Elektronika va asbobsozlik


– rasm. To‘yinmaydigan kuch transformatorli avtogenyerator



Download 3,8 Mb.
bet20/51
Sana31.01.2022
Hajmi3,8 Mb.
#420226
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
Bog'liq
yangiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii

1.7 – rasm. To‘yinmaydigan kuch transformatorli avtogenyerator.


Yangi o‘rnashan jarayon Tr2 transformator to‘yinish rejimiga kirmagunga qadar saqlanib turadi. Shu vaqtda ham yuqorida ta’kidlab o‘tilgan tranzistorlarni ko‘chkisimon uzib – ulanishlari boshlanadi, buning natijasida sxema boshlang‘ich xolatga keladi: T1 tranzistor ochiq, T2 tranzistor yopiq.
Avtogenyeratordagi tranzistorlarning uzib – ulanish jarayonlari va avtogenyerator chiqish kuchlanishini qutblarini o‘zgarishi davriy haraktyerga ega. R1, R2 rezistorlardan va S1 kondensatordan tashkil topgan zanjir ushbu avtogenyeratorning dastlabki o‘zini qo‘zg‘otish jarayonini osonlashtirish uchun xizmat qiladi. Uning kirishiga ta’minot kuchlanishini byerilishi momentida S1 kondensator va R1 rezistor orqali oqib o‘tayotgan tok ushbu zanjirda katta kuchlanish tushuvini vujudga keltiradi. Ushbu kuchlanish ikki tranzistorlarning bazalari va emittyerlari orasiga yuklanadi, bu esa dastlabki baza toklarining katta qiymatini oqib o‘tishga ta’minlaydi. Natijada avtogenyeratorni qo‘zg‘olish shartlari ancha engillashadi va uning ishonchli ishlab ketishi ta’minlanadi. Avtogenyeratorlarni o‘z – o‘zini qo‘zg‘otish shartlari xaqidagi ma’lumotlarni maxsus adabiyotlarda topish mumkin. Shuni ta’kidlash kyerakki kremniyli dreyf kuch tranzistorlarida bajarilgan avtogenyeratorlar gyermaniyli dreyfsiz tranzistorlarda bajarilgan avtogenyeratorlardan yomonroq ishga tushishi bilan farqlanadi.
1.7 - rasmdagi sxemadan Tr2 to‘yinuvchi transformator Tr1 transformatorni yordamchi o‘ramlarining chiqishlariga ulanmasdan uning birlamchi o‘ramiga parallel qilib ulanganligi bilan farqlanadi. Bunda kuch transformatorining sxemasi uning o‘ramlar soni qisqarishi xisobiga ancha soddalashadi, lekin to‘yinuvchi transformator birlamchi o‘ramining zanjiriga ulangan R4 rezistordagi quvvat yo‘qotilishlari ancha ortib kyetadi.
Shuni ko‘rishimiz mumkinki, sxemaning dastlabki xolatida T1 ochiq tranzistorning baza toki R1 rezistor va DN drossel orqali oqib o‘tayotgan toklar ayrimasiga teng. Dr drossel to‘yinmaganda undagi tok juda kichik va qiymati bo‘yicha R1 rizstordagi tokdan ko‘p marotaba kichik. Ushbu maqsadda to‘yinuvchi drosselning magnit o‘tkazuvchi magnitlanish xalqasi to‘g‘ri burchakli bo‘lgan magnit matyerialdan tayyorlanadi. Misol uchun 79 NM markali pyermoloiddan.
DN drossel to‘yinganda undagi tok keskin o‘sishni boshlaydi va R1 rizstordagi tokdan kattaroq bo‘ladi, bu esa o‘z navbvtida T1 tranzistorning baza tokining oqish yo‘nailishining o‘zgarishiga olib keladi. Boshqvchv qilib aytganda baza o‘ramidan musbat potensial D4 diod va to‘yingan DN drossel orqali T1 ochiq tranzistor bazasiga uning emittoriga nisbatan yukldanadi. Bu T1 tranzistorni yopilishiga olib keladi va musbat teskari bog‘lanish ta’siri xisobiga T2 tranzistorni ochilishiga olib keladi. Bu vaqtda transformator o‘ramlaridagi kuchlanish qutbi qarama qarshisiga o‘zgaradi.
DN drossel o‘ramlari transformatorning boshqa baza o‘ramlariga D1 diod va T2 tranzistorni ochiq bo‘lgan emittor baza o‘tishi orqali ulanadi, shunda ham yuklangan kuchlanish qutbi dastlabki xolatga nisbatan qarama- qarshi bo‘ladi. Ushbu kuchlanish ta’siri ostida DN drosselning magnit o‘tkazgichi qayta magnitlansa, drossel yana to‘yinish rejimiga kiradi, yopuvchi siljish kuchlanishi D1 diod va to‘yingan drossel orqali T2 ochiq tranzistorli baza va emittor orasiga yuklanadi. Tranzistor yopiladi va sxea dastlabki xolatga qaytadi. Keyinchalik avtogenyeratordagi tranzistorlarni uzib – ulash jarayonlari va chiqish kuchlanishlari qutblarini o‘zgarishlari davriy ravishda qaytadi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan to‘yinmaydigan kuch transformatorli avtogenyerator sxemasi uchun kuch tranzistorlarning uzib ulanishi ochiq tranzistorlarning kollektoridagi tokning oshishidan emas (bu holatda to‘yinmaydigan kuch transformatorli avtogenyeratorlaga joriy) balki ularning baza tokining kamayishidan boshlanadi. Shu tufayli bunday qurilmalarda kuch tranzistorlarining kommutasion yuklanib ketishlari bo‘lmaydi. Ko‘rib o‘tilayotgan avtogenyeratorlardagi kommutasion jarayonlar haraktyeri xaqida ushbu jarayonlarni sifatini haraktyerlovchi parametrlarni hisoblash xaqida va bunday qurilmalarni yuqori chastotalarda ishlash xususiyatlari xaqidagi ma’lumotlarni talabalar tranzistorli kuchlanish invyertorlariga bag‘ishlangan adabiyotlardan topishlari mumkin.
Zamonaviy radioelektron apparaturadagi ikkilamchi elekt ta’minot manbalaridagi to‘yinuvchi kuch transformatorli tranzistorli avtogenyeratorlar kam quvvatli yuqori chastotali invyertorlar sifatida keng amaliy qo‘llanilishga ega bo‘ldi. Bunday avtogenyeratorlarni o‘zgartirish chastotasi 20 – 50 kGs gacha bo‘lgan 10 – 20 Vt yuklama qarshilikli yuklamalarga ishlatish maqsadga muvoffiqdir.

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish