8.2. Asosiy parametrlari
Yuqori chastotali g‘altakning son va sifat ko‘rsatkichlari
bo‘lib uning induktivligi, asilligi, xususiy sig‘imi va induktivlik-
ning temperatura koeffitsiyenti hisoblanadi.
G‘altak induktivligi — asosan, uning o‘lchamlari, shakli va
o‘ramlar soniga bog‘liq bo‘ladi. G‘altak o‘lchamlari qancha katta
va undagi o‘ramlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, induktivlik shuncha
katta bo‘ladi. Bundan tashqari, g‘altak induktivligida unga
kiritilayotgan o‘zak va uni ekranga joylashtirish katta rol o‘ynaydi.
Radiotexnik apparaturada induktivligi mikrogenridan o‘nlab
milligenrigacha bo‘lgan yuqori chastota g‘altaklari qo‘llaniladi.
G‘altakda sochilayotgan energiyani kondensatorlardagi kabi
yo‘qotishlarning tangens burchagini (tg ) orqali ifodalasa
bo‘ladi. Lekin, o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlayotgan g‘altak-
ning ish sifatini yo‘qotishlarning tangens burchagi bilan emas,
balki unga teskari bo‘lgan kattalik — asillik (Q
L
) bilan ifodalash
qabul qilingan.
165
Radioapparaturalarda, odatda, o‘rtacha asillikka ega bo‘lgan
(40—200 tartibdagi) g‘altaklar qo‘llaniladi. Yuqori asillikka ega
bo‘lgan g‘altaklar (300 dan yuqori) faqat maxsus holatlarda-
gina (masalan, o‘tkir rezonans xarakteristikaga ega bo‘lgan kon-
tur va filtrlarda) qo‘llaniladi.
G‘altak o‘ramlari va qatlamlari sig‘im hosil qiladi. Bu
sig‘imni g‘altakka parallel ulangan kondensator, deb qarash
mumkin. G‘altakning bu xususiy sig‘imi uning sifat ko‘rsat-
kichlarini yomonlashtiradi (asillik va barqarorlik kamayadi,
tebranma konturdagi chastota diapazonini egallash koeffi-
tsiyentini kamaytiradi, drossel sifatida ishlatilayotgan g‘altak
ta’sirini yomonlashtiradi). Shu sababli g‘altaklar loyihalashtiri-
layotganda uning o‘lchamlarini kichraytirishga harakat qilinadi.
G‘altakning xususiy sig‘imi ko‘p hollarda uning o‘lchamlari
va o‘rash usuliga bog‘liq bo‘ladi. Katta o‘lchamlarga ega bo‘lgan
g‘altak katta xususiy sig‘imga ega bo‘ladi (asosan, g‘altak diametri
katta ta’sir ko‘rsatadi). Bir qadam oraliqda o‘ralgan bir qatlamli
g‘altaklar (1—3 pF) va universal o‘ramli ko‘p qatlamli g‘altak-
lar (5—30 pF) kichik sig‘imga egadirlar. O‘ramlarni alohida
seksiyalarga ajratish yo‘li bilan ham xususiy sig‘imni kamayti-
rish mumkin.
Atrof-muhit temperaturasi o‘zgarsa g‘altak o‘lchamlari ham
o‘zgaradi, natijada uning induktivligi ham o‘zgaradi. Temperatura
1°C ga o‘zgarganda induktivlikning nisbiy o‘zgarishi induktivlikning
temperatura koeffitsiyenti (ITK) deyiladi. ITKni kamaytirish
uchun maxsus choralar ko‘riladi. Bir qatlamli g‘altaklarda bu
maqsadda keramik materialdan tayyorlangan karkaslar qo‘llaniladi
va o‘rash jarayoni 80—120°C li uzatma yordamida amalga oshiriladi.
Tebranma konturlarda ITK ta’sirini kamaytirish maqsadida
kontur g‘altagiga sig‘imi manfiy temperatura koeffitsiyentiga ega
bo‘lgan termokompensatsiyalovchi kondensator ulanadi.
166
Do'stlaringiz bilan baham: |