Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


  O‘zgaruvchan  sig‘imli  havo



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/168
Sana31.12.2021
Hajmi4,26 Mb.
#254890
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   168
Bog'liq
elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini tamirlash manbalari

7.5.  O‘zgaruvchan  sig‘imli  havo
kondensatorlari
Radio  qabul  qilgich  yoki  radiouzatgich  ish  chastotasini
qayta o‘zgartirish uchun tebranish konturining induktivligi yoki
sig‘imi  o‘zgartiriladi.  Yer  yuzasidagi  qurilmalarda,  ko‘pincha,
konturning  sig‘imi  o‘zgartiriladi.  Buning  uchun  o‘zgaruvchan
havo  kondensatorlaridan  foydalaniladi.  Rotor  plastinalarining
statornikiga  nisbatan  burilish  burchagiga  qarab  ular  orasidagi
sig‘imning  amaldagi  qiymati  o‘zgaradi.  Bunda  o‘zgaradigan
kattalik  plastina  maydoni  hisoblanadi,  tirqish  va  dielektrik
doimiysi esa o‘zgarmay qoladi.
Keng  eshittirish  chastotalar  diapazonida  to‘g‘ri  chastotali,
to‘g‘ri  sig‘imli,  to‘g‘ri  to‘lqinli,  hajmiy  logarifmik  va  chastota
logarifmik  kondensatorlar  ishlatiladi.  Ularda  rotorning  burilish
burchagiga  mutanosib  holda,  mos  ravishda,  chastota,  sig‘im,
to‘lqin uzunligi yoki logarifmik qonunga ko‘ra sig‘im va chastota
o‘zgaradi.
O‘zgaruvchan  havo  kondensatorlari  tuzilishining  asosiy  xa-
rakteristikasi  plastinalar  orasidagi  tirqishdir.  U  kondensa-
torlarning elektrga nisbatan  chidamliligi, barqarorligi, o‘lcham-
larga  nisbatan  qo‘yiladigan  shartlar  va  texnologiya  imkoniyat-
lariga  qarab  tanlanadi.  Uzatuvchi  qurilmalar  uchun  konden-
satorlardagi  millimetrning  o‘ndan  bir  ulushiga  qadar  va  undan
kichik  bo‘lishi  kerak.  Bunda  impulsda  elektr  chidamlilik  va
generatsiya qilinadigan chastotalarning yuqori barqarorligi ta’min-
lanadi,  biroq  o‘lchamlar  keskin  kattalashib  ketadi.  Generatsiya
chastotasi qanchalik yuqori bo‘lsa, plastina shuncha kam kerak
bo‘ladi.  Shuning  uchun  o‘zgaruvchan  sig‘imli  kondensatorlar
KB  (QT)  va  ÓKB  (UQT)  uzatgichlarida  nisbatan  ma’qul  o‘l-
chamlarga ega.


156
Radio  qabul  qilish  qurilmalaridagi  o‘zgaruvchan  kondensa-
torlar  uchun tirqish,  asosan, kichik  o‘lchamlar  olish shartlari  va
barqarorlikka  bo‘lgan  talab  asosida  tanlanadi.  Talab  etiladigan
barqarorlik  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  tirqish  va  kondensatorning
o‘lchami shunchalik katta bo‘ladi. Chastotaning avtomatik mosla-
gichi bo‘lgan qabul qilish qurilmalarida kichik o‘lchamli konden-
satorlar  ishlatish  muhimdir.  Ikkinchi  va  uchinchi  sinf  qabul
qilgichlariga ham shunday talab qo‘yiladi. Biroq texnologiyaning
imkoniyatlari  mumkin  bo‘lgan  minimal  tirqishni  0,15—0,2  mm
qilib cheklaydi. Odatda, tirqish 0,5—1 mm ga teng qilib olinadi.

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish