6.3. Tok boʻyicha ruxsat etilgan oʻzgartgich ishchi oʻta yuklanishlarini hisoblash
Oʻta yuklamalar ishchi va anomal rejimlar (ishga tushirish, mexanizmlarning nosozligi va shu kabilar)da yuzaga kelishi mumkin. Ularning yuzaga kelish mumkinligi vaqt funktsiyasida aniqlanadigan ishchi yuklanishlar xarakteristikalari boʻyicha baholanadi, ya’ni p-n oʻtishning ruxsat berilgan harorati oshmaydigan ruxsat berilgan tok miqdori. Ventilning ruxsat berilgan yuklanish toki oʻzgartgichning oldindan belgilangan yuklamasi va sovutish shartlariga bog‘liq. Avvalgi rejimda oʻzgartgich orqali Id toki oqadi, faza ventillari orqali Iv toki oqadi, bu tok p-n oʻtishni Tp haroratigacha qizdiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |