Elektronika va avtomatika fakulteti «oliy matematika» kafedrasi «fanlar integratsiyasini ta


-§. Muhandislarni tayyorlashda integrativ yondashuvni amalga oshirishning asosiy maqsadlari va mazmuni



Download 313,11 Kb.
bet2/14
Sana05.06.2022
Hajmi313,11 Kb.
#639293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O\'quv-uslubiy qo\'llanma

1-§. Muhandislarni tayyorlashda integrativ yondashuvni amalga oshirishning asosiy maqsadlari va mazmuni





    1. Bo’lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning
      umumiy tavsifi.


Ta’lim jarayonida amalga oshiriladigan integrativ yondashuv asosiy yondashuvlardan hisoblanib, u jamiyatning tashqi talabi, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maktabi va oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisida tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning qat’iy talabi bilan shartlangan. Mamlakatimiz ta’lim tizimi, baholashda akademik me’yorlarga qartilgan G‘arb modelidan farqli o‘laroq, har doim kompetensiyaviyligi, ya’ni kasbiy faoliyat sohasiga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Ilgarigi ta’lim tizimining vazifasi, texnologiyasi kamdan-kam o‘zgaradigan va ishlab chiqaradigan mahsulotlari nomenklaturasi doimiy, ya’ni o‘zgarmas bo‘lgan ommaviy, barqaror ishlab chiqarish uchun mutaxassislarni tayyorlashdan iborat bo‘lgan. Bugungi kunda vaziyat o‘zgarmoqda, texnologiyalar o‘zgarmoqda, ishlab chiqarish rivojlanishga qarab elastik bo‘lib bo‘lmoqda. U boshqa o‘zgaruvchan sharoitlarda mobillikni, akademik va ijtimoiy kompetentlikni namoyish qiluvchi mutaxassisni talab qiladi [71, 52-b.]. Aynan shuning uchun aniq bilim va ko‘nikmalardan tashqari qobiliyat, bilishga tayyorlik, ijtimoiy ko‘nikma va shu kabilarni qamrab oluvchi kompetensiyaviy yondashuvga murojaat qilinadi.


Hozirgi vaqtda muhandislik sohasiga tegishli bo‘lgan bo‘lajak mutaxassislar kasbiy ta’limida texnik tayyorgarlik yetakchi yo‘nalishlardan biri hisoblanmoqda. Kasbiy kompetentlik darajasiga qo‘yiladigan talablarni aks ettirilishi hamda bilishga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish va ijodiy tafakkurni shakllantirish uchun uning asosiy maqsadi nimadan iborat bo‘lishi hamda uning mazmuni qanday bo‘lishi kerak? Bu savolga javob berishda Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti talabalari kasbiy tayyorgarliklari tahlili yordam beradi.
Kafedralarda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish hamda bo‘lg‘usi kasbga tayyorgarlikni amalga oshirishda matematik apparatga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlili - qiziquvchan talabalar uchun matematikaning foydali bo‘limlarini aniqlash imkonini beradi.
Xususan, neft va gaz sanoati muhandis-texnolog mutaxassisini tayyorlash davomida amaliy ko‘nikma va malakalar bosqichma-bosqich shakllantiriladi. Masalan, ta’lim olishning birinchi davrida (I-II kurslar) asosan talabalarning umumiy ta’limga tegishli tayyorgarligi shakllantiriladi; ikkinchi davrida (III-IV kurslar) egallangan ko‘nikmalar takomillashtiriladi va kasbiy malakalar shakllantiriladi, ular xilma-xil, mustahkam, aniq mutaxassislik uchun muhim bo‘lgan namunaviy amallarni qamrab olishi kerak.
Ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan yangi paradigmasini shakllanishi kontekstida oliy ta’limda ta’lim jarayonini tashkil qilishga yangicha yondashuvlardan biri maxsus ta’lim muhitini yaratishdan iborat bo‘lib, u atrofdagi axborot makonida yo‘nalishni erkin aniqlash qobiliyatiga ega faol mustaqil ijodiy shaxsning rivojlanishiga yordam beruvchi sharoitlarni yaratishdir. Zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalari bunday ta’lim muhitini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Oliy ta’lim muassasalari muhandislik ixtisosliklarida ta’lim mazmunini shakllantirishning asosiy bosqichi mutaxassisni tayyorlashga ijtimoiy buyutma bo‘lib xizmat qiladi, xususan, tadqiqotimiz doirasida “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” ixtisosligi bitiruvchisining davlat ta’lim standarti malaka talablariga javob berishidir.
Davlat ta’lim standarti malaka talablari tarkibiga to‘rt bo‘lim kiradi:
1. Neft - gaz sanoati muhandisining bilish darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar.
2. Maxsus fanlar bo‘yicha tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar.
3. “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” mutaxassisligi asosiy kasbiy dasturini o‘zlashtirish natijasida ko‘nikmalarni egallash va tajribaga ega bo‘lishga qo‘yiladigan talablar.
4. Ixtisoslik fanlariga tegishli fanlar bo‘yicha qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar.
Kasbiy tavsiflar tuzilishini tahlil qiladigan bo‘lsak, shuni ta’kidlash joizki, muhandislik ixtisosliklarda xususan, matematikadagi singari mulohaza yuritishning bir xil usullari qo‘llaniladi. Ularning maqsadi aniq vaziyatni tadqiq qilish hamda mustaqil faoliyat, ijodiy tafakkur qobiliyatini rivojlantirishda katta imkoniyatlarni ochib beruvchi asosiy intellektual metod - modellashtirish metodi asos sifatida qaraladi.
Shunday qilib, har bir muhandis, mantiqiy fikr yuritishni, amaliyotda induktiv va deduktiv metodlardan foydalanishni bilishi kerak. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, xususan, matematika fanidan olib boriladigan mashg‘ulotlar muhandis kasbiy tafakkurini shakllanishi va rivojlanishiga yordam beradi.
Ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandis o‘quv faoliyati bilimlarning chuqurlashishi va kengayishiga faqat bilimga ega bo‘lish uchungina emas, balki amaliy, o‘quv-tarbiyaga oid vazifalarni hal qilishga, o‘rganilayotgan fanlar – tabiiy-ilmiy, matematika, umumkasbiy hamda maxsus fanlari barcha majmuining mazmuni ta’limning yaxlit tizimiga kirishi hamda amaliy talablarga javob berishiga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bu esa bo‘lajak muhandis-mutaxassisdan muayyan novatorlikni, fan va texnikaning tutashgan sohalari bilimlaridan foydalangan holda ishlab chiqarish jarayonlaridagi yangiliklardan yaxshi xabardor bo‘lishini talab qiladi. Oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish davomida talabaga ba’zida o‘quv fanni o‘rganishda va ishlab chiqarish amaliyotida olgan bilim stereotipidan chetga chiqish, ijodiy tavsifdagi masalalarni hal qilish kerak bo‘ladi. Bularning barchasi talabani mustaqil ta’lim olishiga rag‘batlantirishi kerak.
Oliy ta’lim muassasasi “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” mutaxassisligi bitiruvchisiga DTS malaka talablariga ko‘ra kasbiy tayyorgarligi darajasiga quyidagi:
- o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun bo‘lajak mutaxassis egallashi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning ilmiy asoslangan ro‘yxati;
- mazkur yo‘nalish bitiruchisi ijodiy faoliyatining tavsifi jihatlari, ular keyinchalik (o‘quv materialni tanlash bosqichida) o‘quv jarayonida mazkur jihatlarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv-bilish vazifalar tipologiyasini asoslab berish kabi talablarni qo‘yadi.
“Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” ixtisosligi bitiruvchisi davlat ta’lim standarti malaka talablari bo‘yicha keltirilgan tahlil, oliy ta’lim muassasasida o‘qishning asosiy maqsadini aniqlash - fundamental nazariy tayyorgarligi bo‘lgan, egallagan bilimlarini amaliy masalalarni ijobiy hal qilish uchun qo‘llashni biladigan muhanlislik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirish imkonini beradi.



    1. Muhandslarni tayyorlashda tabiiy ilmiy va gumanitar, umumkasbiy va ixtisoslik fanlar integratsiyasining pegagogik
      imkoniyatlari.


Tabiiy-ilmiy va matematika fanlaridan bilimlar sifatini ta’minlash va muhandislik-texnik bilimlar majmuini shakllantirish, mutaxassisning ijodiy faolligi, uning kasbiy-bilish qobiliyatlari va qiziqishlarini rivojlantirish, oldida turgan masalalarni hal qilish qobiliyatini shakllantirish uchun ta’lim va o‘qitish mazmuning ahamiyati kattadir. Ta’lim mazmuni - har qanday yo‘nalishdagi mutaxassisni tayyorlashga eng faol ta’sir ko‘rsatuvchi o‘quv jarayonining komponentidir. U o‘quv jarayonining bosa komponentlari: o‘qitish metodlari, ta’limning maqsad va vazifalari, tashkiliy shakl va o‘qitish vositalari bilan bevosita bog‘liq.


Davlat ta’lim standarti malaka talablariga muvofiq, bo‘lajak muhandis kasbiy faoliyatining tahlilini qaraydigan bo‘lsak, u ta’lim umumiy maqsadiga erishishda tabiiy-ilmiy va matematika hamda umumkasbiy fanlari bloklarini o‘quv fanining yetakchi funksiyasini ta’riflash imkonini beradi. Bunda tadqiq qilishning asosiy ob’ekti sifatida faoliyat usullarini, ya’ni ko‘nikma va malakalarni ajratish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Shunday qilib, tabiiy-ilmiy va matematika blokini o‘quv fanlarining “yetakchi fuksiyasiga” binoan, maqsadlaridan biri – talabada faoliyat usullarini, ya’ni bo‘lajak kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni, ya’ni birinchi navbatda, muhandislik jarayonlarni modellashtirishni shakllantirishdan iboratdir.
Bo‘lajak mutaxassislik yo‘nalishi bilan bog‘liq amaliy masalalarni hal qilish uchun modellashtirishdan foydalanish imkonini beruvchi matematikani o‘qitishning tuzilishidagi potensial imkoniyatlar hamda oliy ta’lim muassasasilar texnika ixtisosliklarida matematikani o‘rgatishning real mavjud amaliyoti o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishdan iborat bo‘lgan hamda mazkur kurs integratsion funksiyasining maqsadga muvofiq bo‘lmagan holda amalga oshirilishiga bag‘ishlangan tadqiqotimizning asosiy muammosiga muvofiq, axborot sig‘imi tamoyili tavsifiga murojaat qilamiz. Mazkur tamoyil tabiiy-ilmiy va matematika bloki fanlarini, bir tomondan, rivojlantirishi uchun yetarli darajada keng bo‘lishi, ikkinchi tomondan esa, - talabalar amaliy masalalarni yechishni o‘rganishi uchun masalaning mazmunli bo‘lishini ta’minlash imkonini beradi.
Ilmiy ahamiyat tamoyili tabiiy-ilmiy va matematika, umumkasbiy hamda ixtisoslik fanlar blokidagi fanlarning integratsiyasini ta’minlaydi va modellashtirishning tizim tashkil qiluvchi roli asosida mazkur tadqiqotning asosiy maqsadini, ya’ni oliy ta’lim muassasasi texnik ixtisosliklarida qayd etilgan fanlar integrativ funksiyasini amalga oshirish vositasi sifatida talabalarni muhandislikka oid masalalarni yechishga o‘rgatishning nazariy asoslangan metodikasini ishlab chiqishni hal qilishga to‘g‘ri yondashish imkonini beradi.
Ijtimoiy samaradorlik, intellektual sig‘im, bilish sig‘imi, amaliy ahamiyat mezonlari o‘quv fanlariga qiziqishning ortishiga, ijodiy tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida, talabalarda bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan ko‘nikma va malakalarning shakllanishini ta’minlaydi.
Tajribani ko‘rsatishicha, funksiyalar, ularning xususiyatlarini, chegarasi va uzluksizligi tushunchalarni o‘rganishda tushunchalarga qat’iy ta’rif berishga urinishlar bilan bog‘liq muayyan qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shuning uchun mazkur mavzuni ko‘rib chiqishda ortiqcha formallashtirishdan voz kechish, intuitiv, ko‘rgazmali-grafik tasavvurlarni jalb qilish zarur. Masalan, funksiya chegarasi tushunchasi kiritilganda oldin grafik shaklida ham uzluksiz va ham uzilishga ega funksiyalar grafigini ko‘rib chiqish, funksiya chegarasi - funksiya qiymatlariga oldindan berilgan aniqlik bilan yaqinlashuvchi son ekanligi haqida tasavvurni shakllantirish imkonini beradi. Mazkur mavzuning amaliy yo‘nalishi kontekstida real muhandislik jarayonlar va real hodisalarni funksiyalar, olingan natijalarni talqin qilish yordamida modellashtirish elementlariga urg‘u berilgan.
Material tarkiblashtirilgan bo‘lsa va o‘rganilayotgan ob’ektlar, jarayonlar, hodisalarni ko‘p aspektlarda, bog‘lanishlarini ajratib ko‘rsatgan holda qo‘rib chiqilganda ahamiyatli darajada oson o‘zlashtiriladi. Talabalarning ilmiy bilishning metod va bosqichlari bilan tanishligi talabalarga fanni o‘rgatish jarayonida ilmiy bilim dinamik tarkibiy tuzilishining turli fragmentlari o‘rtasidagi aloqalar va o‘zaro bog‘liqlik munosabatlarini ham umumiy ko‘rinishda, ham aniq nomoyon bo‘lganda namoyish qilish imkoniyatini ko‘zda tutadi.
Qo‘shimcha mashg‘ulotlarda kasbga yo‘naltirilgan topshiriqlarni loyihalashtirish bo‘yicha harakatlar tizimining majmui - o‘qitishda kasbga yo‘naltirilgan topshiriqlarni tanlash va amalga oshirish metodikasini belgilaydi. Taqdim etiladigan bilimlar integratsiyasi funksiyalarini hisobga olish kasbga yo‘naltirilgan topshiriqlarni tanlash va amalga oshirish imkonini beradi, o‘qituvchini: qo‘shimcha mashg‘ulotlarini ishlab chiqish va o‘tkazish; turli kurslardan mavzularni integratsiyalangan ravishda o‘qitishga yo‘naltiradi.
Integratsion yondashuvning bunday shakllari yangi tushunchalar kiritilishini amaliy namoyon bo‘lishini faollashtirish orqali motivlashtrib, real hodisalar tavsiflari matematik tabiatini ochib berish, aniq misollarda taqdim etilayotgan bilimlarning universal tavsifini namoyish qilish imkonini beradi hamda mos ravishda ta’limiy ahamiyat kasb etadi.
Oliy ta’lim muassasasida muhandislik ixtisosligi bo‘yicha talabalar uchun tabiiy-ilmiy va matematika blokining maqsadlari quyidagilardan iborat:
1) ularning dunyoqarashga oid hamda uning texnika fanlari bilan integrativ yondashuvining ahamiyatini talabalar tomonidan anglanishi;
2) matematik tushunchalarni ularning kasbga yo‘naltirilgan talqini va texnikada ulardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan yaxlit o‘zlashtirish;
3) fizik jarayonlarning matematik modellarini qurish;
4) talabalar tomonidan muhandislik fanlarni o‘rganilishi va keyingi takomillashtirilishi uchun ularning matematik tayyorgarligini yetarli darajada ta’minlash.
Oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy ta’limi oldida turgan asosiy maqsadlar hal qilinayotgan bo‘lsa, unda bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi doirasida quyidagilarni bilishlari lozim:
1. Texnik modellarni qurish;
2. Texnikaga oid masalalarni qo‘yish;
3. Kasbiy masalani yechish uchun tegishli metod va algoritmni tanlash;
4. Masalani yechish uchun, zamonaviy hisoblash texnikasidan foydalangan holda, raqamli usullarni qo‘llash;
5. Tadqiq qilishning sifatli matematik metodlarini qo‘llash;
6. O‘tkazilgan tahlil asosida amaliy xulosalar chiqarish [53].
Ko‘pchilik hollarda dastlabki bosqichlarda ta’lim olayotgan talabalari ba’zi fanlarni mavhum fan sifatida qabul qiladilar. Bunday vaziyatni o‘zgartirish uchun mazkur fanlardan tanlangan yo‘nalishga tegishli kasbiy masalalarni yechish bilan bog‘liqligi doim namoyish qilinishi lozim. Quyi bosqich talabalari maxsus fanlar bo‘ycha yetarli hajmdagi bilimlarga ega bo‘lmaganligi va matematik metodlar qo‘llanilishining ahamiyatini baholay ololmasligi sababli, matematikaning umumkasbiy va kasbiy fanlar bloki bilan muayyan integratsiyasi zaruriyati yuzaga keladi, u matematik usullardan muhandislik-texnik faoliyatida to‘liq foydalanish imkonini beradi. Oliy ta’lim muassasalarida kasbga yo‘naltirilgan masalalarni loyihalash va tadqiq qilish metodikasini qo‘llash bunday integratsion yondashuvni amalga oshirish imkonini beradi. Talabalar fanlarni o‘rganishning maqsadga muvofiqligini, birinchi navbatda, ularning kasbiy jihatdan ahamiyatliligi va o‘zlarining mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishi bilan solishtirganlarida, bu hol bugungi kunda yanada muhim ahamiyat kasb etishi namoyon bo‘ladi.
Aniq mutaxassislik bo‘yicha maxsus fanlardan ishchi dastur tuzilganda quyidagilardan foydalanish lozim: ixtisoslikka qo‘yiladigan davlat ta’lim standartlari malaka talablari; o‘quv elementlarining mantiqiy bog‘lanish va shu kabilar.
Oliy ta’lim muassasalari muhandislik ixtisosliklarida texnikaga oid fanlarni o‘qitish tajribasining tahlili asosida ta’limning asosiy maqsadlarini aniqlab olamiz, ular quyidagilardan iborat:
- mutaxassisni tayyorlashga integrativ yondashuv asosida tabiiy-ilmiy va matematika, umumkasbiy hamda maxsus fanlarni o‘qitishning kasbiy yo‘naltirishni doimiy tarzda amalga oshirib borish;
- talabalar fanlardan mustaqil ta’lim olishlari uchun dastlabki shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish;
- maxsus fanlar va umumkasbiy fanlar blokini o‘rganishda matematik apparatdan foydalanish;
- tabiiy-ilmiy va matematik tushunchalarni ularning kasbiy faoliyat sohasi bilan o‘zaro bog‘liqligi orqali o‘rganish;
- talabalarni ilmiy izlanish, tadqiqotga jalb qilish, ijodiy qobiliyatini va mustaqilligini rivojlantirish, o‘quv fanning nazariy asoslarini tanqidiy yondashgan holda anglab tushunishga o‘rgatish;
- masalalarni yechish jarayonining metodik tomonini ta’kidlash, muammoni qo‘yish va uni hal qilish yo‘llari;
- ko‘rgazmali-modelli o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish.
Hozirgi vaqtda texnik oliy ta’lim muassasalarida tabiiy-ilmiy va matematika fanining deyarli barcha asosiy yo‘nalishlari o‘rganiladi. Tabiiy-ilmiy va matematika blokining o‘quv fanlari mazkur yo‘nalish doirasida tayyorlash tanlangan ixtisoslik yo‘nalishi va ta’lim dasturiga bog‘liq bo‘lishi shart.
Demak, taqdim etiladjigan fanlarning maqsadi va mazmuni talabalarni bo‘lajak kasbga tayyorlashga yo‘naltirilgan faoliyat bilan yaxlitlikda ifodalanadi, ya’ni ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsion yondashuv asosida olib borilishi lozim.
Hozirgi vaqtda muhandis kasbiy faoliyati elementlarini modellashtirish imkonini yaratuvchi kasbga amaliy yo‘naltirilgan o‘qitishning turli vositalari mavjud. Shunga qaramasdan, fanlarning o‘ziga xosligi shundaki, muhandis kasbiy faoliyatining texnik jihatini modellashtirishning eng muhim vositasi kasbga amaliy yo‘naltirilgan masalalarni yechishdan iborat. So‘nggi vaqtlarda fanlar bo‘yicha ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va talabalarning mustaqil ishlarida, ya’ni texnikaga oid masalalar bilan yaxlitlikda qo‘llash uchun kasbga amaliy yo‘naltirilgan masalalar o‘quv majmualari yaratilmoqda. Alohida mutaxassisliklar bo‘yicha bunday ishlanmalar yo‘q, bu esa tabiiy-ilmiy va matematika fanlarini kasbga amaliy yo‘naltirilgan tarzda o‘qitish mazmunini yaxshi shakllantirish yo‘llaridan biridir. Bunday majmualar tarkibida talabalar uchun kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaklda ta’riflangan masalalar kiritilgan bo‘lishi kerak, demak, ular talabalar bo‘lajak kasbiy faoliyati ob’ektiga tegishli bo‘lishi lozim.
Shu sababli, bunday mashqlar uchun yetarli ma’lumot taqdim eta oladigan ham umumiy, ham tabiiy-ilmiy va matematika fanlarining alohida sohalari bilan uyg‘unlashgan muhandislik mutaxassiliklari masalalar to‘plamlarini yaratish muhim muammo bo‘lib qolmoqda. Oliy ta’lim muassasalari uchun tabiiy-ilmiy va matematika bloki bo‘yicha o‘quv adabiyotlarning tahlili, muhandislik yo‘nalishi talabalarini o‘qitishda matematikaning boshqa fanlar bilan fanlararo aloqalarining kasbiy amaliyot integratsion yondashuvini metodik ta’minotni ishlab chiqish muammosi dolzarb ekanligini tasdiqlaydi.


2-§. Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishda fanlarning integratsiyasini ta’minlashning o’quv me’yoriy ta’minoti.




2.1. Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish bosqichlari.


Ishlab chiqarish amaliyoti majburiy bo‘lib, talabalarning kasbiy, amaliy va tadqiqot tayyorgarligiga bevosita yo‘naltirilgan mustaqil ish turini ifodalaydi.


Amaliyot-bu amaliy ko‘nikma va qobiliyatlarni rivojlantirish, shuningdek, kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan bog‘liq muayyan turdagi vazifalarni bajarish jarayonida talabalarning malakasini shakllantirishga qaratilgan o‘quv ishlari turi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti nazariy tayyorgarlikni talabalar o‘rtasida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish bilan uyg‘unlashtirish, ularning mehnat bozoriga kirishiga ko‘maklashish, talabalarni amaliyotga qabul qiluvchi korxona va tashkilotlardan kadrlar tayyorlash sifati, shuningdek, o‘quv sifati bo‘yicha fikr-mulohazalarini olishga urinishdir. Mehnat bozorining zamonaviy talablariga javob beradigan mutaxassis bo‘lishi uchun talaba nimani ustida ishlashi kerakligi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun bo‘ladigan ta’lim jarayonidir.
Ta’lim muassasalari ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish uchun ta’lim muassasasining talabalariga ishlab chiqarish amaliyotini amalga oshirish uchun joy ajratish va zarur shart-sharoitlarni yaratish majburiyatini olgan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi, ta’lim muassasasi esa talabani tegishli tashkilotga yuborish va ichki mehnat tartibi va intizomi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti o‘tkaziladigan joyda talabalar ta’lim muassasasi o‘qish jarayonida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va takomillashtiradilar.
Ishlab chiqarish amaliyoti - bu, qoida tariqasida, turli korxonalarda haqiqiy ishlab chiqarish sharoitida amalga oshiriladigan malakali ishchilar va mutaxassislarni tayyorlashning o‘quv jarayonining amaliy qismidir. Ishlab chiqarish amaliyoti davomida nazariy o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar natijalari umumlashtiriladi va aniqlashtiriladi, talabalar berilgan malaka va tanlagan mutaxassislik yoki kasb bo‘yicha amaliy ish qobiliyati va ko'nikmalarini egallaydilar.
Ishlab chiqarish amaliyotidan o‘tish ta’limning dastlabki bosqichlarida kelajakdagi kasbning qanchalik dolzarb va qiziqarli ekanligini, shuningdek, talabaning tanlangan kasbiy faoliyatiga qanchalik mos kelishini aniqlashga imkon beradi.
Amaliyotsiz to‘laqonli bilim olish mumkin emas. Chunki amaliy faoliyat nazariy bilimlar amaliy operatsiyalarni amalga oshirishda qanday yordam berishini aniqlashga imkon beradi.
Ishlab chiqarish amaliyotining asosiy maqsadi kelajakdagi mutaxassisga tanlangan kasbiy faoliyat sohasida ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, ta’lim jarayonida olingan bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llash imkoniyati. Bundan tashqari, iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyatining turli sohalarida: hujjatlarni yuritishda; dastgohlarda ishlash ko‘nikmalarini egallash; maxsus kompyuter dasturlari bilan ishlash va h. k.
Ishlab chiqarish amaliyoti tufayli amaliyotchi kelajakdagi kasbiy faoliyat asoslari bilan tanishadi. Bo‘lajak kasbiga o‘zining tayyorgarlik darajasini belgilaydi.
Amaliyot davomida mustaqil tahlil qilishni o‘rganish, ishlab chiqarish ob'ekti faoliyatini o‘rganish, uning keyingi faoliyatining muammolari va istiqbollarini aniqlash, ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z ratsionalizatorlik takliflarini taklif qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ushbu takliflar ko'pincha amaliyotchining hisobotida aks ettiriladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti korxona rahbarlariga yangi kadrlar bilan yaqindan tanishishga yordam beradi, agar ular bunga loyiq bo‘lsa, ta’lim muassasasi yakuniga ishga taklif qilishda yordam beradi. Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin kafolatli taqsimlash tizimi ishlamay qolgan bo‘lsa bugungi kunda aynan ishlab chiqarish amaliyotida talabaga o‘zini ko‘rsatish va isbotlash imkoniyati yaratilmoqda.
Talabaning barcha ilmiy va amaliy faoliyati bevosita hisobot ishi mavzusi bilan bog‘liq bo‘lib, talaba amaliyot tugagandan so‘ng uni topshirishi kerak. Unda talaba ishlab chiqarish amaliy faoliyatining maqsadlarini ham ko‘rsatadi.
Agar ko‘zlangan maqsadlar amalga oshirilsa, yakunda talaba nafaqat kasbiy ko‘nikma va malakalarni egallashi, balki amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot tuzishi, shuningdek, tanlangan mavzu bo‘yicha bitiruv malakaviy ishi loyihasini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilish kerakki, ishlab chiqish amaliyoti zarur va dolzarbdir. Talaba kelajakda malakali mutaxassis bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, u holda oliy o‘quv yurtida o‘qish amaliy faoliyat bilan birga olib borilsa o‘z maqsadiga erishishi mumkin.
Ishlab chiqarish amaliyoti oliy ta’lim muassasi tashabbusi orqali tuzilgan korxona va tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tashkil etiladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • individual vazifani amaliyotning ish jadvalida belgilangan muddatlara bajarish;

  • o‘quv jarayonida olingan asosiy va maxsus bilimlarni amaliyotda qo‘llash;

  • talaba ishlagan hujjatlarni ilova qilgan holda amaliyotga yo‘naltirilgan natijalar va xulosalarni o‘z ichiga olgan amaliyotni o‘tash to‘g‘risidagi yakuniy hisobotni shakllantirish.

Amaliyotni boshlashdan oldin barcha talabalarga oliy ta’limda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti talabalarning malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi va amaliyotning barcha turlarini qamrab olgan dastur asosida amalga oshiriladi. Amaliyot turlari o‘rtasida ma’lum bir uzluksizlik kuzatiladi, bunga amaliy dasturlarni tegishli ravishda qurish va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida nazariy bilimlarni izchil mustahkamlash orqali erishiladi.
Uzluksiz amaliy mashg‘ulotlar yordamida korxonalar (tashkilotlar) ishini bosqichma-bosqich o‘rganish, ilg‘or mehnat va boshqaruv usullarini o‘zlashtirish, kasbiy ko‘nikmalar va ishlab chiqarish jamoasida ishni tashkil etish bo‘yicha tajriba orttirish orqali oliy ta’lim muassasasida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish orqali ishlab chiqarish amaliyotining asosiy maqsadiga erishiladi.
Malakaviy amaliyotni asosiy maqsadi nazariy olgan bilimlarni mustahkamlash, kurs ishlari bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni to‘plash, korxonaning texnikaviy tuzilishi va unda faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimini o‘rganish, korxonaning ishlab chiqaradigan mahsulotlari va ishlab chiqarish ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, maxsus ko‘nikmalarni rivojlantirish, amaliyot joyida individual topshiriqlarni bajarish uchun tashkiliy, uslubiy va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishni o‘rganish va unda ishtirok etish, amaliyot o‘tash joyidagi korxona yoki tashkilotda bajariladigan asosiy ishlar mazmuni bilan tanishish, neft va gazni qazib olish va uni qayta ishlash sohasidagi ilg‘or usullarni o‘zlashtirish iborat.
Talaba ishlab chiqarish amaliyoti davrida asosiy e’tibor sifatli ma’lumot to‘plashga qaratilishi lozim. Buning uchun kafedradan va ishlab chiqarishdan yuqori malakaga ega bo‘lgan rahbar o‘qituvchilar ta’yinlanadi. Ular talabaga amaliyot bo‘yicha qo‘yilgan topshiriqlarni hal qilishga kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni to‘plash va ishlov berishga maslahatlar berishadi.

Download 313,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish