Электроника ва автоматика факультетининг «Радиотехника ва касб таълими» кафедрасида 5522000 – Радиотехника ва 5140900 – Касб таълими ихтисосида таълим олувчи талабалар учун «аналог электрон šурилмалар схемотехникаси»



Download 358,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana27.06.2021
Hajmi358,52 Kb.
#103133
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-amaliy

O‘lchash  vositasini  darajalash  -  o‘lchash  vositasining  darajalash  tavsifini 

aniqlashdir. Ba’zi hollarda darajalash jadvallari yoki grafiklari tuziladi. 

Qoida  bo‘yicha,  yuqori  aniqlikdagi  qator  o‘lchash  vositalari  uchun  o‘lchash 

natijalarini  aniqlanishi  uchun  kiritiladigan  tuzatishni  topish  zarur  bo‘ladi.  Buning  uchun 

o‘lchov  bilan  qayta  yaratilgan  kattalikning  xaqiqiy  qiymati,  yoki  o‘lchash  asbobini 

shkalasidagi  belgilarga  tegishli  yoki  o‘lchash  o‘zgartkichlarini  chiqish  signaliga  tegishli 

kattaliklarning haqiqiy qiymatlari aniqlanadi. Bunday metrologik amal (proqedura) o‘lchash 

vositalarini  kalibrlash  deyiladi.  Kalibrlash  o‘lchash  vositalarining  haqiqiy  metrologik 

tavsiflarini aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan amallar 

majmui. 

Kalibrlash  natijalari  o‘lchash  vositasi  ko‘rsatadigan,  o‘lchanayotgan  kattalikning 

haqiqiy  qiymatlarini  yoki  uning  ko‘rsatuvlariga  kiritiladigan  tuzatishlarni  aniqlashga  yoki 

bu vositalarning xatoligini baholashga imkon beradi. 

O‘lchash vositalarining belgilangan texnik talablarga mosligini aniqlash va tasdiqlash 

maqsadida  davlat  metrologik  xizmati  idorasi  yoki  bu  ishga  vakolatli  boshqa  idoralar 

(tashkilotlar)  tomonidan  bajariladigan  amallar  majmui  o‘lchash  vositalarini  qiyoslash 

deyiladi. 

SHunday  qilib,  o‘lchash  vositalarini  darajalash,  kalibrlash,  qiyoslash  bilan  kattalik 

birligi o‘lchamlarini o‘lchash vositalariga uzatish amalga oshiriladi. Bu metrologik amallar 

berilgan  o‘lchash  vositalari  yordamida  olingan  kattalik  qiymati,  shu  kattalikka  tegishli 

aniqroq ma’lum qiymati bilan solishtirib o‘tkaziladi. 

Bu  amallar  (proqedura)  o‘lchash  vositalarini  yuqori  aniqlikdagi  o‘lchash  vositalari 

bilan  solishtirilishi  natijasida  birlik  o‘lchamlari  tegishli  etalonlarda  qayta  yaratilgan  va 

(yoki) saqlanadigan birlik o‘lchamiga keltiriladi. 

O‘lchash  vositalarini  darajalashda,  kalibrlashda,  qiyoslashda  davlat  etalonlari 

qo‘llanilmaydi. 

Bu unikal vositalar davlatni texnik mustaqilligining asosi, milliy iftixori hisoblanadi. 

SHuning  uchun  kattalik  birligini  markazlashtirilgan  qayta  tiklashda  yuqori  talabli, 

metrologik o‘zaro tobe, ierarxik birlik o‘lchamlarini uzatish tizimi yaratilgan (6.3-rasm). 

Bu  tizimda  birlik  o‘lchamlari  etalonlardan  (3-rasmda  ko‘rsatilganidek  ishchi 

etalonlardan) maxsus mo‘ljallangan namunaviy o‘lchash vositalari yordamida uzatiladi. 

Namunaviy  o‘lchash  vositalarining  o‘ziga  xos  xususiyligi  shundan  iboratki,  bu 

o‘lchash  vositalari  faqat  birlik  o‘lchamlarini  uzatish  amallarida  ishlatiladi.  Namunaviy 

o‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlarini (tavsiflarini) uzoq muddatli barqarorligini 

ta’minlash maqsadida ularni boshqa maqsadlarda ishlatish man etiladi. 




Birlik  o‘lchamlarini  uzatish  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  o‘lchashlar  uchun 

qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari ishchi o‘lchash vositalari deb ataladi. 

