1.5-rasm. TatNIPIneft institutining neftni va gazni yig’ish va tashishini bir quvurli texnologik sxemasi:
1 – quduq; 2 – nasos–kompressor; 3 – massali sarf-o’lchagich; 4 – birinchi pog’ona ajratish trapi; 5 – ikkinchi pog’ona ajratish trapi; 6 – nasoslar; 7 – xom- ashyo rezervuarlari.
Qatlamning bosimi yoki quduqda botma nasosda o’rnatilgan bosim gazneft aralashmasini markaziy konning inshootiga tashib berishda yetarli bo’lmaganda neftuzatmasining trassasiga nasos kompresorlar o„rnatiladi (hajmiy vintli yoki ratatsion bosimli) va aralashmani qayta haydaydi. Kon inshootining markaziy maydonida qabul qilingan ajratish pog’onalari soniga mos keladigan neftni ajratish uchun (aniq sharoitdan kelib chiqib va neftning fizik-kimyoviy xossasiga bog’liq holda) trap qurilmasi o„rnatiladi.
BashnIPIneft institutining ejektorli sxemasi 7-rasmda keltirilgan. Bu qurilmaning asosiy xususiyati ajratish pog’onalari ikkita bo’lib quduq mahsuloti quduqqa o’rnatilgan trap qurilmasidan o’tadi. Birinchi pog’onadagi bosim 0,4 MPa, ikkinchi pog’onada esa 0,1 MPa.ga teng. Gazning aralashmasi I va II-chi pog’onada ajratiladi, ejektordan keyin 0,25 MPa bosim bilan gazyig„ish tarmog’iga to’planadi, keyin kondagi (uchastkadagi) kompressor stansiyasiga uzatiladi. Kolpressor stansiyasidan gazbenzin zavodlariga beriladi. Ajratilgan neft neftni tayyorlash qurilmasini sig’imida to’planadi.
Neft va gazni yig’ish sxemalarini tanlashda texnik-iqtisodiy hisob olib
boriladi, natijada qurilishga va ishlatish bo’yicha olingan xarajatlar bo’yicha iqtisodiy va texnik maqsadi aniqlanadi. Giprovostokneft instituti tomonidan olib
borilgan texnik-iqtisodiy hisoblarga asoslanadigan bo’lsak, Giprovostokneft va TatNIPIneft institutlari tomonidan konlarda naporli sxemalarni qo’llash tejamkor hisoblanadi va neftgaz aralashmasini katta masofaga uzatishning imkoniyati yuqori bo’ladi.
Shuning uchun konlarda neft va gazni yig’ishni o’z oqadigan tizimidan foydalanish samarali hisoblanadi (1.6-rasm). Neft ochiq tizimda neft harakatlanganda yengil uglevodorodlarni atmosferaga yo’qotilishi kuzatiladi.
1.6-rasm. Neft va gazni yig’ish va tashishni ikki quvurli ikki pog’onali ajratishning BashnIPIneft instituti sxemasi: 1 –quduq; 2 – o’lchovchi trap; 3 – birinchi pog’ona ajratish trapi; 4 – ikkinchi pog’ona ajratish trapi; 5 – ejektor; 6,9 – ajratgichlar; 7 – kompressorlar; 8 – gazning sovutgichlari; 10 – nasoslar; 11 – rezervuarlar; 12 – yumshoq gazgolder.
Bir vaqtning o’zida neftni quduqdan uni qayta ishlashgacha bo’lgan oralig„i germetiklanganda barqarorlashtirish jarayonini ham amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Neftni barqarorlashtirishning mohiyati uning tarkibidagi uchuvchan uglevodorodlarni (parafinsizlashtirish, butansizlashtirish) olish hisoblanadi, ular neft bilan birgalikda oqqanda bug’lanadi, uglevodorodlarni yo’qotilishini va eng og’ir benzin fraksiyalarini olib chiqib ketishga olib keladi. Neftni barqarorlashtirishda propan va butanlarni yo’qotilishi bilan birgalikda metan, etan va ballasli gazlar, vodorod sulfid, uglerod kislotasi va azotni olib chiqarib ketadi. Shundan kelib, yengil fraksiyalar bug„lanishga yo’qotilishi
natijasida neftkonidan to neftni qayta ishlash zavodlarigacha harakatlanganda apparatlarni, jihozlarni va quvuruzatmalarning korroziyalanishini oldi olinadi.
Amaliyotda mutloq barqaror gazni olishning imkoni yo„q. Amaldagi rezervuarlarda neftning bug„larini umumiy elastikligini 200 mm suv. us.ga pasaytirilgan bo’lganda ham neftning bug„lanishi sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |