I BOB. TJ larni LOYIHALASHNING UMUMIY MASALALARI VA ASOSIY LOYIHALASH HUJJATLARI …………………………………….8 1.1. Loyihalashning asosiy me`yoriy hujjatlari …………………………………8
1.2. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni loyihasi tarkibi ……………...8
1.3. Loyiha hujjatlarining tushuntirish qismi mazmuni…………………………12
1.4. Аvtomatlashtirish loyihalarida qo`llanuvchi sxemalar……………………..18
II BOB. O‘ZBEKISTON ENERGETIKASIDA MIKRO GESNING TUTGAN O‘RNI VA ULARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI……...19 2.1. Gidroenergetikani rivojlantirish ……………………………………..............19
2.2. Mikro GESning asosiy afvzalligi va kamchiligi…………………………….21
2.3. O’zbekistonda yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni rag‘batlantirish ………………………. …………………………25
2.4. Gidroenergetikani rivojlanish bosqichlari……………………………….......29
III BOB. Mikro GESlarning chiqish parametrlarini loyihalash sxemalari……………………………………………………………………......31 3.1. GES parametrlari……………………………………………………………31
3.2. Gidroenergetik resurslaridan foydalanish sxemasi……………...................32
3.3. Gidroakkumulyatsiyalovchi va gidroturbina nasos stansiyalar haqida tushunchalar…………………………………………………………………….37
Xulosa …………………………………………………………………................40
Adabiyotlar……………………………………………………………................41
Kirish
YAngi sanoat korxonalarini yaratish va amaldagilarini zamon talablari darajasiga keltirish ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirishni ham qamrab olib, u mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, sarf-harajatlar miqdorini kamaytirish, ishlab chiqarish sharoitlarini talab darajasiga keltirish kabi ijobiy samaralarga olib keladi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish to`xtovsiz rivojlanib, u fan-texnikaning ko`pchilik sohalari bilan bevosita bog‘langandir. Moddiy ne`matlarni ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni qo`llash, ma`naviy eskirganlarini yangilash va amaldagi avtomatika vositalarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan almashtirish uzluksiz davom etadigan jarayondir. Har qanday avtomatlashtirish sistemalarining hayotiy tsiklini shartli tarzda to`rt bosqichga ajratish mumkin, bular: loyihalash, montaj qilish, sozlash ishlari va foydalanish (ekspluatatsiya) bosqichlaridir. Ushbu fanda asosan avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash bosqichi o`zlashtiriladi. Bu fanni o`rganish natijasida talabalar quyidagilarni bilishlari kerak: me`yoriy, standart va ko`rsatma hujjatlar tarkibi bilan avtomatlashtirish sistemalari loyiha hujjatlarining mazmuni bilan loyihalash uchun zarur bo`lgan topshiriqlarni tuzish ishchi va texnik loyihalash bosqichlarida hisoblash ishlari texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish darajasini oshirish va uni baholash Bu fanni o`zlashtirish o`quv rejasida nazarda tutilgan quyidagi fanlar bilan uzviy bog‘langan: avtomatik boshqarish nazariyasi sanoat elektronikasi avtomatikaning texnik vositalari metrologiya, texnologik parametrlarni o`lchash usullari va asboblari soha texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish.