning  uchun  ko‘pincha,  uni  chulg‘amlarning  joylashi-
shiga qarab  taxminiy baholanadi  (8.8-  a, e  rasm).
Variometr  —  ishlatilishi  jarayonida  konturlar  chastotasini
qayta  moslash  uchun  induktivlikni  o‘zgartirish  mumkin  bo‘l-
gan g‘altak. Variometrning ishlash prinsiði ikkita g‘altak aylanganda
8.8-rasm.  Chulg‘amli  bog‘lanish  g‘altaklari:
a—ikkita  bir  qatlamli  (k=0,9);  b—bir  qatlamli  va  ko‘p
qatlamli  (k = 0,5);  d—bir  qatlamli  (ikkiga  ayirilgan)  va  ko‘p
qatlamli  (k = 0,7);  e—ikkita  ko‘p  qatlamli  (k=0,3).
a
b
d
e


180
yoki  ilgarilanma  harakatlanganda,  ular  o‘rtasidagi  bog‘lanish
koeffitsiyentining  o‘zgarishiga  asoslangan.  Birinchi  hol  O‘YCH
diapazonidagi uzatuvchi qurilmalarga xosdir. Ketma-ket ulangan
rotor va stator g‘altak magnit maydonlarining yo‘nalishlari mos
kelganligi  yoki  qarama-qarshiligiga  qarab  ularning  umumiy
induktivligi maksimal yoki minimal bo‘ladi (8.9-rasm):
;
2
2
1
max
M
L
L
L



;
2

2
1
min
M
L
L
L


bu  yerda,  L
1
  va  L
2
  —  stator  va  rotorning  induktivligi  (Gn).
8.9-rasm. O‘zagi aylanadigan variometr.
1—rotor; 2—stator.
A-A
0
2
A
1
A
N
1
N
2
L
1
A
Yuqori  chastotali
g‘altak


181
Induktivlikka  qarab  variometr  chastotasining  to‘silish  koef-
fitsiyenti 
min
max
L
L

  bo‘ladi.  Bunday  konstruksiya  uchun
= 45.
Ikkinchi holda (8.10-rasm) g‘altak induktivligini o‘zgartirish
uchun  ferrit  taglik  2  teshigiga  P  simon  ferrit  o‘zak  1  kiritiladi.
To‘silish  koeffitsiyenti   = 1000  bo‘lgan  holda  100  dan  katta
bo‘lishi  mumkin.
Yuqori  chastota  drosseli  —  yuqori  chastota  toki  zanjiriga
uning  qarshiligini  oshirish  uchun  kiritiladigan  induktivlik  g‘al-
tagi. Bunda o‘zgarmas  tok yoki past chastotali  tokning qiymati
o‘zgarmaydi.  Drossellar  yuqori  chastota  kuchaytirgichlari  tok
manbalarining  filtrlash  zanjirlarida  qo‘llaniladi.  To‘sish  xusu-
siyatlarini  oshirish  uchun  drossel  kontur  g‘altaklariga  nisbatan
katta induktivlikka va ancha kichik  sig‘imga ega bo‘lishi kerak.
Drosselning rezonans chastotasi konturda  ajraladigan ish signal
chastotasidan ancha katta bo‘lishi kerak. Bu holda drossel yuzlab
mikrogenri tartibidagi induktivlikda O‘YCH konturlarining yechim
zanjirlarida  samarali  bo‘lishi  mumkin.  Konstruksiyasi  jihatidan
8.10-rasm. Ilgarilama harakatlanuvchi o‘zakli variometr:
1—o‘zak; 2—brusok-taglik.
2
1


182
yuqori  chastota  drossellari  istalgan  karkasga  o‘rash  yo‘li  bilan
tayyorlanishi  mumkin,  masalan,  simsiz  rezistorlar  asosiga,  bir
qatlamli  yaxlit  g‘altaklar  yoki  «universal»  turdagi  g‘altaklar  ko‘ri-
nishida. Sanoatda  ishlab chiqariladigan  drossellar ferrit  sterjen-
lariga o‘raladi va plastmassa bilan presslanadi, ularning induktiv-
ligi yuzlab mikrogenri — birlik milligenrilarni tashkil etadi.

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish