Bog'liq yangiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii
1. 3. To‘yinmaydigan kuch transformatorli avtogenyeratorlar Kuch transformatorining to‘yinishi va kuch tranzistorning kommutasiyasi yuklanib ketishini paydo bo‘lishi yuqorida ko‘rib o‘tilgan avtogenyeratorlarning katta kamchiligi xisoblanadi. Kuch transformatorning to‘yinishini yo‘qotish uchun avtogenyerator sxemasigakuch transformator to‘yinishiga qadar tranzistorlarning uzib – ulanish jarayonini ertaroq boshlab yuboruvchi qo‘shimcha elementlarni qo‘shish kyerak bo‘ladi [23-25]. 1.7, a, b – rasmda tasvirlangan sxemalardagi kuch transformatori Tr1 va tranzistorlarning baza zanjirlari orasiga kichik quvvatli to‘yinuvchi transformator ulangan. 1.7, a – rasm sxemasida yig‘ilgan avtogenyerator misolida bunday avtogenyeratorlar ishlash prinsipi ko‘rib o‘tamiz. Faraz qilaylik, avtogenyeratorni dastlabki xolatida T1 tranzistor ochiq, T2 tranzistor esa yopiq bo‘lsin. Shartli ravishda nuqta bilan belgilangan transformatorning birlamchi o‘ramining boshi ta’minot manbaining musbat qutbiga ulangan; to‘yinayotgan transformatorni chiqish o‘ramidagi kuchlanish qutbi 1.7, a – rasmda tasvirlangan qutbga ega bo‘ladi. Ochiq T1 tranzistor bazasiga uning emittyeriga nisbatan manfiy potensial yuklangan, ushbu xolat tranzistorni ochiq xolatda ushlab turadi. T2 tranzistor bazasiga uning emittyeriga nisbatan musbat potensial yuklangan, ushbu xolatda ushlab turadi. Sxemani ushbu xolati Tr2 transformatorni to‘yinishi ro‘y byermaguncha ushlanib turadi. Tr2 transformator to‘yingandan so‘ng salt yurish tokining oshishi boshlanadi, bu esa o‘z navbatida transformator birlamchi o‘ramining zanjiriga ulangan R3 rezistordagi kuchlanish tushuvini oshirib yuboradi va Tr2 transformator chiqish o‘ramlaridagi kuchlanishni kamaytiradi. Oxirgisi ochiq bo‘lgan T1 tranzistor baza tokining kamayishini keltirib chiqaradi va T2 tranzistor kirishidagi yopilish siljishini kamayishiga olib keladi. Ochiq tranzistorni T1 to‘yinish rejimi buzulishi natijasida unda kuchlanish oshishni boshlaydi, bu esa transformator Tr1 o‘ramlaridagi kuchlanishni kamayishiga olib keladi. 1 o‘ramda kuchlanish kamayishni boshlaganda, Tr2 to‘yingan transformator o‘ramidagi kuchlanish unda to‘plangan elektromagnit enyergiya evaziga sakrashsimon tarzda qutbini o‘zgartiradi – endi T1 tranzistor bazasiga yopuvchi potensial T2 tranzistor bazasiga esa ochuvchi potensial yuklanadi. Tr2 transformator o‘ramlaridagi kuchlanishlarni o‘zgarishi tranzistorlarni ko‘chkisimon uzib – ulash jarayonini boshlanishini keltirib chiqaradi, bu esa T1 tranzistorni to‘liq yopilishiga, T2 tranzistorni ochilishiga va Tr1 transformator o‘ramlaridagi kuchlanish qutblarini o‘zgarishiga olib keladi.