Ulchash  vositalarini namunaviy  va ishchi vositalarga bo‘linishi, qandaydir darajada, 

shartli  bo‘lib,  o‘lchash  vositalarining  faqat  metrologik  vazifasidan  aniqlanadi  va  ko‘p 

hollarda, ularning konstruktiv yoki boshqa xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Faqat juda 

kam  (chegaralangan  sondagi)  sonli  o‘lchash  vositalarining  turlari  maxsus  loyihalanadi  va 

namunaviy  o‘lchash  vositalari  sifatida  ishlab  chiqariladi.  O‘lchash  vositalarining  asosiy 

massasi  ularning  metrologik  funksiyasini  ko‘rsatmasdan  ishlab  chiqariladi.  Keyin 

ekspluatatsiya  jarayonida  o‘lchash  vositalarining  konkret  nusxalari  namunaviy  o‘lchash 

vositalari sifatida qo‘llanilishi uchun tanlab olinadi. 

O‘lchash  vositalarini  namunaviy  o‘lchash  vositalari  sifatida  tasdiqlash,  davlat 

metrologik  xizmati  organi  tomonidan  bu  o‘lchash  vositalarini  metrologik  attestatlash 

jarayonida ularning xossalarini har tomonlama tekshirish asosida amalga oshiriladi. 

O‘lchash  vositalarini  namunaviy  o‘lchash  vositalari  (NUV)  sifatida  tasdiqlashda 

asosiy  belgilovchi  kriteriyasi  bo‘lib  metrologik  tavsiflarining  vaqtli  barqarorligi  va  boshqa 

nusxadagi  bir  turli  o‘lchash  vositalariga  nisbatan  xatolikning  tasodifiy  tashkil  etuvchisini 

kichikligi hisoblanadi. 

O‘lchash  vositalarining  metrologik  xossalarining  barqarorligi  ko‘pincha  ularni 

ekspluatatsiya qilish intensivligi bilan aniqlanadi, shuning uchun hattoki yuqori aniqlikdagi 

ishchi  o‘lchash  vositalarini  muddatidan  oldin  metrologik  attestatlamasdan  birlik 

o‘lchamlarini uzatish amallarida ishlatish man etiladi. 

Namunaviy  o‘lchash  vositalari  o‘zaro  metrologik  tobeligi  bo‘yicha  va  demak, 

aniqligi  bo‘yicha  toifalarga  bo‘linadi.  Birlik  o‘lchamini  bevosita  (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) 

etalonlardan  olinadigan  namunaviy  o‘lchash  vositalari  birinchi  toifali  etalonlar  deb 

hisoblanadi, keyin aniqligi pasayishi bo‘yicha ikkinchi, uchinchi va h.k. toifali etalonlar deb 

yuritiladi. 

Namunaviy  o‘lchash  vositalari  toifalarining  soni  va  har  qaysi  toifadagi  namunaviy 

o‘lchash vositalari (NO‘V) ning soni birlik-o‘lchamini barcha o‘lchash vositalariga uzatish 

uchun etarli bo‘lish kerak. 

SHuni  ta’kidlash  kerakki,  birlik  o‘lchamini  bir  o‘lchash  vositasidan  boshqasiga 

uzatishni  har  bir  bosqichida  xatoliklarni  to‘planishi  kuzatiladi.  SHuning  uchun,  qanchalik 

namunaviy  o‘lchash  vositalarining  toifalari  soni  ko‘p  bo‘lsa,  shunchalik  past  aniqlikni 

kafolatlash mumkin va aksincha, namunaviy o‘lchash vositalarini toifalari soni kam bo‘lsa, 

birlik  o‘lchamini  operativ  tarzda  ta’minlash  maqsadida  har  bir  toifali  namunaviy  o‘lchash 

vositalarining  sonini  ko‘paytirish  kerak  bo‘ladi.  Bu  holda  etalonni  ishlatilishini 

intensivligini  oshiradi,  bu  esa  etalonning  talab  etiladigan  metrologik  xususiyatlarini 

muddatidan oldin buzilishga olib keladi. 

SHuning uchun namunaviy o‘lchash vositalarining toifalarini optimal sonini aniqlash 

o‘lchanadigan  kattaliklarning  har  biri  uchun  murakkab  texnik-iqtisodiy  masala  bo‘lib 

hisoblanadi. 

Namunaviy o‘lchash vositalarining toifa sonini aniqlashda etalonni aniqligi bo‘yicha 

zapasi,  ekspluatatsiya  qilinadigan  o‘lchash  vositalarining  har  bir  aniqlik  darajasi  bo‘yicha 

umumiy soni va o‘lchash vositalarining vazifasi, shu o‘lchash vositalari yordamida nazorat 

qilinadigan maxsulot narxi va ishchi o‘lchash vositalarining talab etiladigan aniqligi hisobga 

olinadi. 




 

SHunday tartibda, birlik o‘lchamini uzatish strukturasi har bir o‘lchanadigan kattalik 

uchun  MI  83-78  xolatiga  muvofiq  shakllantiriladi  va  maxsus  sxema  qiyoslash  sxemasi 

ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. 




Download 358,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish