6. Spektr analizatori
Spektr analizatori XSА1 radiotexnik zanjirning ixtiyoriy nuqtasida signal spektrini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Spektr analizatorini ishga tushirilgan sxemaga yoki sxemaning ishlash jarayonida chiqqichlarni boshqa nuqtalarga qayta ulash mumkin va bunda spektr analizatori ekranida tasvir avtomatik o‘zgaradi.
S(t)=1+Sin(21000t) musbat garmonik signal amplitudaviy spektri tasviri bilan spektr analizator oldi paneli 7-rasmda ko‘rsatilgan.
7-rasm. XSA1 spektr analizatori oldi paneli tasviri
Spektrni aniq tasvirlash uchun chastotalar diapazonini tanlash zarur. Buning uchun diapazon boshlang‘ich qiymatini Start oynasida, ohirgi qiymatini End oynasida belgilash va sozlashlarni Enterni bosib saqlash kerak. Markerni surib, ishchi oyna pastki qismida tanlangan garmonikaning chastota va amplituda qiymatlari olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |